Funksional holat fazalari bosqichlari – mobilizatsiya, birlam- chi reaksiya, giperkompetsatsiya, kompetsatsiya, subkompetsatsi- ya, dekompetsatsiya va uzilish fazasi.
Insonning tabiiy analizatorlari - tabiiy sezgi a’zolari: ko‘rish, eshitish, titrashni sezish, taktil analizatori (mexanik ta’sirni sezish), haroratni sezish, og‘riqni sezish, ta’m va hidni sezish, organik sezgi, harakat analizatori.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa – ishchi xizmatchilarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ta’sirida sog‘lig‘i va ish qobilyatini bir kun va undan ortiq vaqtga yo‘qotish holati.
Ishchilar ro‘yxati varaqasi - plan bo‘yicha umumiy ishlov- chilar sonini ko‘rsatuvchi hujjat bo‘lib, unda shu plandagi vaqt ora- lig‘ida mutaxassislikka bo‘lingan, tarif shartlari va ish haqi daraja- lari ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘ur- ta qilish shartnomasi (keyingi o‘rinlarda majburiy sug‘urta qilish shartnomasi deb ataladi) – sug‘urtalovchi uning bo‘yicha sug‘urta hodisasi vujudga kelganda kelishilgan to‘lov (sug‘urta mu- kofoti) yuzasidan ish beruvchiga va (yoki) jabrlanganga yoxud naf oluvchiga mehnatda mayib bo‘lganligi, kasb kasalligiga chalinishi yoki uning mehnat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanganligi munosabati bilan xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini sug‘urta summasi doirasida qoplash majburiyatini oladigan sug‘ur- ta shartnomasi.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa – xodimning u mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha o‘z vazifalarini ish beruvchining hududida ham, undan tashqarida ham bajarishi bilan bog‘liq hol- da mehnatda mayib bo‘lishiga yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishiga olib kelgan va xodimni boshqa ishga o‘tkazish za- ruriyatini keltirib chiqargan, uning kasbga oid mehnat qobiliyati-
ni vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishiga yoxud vafot etishiga sabab bo‘lgan hodisa.
Do'stlaringiz bilan baham: |