Техноген indd


Download 1.67 Mb.
bet69/91
Sana16.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1777806
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   91
Bog'liq
ТЕХНОГЕН (2) (2) word

Xavf tahlili - xavflarni aniqlash (identifikatsiyalash) va baho- lash jarayoni.
Xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi dek- laratsiyasi - avariya xavfini har tomonlama baholash natijalari, avariyalarning oldini olish va sanoat xavfsizligi me’yorlari hamda qoidalari talablariga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektining foydalanishga tayyorligini tashkil etilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlarning yetarliligi tahlili, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya oqibatlarini lokalizatsiya qilish va bartaraf etish natijalari ko‘rsatilgan hujjat.
Xavfli modda - o‘zining fizik, kimyoviy, biologik yoki toksiko- logik xossalariga ko‘ra odamlar hayoti va salomatligi uchun, shu- ningdek, atrof-muhit uchun xavf tug‘diradigan modda.
Xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi dekla- ratsiyasi ekspertizasi (keyingi o‘rinlarda deklaratsiya eksperti- zasi deb ataladi) - natijasi sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi hisob- lanadigan sanoat xavfsizligi deklaratsiyasining sanoat xavfsizligi me’yorlari va qoidalariga muvofiqligini baholash.
Xavfsizlik psixologiyasi - mehnat jarayonida yuz beradigan ru- hiy jarayonlarni, ruhiy xususiyatlarni va ruhiy holatlarni o‘rganuv- chi fan.
Xavfsizlikning sistemali tahlili - murakkab muammolar, jum- ladan, xavfsizlik sistemasi bo‘yicha qarorlar, me’yoriy hujjatlar tay- yorlash va uni asoslash uchun foydalaniladigan metodologik vosi- talar majmui.
Xavfsizlikni tahlil qilish uslublari - aprior, apostior.
Xavfli va zararli faktorlar (fizikaviy, kimyoviy, biologik, psixifiziologik) – jarohatlanish, shikastlanish va kasallanishlarni keltirib chiqaruvchi vositalar hamda shart-sharoitlar.
Xavfli zonalar – doimiy yoki vaqtincha xavfli faktorlar yuzaga keladigan joylar.
Xavsizlikni ta’minlovchi vositalar – to‘siqlar, saqlash quril- malari, blokirovkalash moslamalari, tormozlar, signalizatsiya, ma- sofadan boshqarish vositalari va xavfsizlik belgilari sistemasi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling