Техноген indd


Download 1.67 Mb.
bet66/91
Sana16.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1777806
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   91
Bog'liq
ТЕХНОГЕН (2) (2) word

Kuzatish varag‘i - bu ish smena davomida hisobga olinmagan reglamentdan tashqari ishchi vaqtining yo‘qotilgan qismini ifoda- lovchi hujjat.
Ko‘p stanokni boshqarish varaqasi - ko‘p stanokli ish joyida detalga donalab sarflangan ish vaqtini hisoblagan hujjat.

Majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli


– sug‘urtalovchi majburiy sug‘urta qilish shartnomasi doirasida jabrlanuvchiga (naf oluvchiga) yetkazilgan zararni qoplash majbu- riyatini oladigan summa.
Majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta ho- disasi – ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasining amal qilishi davrida xodim o‘z mehnat vazi- falarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastla- nishi munosabati bilan xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazil- gan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha ish beruvchining fuqarolik ja- vobgarligi vujudga kelganligi belgilangan tartibda tasdiqlangan fakt. Mehnatda mayib bo‘lish – xodimning kasbga oid mehnat qobi- liyatini ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida vaqtincha yoki
turg‘un yo‘qotishi.
Mehnat sharoitlari – xodimning ish layoqati va sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni omil- lari yig‘indisi.
Mehnatning xavfsiz shart-sharoitlari – zararli va (yoki) xavf- li ishlab chiqarish omillarining xodimga ta’siri istisno etiladigan yoxud ularning ta’siri darajasi belgilangan normativlardan ortiq bo‘lmagan mehnat sharoitlari holati.
Naf oluvchi – xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda vafot etgan taqdirda sug‘urta tovonini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs.
Operatorning funksional holati (OPH) – insonning mehnat faoliyatini bevosita yoki bilvosita ifodalovchi shaxsiy fazilatlari va inson organizmining ishni bajarish davridagi turli xil funksional ho- latlari.
Qoplov summasi – annuitetlar shartnomasi muddatidan oldin to‘xtatilgan taqdirda annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalov- chiga to‘lanadigan pul mablag‘lari summasi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling