Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi - ekspertiza qatnashchi- lari, shuningdek, ekspert faoliyat, uning doirasida tashkil etiladigan va amalga oshiriladigan me’yorlar, qoidalar, metodikalar, shartlar, mezonlar va tartib-qoidalar jami.
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert - ekspertizani amalga oshiradigan attestatsiyadan o‘tkazilgan mutaxassis.
Sanoat xavfsizligi - xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi ava- riyalar va noxush hodisalardan hamda ularning oqibatlaridan shaxs va jamiyatning hayotiy muhim manfaatlari himoyalanganligi hola- ti.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasiga hisob-kitob tushuntirish xati - avariya xavfining asosli bahosi va avariyalarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlarning yetarliligini asoslovchi ma- teriallar keltirilgan hujjat.
Sanoat xavfsizligi ekspertizasi - ekspertiza obyektining unga qo‘yiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash.
Sug‘urta mukofoti – ish beruvchining majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qilish yoki annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchiga majburiy sug‘urtalash shartnomasiga yoki annuitetlar shartnomasiga muvofiq to‘lashi shart bo‘lgan pul mablag‘lari summasi.
Sug‘urta polisi – majburiy sug‘urta qilishning amalga oshiril- ganligini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat.
Tavakkalchilikning maqbul konsepsiyasi - ma’lum bir davrda va sharoitlarda ayrim xavfli va zararli faktorlarga ruxsat berilishi (tan olinishi). “Absolyut xavfsiz” konsepsiyasidan voz kechilishi.
Texnik-me’yoriy karta - bu har bir detalni donasiga sarflanadi- gan vaqtni aniqlashning umum mashinasozlik zavodlari yoki zavod katologida ko‘rsatilgan vaqtni hisoblash texnik me’yoriy usuli aso- sida olingan hujjat hisoblanadi.
Turg‘un bo‘lmagan ish o‘rinlari – hududiy o‘zgarib turadigan ish zonalaridagi ish o‘rinlari, bunda bir yoki bir necha xodimlar xu- susiyatiga ko‘ra o‘xshash ish yoki operatsiyani bajaradigan ishlab chiqarishning zarur vositalari bilan jihozlangan ish o‘rnining bir qismi ish zonasi deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |