Техноген indd


O‘yuvchi moddalar va oson alangalanuvchi suyuqliklar bi-


Download 1.67 Mb.
bet55/91
Sana16.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1777806
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   91
Bog'liq
ТЕХНОГЕН (2) (2) word

O‘yuvchi moddalar va oson alangalanuvchi suyuqliklar bi- lan ishlashda xavfsizlik texnikasi tadbirlari. Kimyo kabinetlarida ishlatiladigan reaktivlar soni juda ko‘p. Reaktivlarning ko‘pchiligi: kislotalar (xlorid, sulfat va nitrat kislotalar), asoslar, oksidlar, mine- ral kislota tuzlari, indikatorlar, organik moddalar, erituvchi va ba’zi oddiy moddalar (rux, temir, aluminiy, mis, oltingugurt, qizil fosfor, natriy, yod) jumlasiga kiradi. Ayrim hollarda maxsus reaktivlar (ko- balt, kadmiy, litiy, ayrim kompleks tuzlarni) ham ishlatishga to‘g‘ri keladi.
Reaktivlarning tozaligi va yo‘l qo‘yilgan aralashmalarining miqdoriga qarab ular bir necha: toza, analiz uchun toza, kimyoviy toza va hokazo gruppaga bo‘linadi.
Shu gruppadagi moddalardan tashqari ayrim hollarda texnik re- aktivlardan ham foydalanishga to‘g‘ri keladi. Kimyoviy jihozlar va
reaktivlarni to‘g‘ri saqlash ularning buzilmasdan turishini ta’min- laydi. Har bir kimyo kabinetida maxsus qulfli shkaf bo‘lishi lozim. Uchuvchan, yonuvchan suyuqliklar uchun esa alohida temir shkaf bo‘lishi zarur.
Moddalarni saqlashda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:

  1. Modda solib qo‘yilgan har bir sklyanka, banka va karobkaga moddaning nomi, formulasi, klassifikatsiyasi, solishtirma massasi va konsentratsiyasi (odatda: «1:2» yoki «1:5») yozilgan etiketkalar yopishtirilishi kerak.

Reaktivlarni tezroq topish uchun har xil rangli etiketkalardan foydalanish: qizil bilan kislotalarni, ko‘k bilan ishqorlarni, rangsiz- lari bilan tuzlarni, sariq etiketka bilan organik moddalarni belgilash lozim. Etiketkalar ishdan chiqib qolmasligi uchun ularni ustiga lak yoki parafin surib qo‘yish kerak.

  1. Kislotalar silliqlangan probirkali shisha idishlarda mo‘rili shkafning pastki bo‘limlarida saqlanadi. Shisha idishlarning probir- kasiga texnik vazelin surtib qo‘yilsa, ular germetik saqlanadi. Ayrim hollarda rezina qo‘lqop barmoqlari, velosiped shinalari va bolalar soskasidan tayyorlangan rezina qalpoqchalardan sklyankalarni ger- metik berkitish uchun foydalanilsa, yaxshi bo‘ladi.

  2. Ishqor eritmalarini rezina yoki plastmassa probirkalar bilan bekitib, kislotalardan alohida saqlash kerak.

  3. Oson alangalanuvchi moddalar solingan sklyanka va banka- larga nomidan tashqari qizil rangda «O‘ta o‘ch» yoki «yonuvchi» deb yozib qo‘yish kerak.

  4. Zaharli moddalar solingan bankalarni alohida seyf yoki mus- tahkam qutilarda saqlash, ularning etiketkasi ustiga «Zahar» deb yozib qo‘yish zarur.

  5. Moddalarni seyf, shkaf va polkalarda saqlashda «sig‘ishmas- lik qoidasi» ga amal qilish shart.

  6. Shkaf orqarog‘iga katta bankadagi moddalarni, oldirog‘iga kichikroq bankadagilarini qo‘yish zarur.

  7. Quruq anorganik moddalarni organik moddalardan alohida saqlash kerak.


Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling