Техноген indd


Absorberlar konstruksiyalari


Download 1.67 Mb.
bet58/91
Sana16.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1777806
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   91
Bog'liq
ТЕХНОГЕН (2) (2) word

Absorberlar konstruksiyalari
Absorbsiya jarayoni fazalarni ajratuvchi yuzada sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham suyuqlik va gaz fazalar to‘qnashuvida bo‘la- digan absorberlar yuzasi iloji boricha katta bo‘lishi kerak. Massa almashinish yuzalarini tashkil etish va loyihalash bo‘yicha absor- berlar 4 guruhga bo‘linadi: sirt va yupqa qatlamli absorberlar; na- sadkali absorberlar; barbotajli absorberlar; purkovchi absorberlar.
Sirtli absorberlarda harakatlanayotgan suyuqlik ustiga gaz uza- tiladi. Bunday qurilmalarda suyuqlik tezligi juda kichik va to‘qna- shuv yuzasi kam bo‘lgani uchun bir nechta qurilma ketma-ket qilib o‘rnatiladi.



  1. rasm. Sirtli absorber: 1 taqsimlagich; 2 – quvur; 3 – ostona. Suyuqlik va gaz qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlantiriladi.

6- rasmda gorizontal quvurlardan tarkib topgan yuvilib turuv- chi absorber tasvirlangan. Quvurlar ichida suyuqlik oqib o‘tsa, unga


teskari yo‘nalishda gaz harakat qiladi. Quvurlar ichidagi suyuqlik sathi ostona (3) yordamida bir xil balandlikda ushlab turiladi.
Absorbsiya jarayonida hosil bo‘layotgan issiqlikni ajratib olish uchun quvurlar taqsimlash moslamasi (2) dan oqib tushayotgan suv bilan yuvilib turadi. Sovituvchi suvni bir me’yorda taqsimlash uchun tishli taqsimlagich (1) qo‘llaniladi. Bu turdagi absorberlar yaxshi eriydigan gazlarni yutish uchun ishlatiladi. Yupqa qatlamli absorberlar ixcham va yuqori samaralidir. Bu absorberlarda fazalar- ning to‘qnashish yuzasi oqib tushayotgan suyuqlik yupqa qatlami yordamida hosil bo‘ladi. Yupqa qatlamli qurilmalar guruhiga quvur- li, listasadkali, ko‘tariladigan qatlamli absorberlar kiradi.
Quvurli absorberlarda suyuqlik vertikal quvurlarning tashqi yu- zasidan pastga qarab oqib tushsa, gaz faza esa qarama-qarshi yo‘na- lishda yuqoriga qarab harakatlanadi. Qolgan turdagi absorberlarda ham fazalarning harakat yo‘nalishi quvurli absorberlarnikiga o‘x- shashdir.
Quvurli absorberlar tuzilishiga qarab qobiq-quvurli issiqlik al- mashinish qurilmasiga o‘xshaydi. Qurilmada hosil bo‘lgan issiqlik- ni ajratib olish uchun quvurlar ichiga suv yoki boshqa sovuq elit- kich yuboriladi.
7- rasmda tekis, parallel nasadkali absorber tasvirlangan.
Nasadkalar vertikal listlar ko‘rinishida bo‘lib, absorber hajmini bir nechta seksiyaga bo‘ladi. Absorberga suyuqlik quvur orqali uza- tiladi va taqsimlash moslamasi yordamida nasadkaga taqsimlanadi. Natijada tekis listning ikkala tomoni ham suyuqlik bilan yuvilib tu- radi. Gaz va yupqa qatlamli suyuqliklarning nisbiy harakat tezli- giga qarab, suyuqlik yupqa qatlami pastga oqib tushishi yoki gaz oqimiga ilakishib, tepaga ham harakatlanishi mumkin. Agar fazalar oqimining tezligi ko‘paysa, massa berish koeffitsientining qiymati va fazalar to‘qnashish yuzasi ortadi. Bunga sabab chegaraviy qat- lamning turbulizatsiyasi va unda uyurmalar hosil bo‘lishidir.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling