Техноген indd
Download 1.67 Mb.
|
ТЕХНОГЕН (2) (2) word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yozuv rangi Chiziq rangi
7.2-jadval
Har bir ballonning yuqori sferik qismida pasport ma’lumot- lari o‘yib tamg‘alanadi. Unda ballonni ishlab chiqargan korxo- na, ballon raqami, ballonning vazni, chiqarilgan va keyingi tek- shirilishi kerak bo‘lgan sanasi, ishchi bosimi, sinov gidravlik bosimi va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Ballonlarning sig‘imi 5 litrgacha va devorining qalinligi 5 millimetrdan kam bo‘lganda ma’lumotlar ballonga mahkamlangan maxsus plastinaga tamg‘ala- nadi. Ushbu ballonlar bilan muomala qilinganda, o‘rnatilgan qoida- larga aniq rioya qilgan holda, juda ehtiyotkor bo‘lish talab etiladi. Gazli sig‘imlarning tushib ketishi, ularga yuqori haroratning ta’siri va shu kabilar ularning shikastlanishiga hamda undan kelib chiqa- digan har xil yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuningdek, sig‘imda zaharli gazlar ham transportirovka qilinishi mumkinligi, gazning sirqib chiqishi yoki ballonning portlashi natijasida inson- larning zaharlanishiga va tabiatning ifloslanishiga olib kelishini ino- batga olish kerak. Bosim ostida bo‘lgan idishlarning portlashi yoki har xil ko‘ngil- sizliklarni keltirib chiqarishini, oldini olish uchun, ularni qo‘llashda aniq belgilangan xavfsizlik chora-tadbirlariga rioya qilish lozim. Ularga xususan, ballonlarni vaqti-vaqti bilan yuqori bosim ostida tekshirish ham kiradi. Ular har besh yilda bir marotaba maxsus tash- kilotlar tomonidan o‘tkaziladi. Ballonlarni transportirovka qilishda zarbalardan saqlash uchun ular yog‘och taglikka o‘rnatiladi va bal- lonlarga ikkitadan qalinligi 25 mm bo‘lgan rezinali yoki arqondan yasalgan halqa kiydiriladi. Saqlash davrida ballonlarning jo‘m- raklarining shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ularga maxsus qopqoq kiygiziladi. Bunday idishlar maxsus jihozlangan avtomo- billarda tashiladi. Gazlarni ballonda saqlash omborlari bir qavatli yong‘inga bar- doshligi I- va II-darajali bo‘lgan, tomyopmalari yengil tashlanuvchi bo‘lgan binolarda saqlanadi. Eshik va oynalari tashqariga ochiladi- gan, poli uchqun chiqarmaydigan materialdan bo‘lishi kerak. Om- borning maksimal hajmi 3000 donagacha ballon sig‘adigan bo‘lib, u yong‘inga qarshi to‘siqlar bilan yonuvchi gazli ballonlar uchun 500 ta, yonmaydigan gazli ballonlar uchun 1000 tagacha ballon sig‘adigan bo‘limlarga bo‘linadi. Ballonlar boshmoq (bashmak) bilan ta’minlangan bo‘lib, tik holda kataklarda yoki to‘siq (barer) bilan o‘ralgan holda saqlanishi kerak. Alohida joylashgan ballonlar zanjir yoki xomut yordamida mahkamlanadi. Boshmog‘i bo‘lmagan ballonlar esa gorizontal hol- da yog‘och taglik (rama) yoki stelajlarda saqlanadi. Ballonlar stel- lajda saqlanganda balandligi 1,5 metrdan oshmasligi, jo‘mraklari (ventillari) himoya qalpoqlari bilan berkitilgan va hammasi bir to- monga qaragan bo‘lishi kerak. Gaz to‘ldirilgan ballonlar bilan bo‘sh ballonlar alohida saqlanishi kerak. Yonuvchi gaz (vodorod, atsetilen, propan, etilen va boshqalar) to‘ldirilgan ballonlar kislorod, xlor, ftor, siqilgan havo va boshqa oksidlovchilar to‘ldirilgan ballonlardan va zaharli gazlardan alohida saqlanishi kerak. Odatda, kislorod va yonuvchi gazlar bir-biridan ajratilgan xona- larda, xlor esa maxsus binolarda saqlanadi. Vodorod sulfid esa ochiq havoda bostirma ostida saqlanishi lozim. Yonuvchi gaz ballonlari saqlanishi uchun belgilangan xonalar gazlarning xavfsiz konsentratsiyasini ta’minlab beradigan shamol- latish (ventilyatsiya) tizimi bilan jihozlanishi kerak. Yonuvchi gaz ballonlari saqlanadigan omborlarining elektr yori- tish tarmog‘i portlashdan himoyalangan qilib bajariladi. Yoritkich- larni tashqariga o‘rnatib xonalarni oynadan tushadigan nur yorda- mida yoritish maqsadga muvofiqdir. Bunday xonalarni isitish uchun suv, past bosimli bug‘ va havo yordamida isitish tizimlari qo‘llanila- di. Ballonlar saqlanadigan omborlarning atrofida 10 metr masofada yonuvchi materiallarni saqlash va olov bilan bog‘liq ishlarni olib borish taqiqlanadi. Eritilgan atsetilen uchun ballonlar g‘ovakli massa hamda erit- gichning tegishli miqdori bilan to‘ldirilgan bo‘lishi lozim. G‘ovak- li massaning sifati va ballonning to‘g‘ri to‘ldirilganligiga g‘ovakli massa bilan to‘ldiruvchi tashkilot mas’ul hisoblanadi. Eritgichning sifati va uni to‘g‘ri dozalash uchun, ballonlarni eritgich bilan to‘l- dirishni amalga oshiruvchi tashkilot mas’ul hisoblanadi. Ballonlarning g‘ovakli massa va eritgich bilan to‘ldirilganidan so‘ng uning bo‘g‘zida taraning og‘irligi o‘yib yoziladi (ballonning og‘irligi qalpoqsiz, ammo g‘ovakli massasi va eritgich, boshmog‘i, halqa va ventili bilan). Ballonlarni siqilgan, suyultirilgan va eritilgan gazlar bilan to‘l- dirishning belgilangan me’yorlarini oshirish man etiladi. Ballonlar- ni gaz bilan to‘ldirish me’yorlari va uni nazorat qilish usullari sex yo‘riqnomasida ko‘rsatilishi lozim. Kislorod bilan to‘ldirilgan ballonlarni saqlash va tashishda, ular- ga yog‘lar hamda moyli materiallari bo‘lgan armatura (to‘siq) tegib ketmasligi kerak. Qo‘l bilan kislorodli ballonlarni dumalatganda ventilidan ushlash taqiqlanadi. Suyultirilgan gazlar stansiyasining portlash xavfi bo‘lgan ham- da yonuvchi gazlar quyilgan ballonlarni saqlash xonalarida gazning xavfli konsentratsiyasi chiqqanligi haqida signal beruvchi asboblar o‘rnatilishi lozim. Ushbu ko‘rsatilgan asbob mavjud bo‘lmaganda, smenada bir marta xonalar havosini, undagi gaz miqdorini tahlil qi- lib borish lozim. Tahlil uchun havoning namunalari xonaning past va tepa qism- laridan olinishi kerak. Xonada gazning xavfli konsentratsiyasi aniq- langanda, zudlik bilan choralar ko‘rilishi lozim: xonani shamolla- tish, uning gazlanish sabablarini aniqlash va bartaraf etish. Yonuvchan gazlar quyilgan ballonlarda gazning sirqib chiqishi aniqlanganda, ularni darhol omborxonadan chiqarish lozim. Yonuvchan gazlar quyilgan ballonlar saqlanadigan omborxo- naga temir mix yoki nag‘al qoqilgan oyoq kiyim bilan kirish man etiladi. Yonuvchan gazlar quyilgan ballonlar saqlanadigan omborxo- nalarni faqat past bosimli suv, bug‘ yoki havo bilan isitishga yo‘l qo‘yiladi. Ballonlarni quyosh nurlarining ta’siridan ehtiyot qilish uchun omborxona deraza shishalarini oq bo‘yoq bilan bo‘yash yoki qu- yoshdan himoyalovchi moslamalar bilan jihozlash lozim. Gaz quyilgan ballonlar saqlanadigan omborxonada boshqa mod- dalar, materiallar va predmetlarni saqlashga ruxsat etilmaydi. Omborxonalarda mavjud ballonlarni ishlatish bo‘yicha yo‘riq- nomalar, qoida va plakatlar ilingan bo‘lishi lozim. Portlash va yong‘inga xavfli gazlar quyilgan ballonlar saqlana- digan omborlar yashindan himoyalangan zonada joylashishi lozim. Ballonlarni saqlash omborxonasi yonmaydigan devorlar bilan bo‘linmalarga ajratilishi lozim, har bir bo‘linmada yonilg‘i va za- harli gazlar quyilgan 500 dan ortiq bo‘lmagan ballonlar (40l) hamda yonilg‘i va zaharli bo‘lmagan gazlar quyilgan 1000 dan ortiq bo‘l- magan ballonlar (40l) saqlanishiga yo‘l qo‘yiladi. Gazlar to‘ldirilgan ballonlar saqlanadigan omborlar o‘rtasidagi, omborlar va yonma-yon ishlab chiqarish binolari, jamoat xonalari, turar joylar o‘rtasidagi uzilish masofalari me’yoriy hujjatlar talabla- rini qondirishi lozim. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling