Техноген indd
Sanoat binolarini joylashtirish uchun talablar
Download 1.67 Mb.
|
ТЕХНОГЕН (2) (2) word
Sanoat binolarini joylashtirish uchun talablar«Xavfsizlik texnikasi qoidalari»ga binoan kimyo kabinetlari binoning yuqori qavatlaridagi xonalarga joylashishi kerak. Kimyo kabineti ikkita xonadan: 1. Laboratoriya; 2. Laborant xo- nasi (preparat xona) dan iborat bo‘lishi kerak. Kimyo kabineti xonasining kattaligi 66 m2 dan, laborant xona- sining maydoni 15 m2 dan kam bo‘lmasligi, xona balandligi 3,3 m bo‘lishi kerak. Laborant xonasi kimyo kabineti ikkita eshik bilan ta’minlanib, uning biri kimyo kabinetiga, ikkinchisi koridor tomonga ochilishi kerak. Kimyo kabineti va laborant xonasi yorug‘, issiq va quruq bo‘li- shi shart. Laborant xonasida tajriba mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘riladi; undan tashqari kimyo kabinetining jihozlari ham shu joyda saqlanadi. Laborant xonasida har xil eritmalar tayyorlanadi, kimyoviy idishlar yuviladi, kanalizatsiyaga to‘kib bo‘lmaydigan moddalar zararsizlantiriladi. Kimyo kabineti yong‘in xavfi bor joy hisoblanadi, shuning uchun uning devorlari yonmaydigan materi- al bilan qoplanishi kerak. Kabinet devorlarini yorqin rang beruvchi moy bo‘yoqlar bilan bo‘yash kerak: suvash va oqlash yaramaydi, chunki zararli gazlar adsorblanishi mumkin. Uyning poli maxsus material bilan qoplanishi lozim. Kimyo kabinetlaridagi amaliy ishlarga meditsina ko‘rigidan o‘tgan va xavfsizlik texnikasi qoidalarini yaxshi o‘zlashtirgan mu- taxassislar qo‘yiladi. Kimyo kabinetiga mashg‘ulot paytida bego- na odamlarning kirishi taqiqlanadi. Ishlatiladigan asboblarni ish boshqaruvchi tekshirib ko‘rishi shart. Tahlil ishlarini bajarishdan oldin kimyo kabinetidagi suv, gaz, elektr va ventilyatsiya jihoz- larining ishga yaroqliligi tekshiriladi; agarda nuqsonlar topilsa, tuzatilmog‘i zarur. Kimyoviy reaktivlar saqlanadigan joyga bego- nalarning kirishi qat’iyan man etiladi. Tahlil o‘tkazish uchun zarur reaktiv moddalar, shu tahlil uchun kerakli miqdorda ish boshqa- ruvchi tomonidan beriladi. Moddalarni qo‘lda olmay, balki shpatel va chinni qoshiqchalarda olish kerak. Zararli bug‘ va gazlar ajra- lib chiqadigan tahlillar ventilyatsiyasi yaxshi ishlaydigan mo‘ri- li shkaflarda o‘tkaziladi. Kislota, ishqor, oltingugurtli birikmalar, yonuvchi moddalar va tajribadan keyingi eritmalar qoldiqlari ra- kovinaga to‘kilmaydi, balki shu maqsad uchun ajratilgan shisha idishlarga quyilishi kerak. Rakovinalarga qog‘oz, qum va boshqa qattiq moddalar tashlanmasligi lozim. Har qanday moddadan foy- dalanishdan oldin uning etiketkasini diqqat bilan tekshirib ko‘rish kerak. To‘kilib yoki sochilib ketgan moddalarni qaytadan idishlar- ga solishga ruxsat etilmaydi. Laboratoriyada biror moddani hidlab ko‘rishda ehtiyot bo‘lish, bunda idishni burunga tutub to‘la nafas olish yaramaydi, balki idishdagi modda bug‘i yoki gazni qo‘l bilan o‘ziga yelpitib, osoyishta hidlash tavsiya etiladi. Zaharli kuchli moddalarni hidlash mutlaqo mumkin emas. Ichi- da biror suyuqlik qaynab turgan yoki biror suyuqliq quyilayotgan idishga engashib qaramaslik kerak, aks holda suyuqlikning mayda tomchilari ko‘zga sachrashi mumkin. Alangalanuvchi va portlovchi moddalarni qattiq qizigan buyumlar va alanga oldida ushlab turmas- lik kerak. Yonayotgan gaz gorelkalari, spirt lampa va toqqa ulangan elektr asboblarini qarovsiz qoldirish taqiqlanadi. Ish oxirida suv jo‘mraklarini berkitib, elektr asboblarini o‘chi- rib qo‘yishni unutmaslik kerak. Kimyo kabinetlari to‘g‘risidagi ni- zomga muvofiq, xavfsizlik texnikasi qoidalari ko‘rinarli joyga ilib qo‘yilishi zarur. Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha asosiy qoidalar quyidagicha. Ish jarayonida faqat toza, quruq va yaxshi asboblardan foy- dalanish. Hech qanday moddaning ta’mini tatib ko‘rmaslik; kimyo la- boratoriyalarida ovqat yemaslik. Uchuvchan moddalarni ehtiyotkorlik bilan hidlash. Kabinet- dan hech qanday moddani birovga bermaslik va o‘z xohishi bilan laboratoriyadan uyga hech qanday modda yoki buyumni olib ketish- ga yo‘l qo‘ymaslik. Biror narsa quyilayotgan idish ustiga engashib qaramaslik (chunki suyuqlikning mayda tomchilari ko‘zga sachrashi mum- kin). Bug‘latuvchi chinni idish ustiga engashib qaramaslik (chunki suyuqlik tomchilari va uchayotgan quruq zarrachalar betni kuydi- rishi mumkin). Ko‘zni saqlash (chunki zararli moddaning eng mayda tomchi- si ham ko‘zning ko‘rish qobiliyatini yo‘qotishga olib keladi). Qizdirilayotgan suyuqlik bor probirkani ushlab qizdirayot- ganda uning ogiz tomonini o‘zingizdan va o‘rtoqlaringizdan chetga qaratish (chunki o‘ta qizdirib yuborilganda suyuqlik qaynab chiqib betga sachrashi mumkin). Probirkalarda moddalarning eritmalarini qizdirish uchun ular- ni probirkaning 1/3 qismiga quyish. Qattiq moddalarni faqat quruq probirkalarda qizdirish. Shisha idishlar qizdirilganda, ularni spirt lampasining piligi- ga tekkizmaslik (chunki pilik sovuq bo‘lib idishni sindirib yuborishi mumkin). Qalin devorli shisha idishlar (bankalar, sklyankalar, silindr- lar) va o‘lchov idishlar hamda chinni xovonchalarni alangada qiz- dirmaslik. Spirt lampasini faqat gugurtdan foydalanib yoqish, lekin yonib turgan lampaga uni qiyshaytirib yoqmaslik (chunki to‘kilgan spirt alanganlanib ketishi mumkin). Spirt lampasini faqat qalpoqchasi bilan o‘chiring (pufla- mang). Ichida suyuqlik bor probirkani chayqatishda probirkani bar- moq bilan berkitish yaramaydi. Chayqatish uchun probirka, kolba yoki stakanning yuqori qismidan ushlab, sekin tebratiladi. Reaksiyani kuzatayotganda, probirkani ko‘zdan olisroq tu- tish kerak. Shaxsiy himoya vositalari. Mavjud instruksiyaga muvofiq, kimyo laboratoriyalarida ishlov- chi hamma odamlar xalat, himoya qo‘lqopi, ko‘zoynak va maskalar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Kiyimlarni saqlash uchun max- sus shkaf bo‘lishi kerak. Bu kiyimlarni laboratoriyadan olib ketishi taqiqlanadi. Xalatlar oq rangda, laborantlar uchun qora rangda bo‘lgani ma’qul. Qo‘lni himoya qilish uchun jarrohlik qo‘lqoplari qo‘l kela- di, chunki kimyoviy ishlarni bajarishda qulaylk yaratadi. Shuning- dek, kislota va ishqorlar bilan ishlashda kislota va ishqorlarga chi- damli qo‘lqoplardan ham foydalanish zarur. Hozirgi vaqtda oddiy qo‘lqoplarga nisbatan 2-5 marta cho‘ziluvchi materiallardan tayyor- langan himoya qo‘lqoplari ko‘proq tayyorlanmoqda. Qo‘lqopni ishlatishdan avval uni tekshirib ko‘rish kerak, chun- ki teshik va kesilgan joylari bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Yuz va ko‘zni himoya qilish vositalaridan biri yengil va pishiq organik shishadan tayyorlangan shlyom va rangsiz himoya ko‘zoynaklardir. Zarur hollarda esa, to‘q ko‘k shishali ko‘zoynaklardan foydalanish kerak. Xalatning xizmat muddati bir yil, ko‘zoynaklarniki 2 yil va rezina qo‘lqoplariniki 3 oy. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling