Техноген indd


Download 1.67 Mb.
bet63/91
Sana16.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1777806
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   91
Bog'liq
ТЕХНОГЕН (2) (2) word

GLOSSARIY




Annuitent – o‘ziga nisbatan annuitetlar shartnomasi tuzilgan va joriy to‘lovlar tarzida sug‘urta tovonini olish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs.
Akkreditatsiya attestati - akkreditatsiya qilingan ekspert tash- kilotlarining ekspertiza bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish vakola- tini tasdiqlaydigan rasmiy hujjat.
Avariya - inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish obyektla- rida qo‘llanadigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib bo‘lmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishi.
Avariya ssenariysi - aniq xavfli oqibatlarga sabab bo‘luvchi avariyalarga olib keladigan, aniq tashkil etiladigan voqea sabab bo‘ladigan alohida mantiqan bog‘liq voqealarning izchilligi.
Annutietlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli – jabrlanuv- chiga (naf oluvchiga) bir yildan ko‘p muddatga joriy to‘lovlar tarzi- da sug‘urta tovonini to‘lashni nazarda tutadigan yetkazilgan zarar- ning qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan miqdori.
Baho va vaqt me’yori ro‘yxati - vaqt me’yori asosida ish haqi to‘lashni o‘zida mujassamlagan hujjat.
Buyurtmachi - ekspertiza o‘tkazishga yoki akkreditatsiya qi- lishga buyurtma bilan murojaat qilgan tashkilot.
Ekspertiza obyektlari - xavfli ishlab chiqarish obyektidagi loyiha hujjatlari, texnika qurilmalari, binolar va inshootlar, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektidan foy- dalanish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlar.
Ekspert tashkiloti - sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshiradigan, belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan tashkilot;
Ekspertiza xulosasi - ekspertiza obyektining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida asosli xu- losalarni o‘z ichiga olgan hujjat.
Ergonomika – insonning mehnat faoliyati davomida faoliyat- ning samarali bo‘lishini va inson uchun qulay sharoitlar yaratilishini ta’minlay oladigan funksional imkoniyatlarni o‘rganuvchi fan.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling