Техноген indd
Masofadan turib boshqarish
Download 1.67 Mb.
|
ТЕХНОГЕН (2) (2) word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik jarayonda ishlatiladigan yonuvchi modda va materiallarning miqdorini chegaralash
- Yonish-portlash xavfi mavjud modda va materiallarning xossalari
Masofadan turib boshqarish. Hozirgi zamon texnika taraqqi- yoti davrida ma’lum programma asosida ishlaydigan texnologik ja- rayonlar, sexlar, hattoki avtomatlashtirilgan zavodlar qurilmoqda. Bu ishlarni amalga oshirish sanoat korxonalaridagi jarayonlarni uzoqdan turib boshqarish imkoniyatini yaratadi. Masofadan turib boshqarish tizimining eng ijobiy tomoni shundaki, bunday sanoat korxonalari sharoitida xavfli va zararli moddalar ko‘plab ajrala- digan zonalarda ish olib borish avtomatlar zimmasiga yuklatiladi va bunda, albatta, ishchi xavfli hamda zararli zonaga kirmaganligi sababli uning baxtsiz hodisaga uchrashi yoki kasb kasalligiga cha-
linishi keskin kamayadi. Hozirgi vaqtda hamma mashinasozlik va metallurgiya sanoati korxonalarini butunlay avtomatlashtirish im- koniyati yo‘q. Lekin ba’zi bir og‘ir ish sharoitlarini, xavfli va zararli ishlarning ko‘pchiligini avtomatlar zimmasiga yuklash mumkin. Texnologik jarayonda ishlatiladigan yonuvchi modda va materiallarning miqdorini chegaralashYonish-portlash xavfi mavjud modda va materiallarning xossala- ri. Yonuvchan suyuqliklarni saqlash va foydalanishda yong‘in xavf- sizligi talablari. Yuqori bosim ostidagi gaz ballonlarini ishlatish- da yong‘in xavfsizligi talablari. Modda va materiallarni saqlash hamda yong‘in xavfi bo‘lgan ishlarni bajarishda yong‘in xavfsizligi choralari. Yonish-portlash xavfi mavjud modda va materiallarning xossalariYong‘in xavfi tushunchasi faqatgina moddalarning yonishga moyilligidan emas, balki ana shu modda (material, obyekt) joy- lashgan tashqi muhitning holatidan ham kelib chiqib belgilanadi. Yong‘in xavfi nafaqat moddaning alangalanishi bilan, balki yonish jarayoni va yonish bilan birga kechadigan hodisalar (tutun, zahar- lilik) jadalligi va nihoyat ushbu jarayonning to‘xtash ehtimoliga qarab ham aniqlanadi. Yong‘in xavfi darajasini baholash uchun mazkur jarayonlarning miqdoriy ko‘rsatkichlari zarur. Ammo miq- doriy ko‘rsatkichlarni aniqlashda ular barqaror bo‘lmaganligi sa- babli ayrim muammolar yuzaga keladi. Ular yonuvchi moddaning tabiati, uning agregat holati, oksidlovchi va yonuvchan moddaning konsentratsiyasi, harorat, issiqlik ajralishi va issiqlik olib ketilishi shartlariga va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Aksariyat hollarda yo- nish xususiyatlariga hal etuvchi ta’sirni asosan, fizik jarayon va ho- disalar o‘tkazadi: issiqlik va massa uzatish jarayonlari, yonuvchan obyektlarning fazoviy joylashuvi hamda geometriyasi, aerodinamik shart-sharoitlar, yondirish manbai energiyasi va uning ta’sir vaqti. Sanab o‘tilgan alangalanish va yonish ko‘rsatkichlariga ta’sir o‘tka- zadigan shart-sharoitlar yong‘in xavfini baholashning ko‘pgina us- lublarining mavjudligiga sabab bo‘ladi. Moddalarning yong‘in xavfini qandaydir bitta ko‘rsatkich bilan tavsiflab bo‘lmaydi. Buning uchun yonish jarayoni rivojlanishining turli bosqichlaridagi moddalarning portlash va yonish xavfining ma’lum bir ko‘rsatkichlarini hisobga olish zarur bo‘ladi. Bu ko‘r- satkichlarning soni, moddaning agregat holatiga ham bog‘liqdir. Tashqi omillarning barcha o‘zgarishlar va kombinatsiyalarini hisobga olish imkoni bo‘lmaganligi sababli, hozirgi vaqtda qabul qilingan yong‘in xavfi xususiyatlarini baholash tizimi aynan normal sharoitlar uchun aniqlanadigan yonuvchi mahsulotlar, oksidlovchi muhit va yong‘in o‘chirish vositalari xususiyatlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar bo‘yicha bir shaklga keltirilgan. Boshqa sharoitlarda masalan, harorat, bosimning yuqoriligida yong‘in xavfining aynan shu ko‘rsatkichlari boshlang‘ich shartlar bo‘yicha berilgan eksperi- mental va hisob uslublarini inobatga olgan holda qo‘shimcha baho- lanadi. Yong‘in xavfining u yoki bu ko‘rsatkichini aniqlash bo‘yicha mavjud bo‘lgan har qanday uslub yong‘in xavfiga ta’sir etuvchi faqat ayrim ko‘rsatkichlar ta’sirini inobatga olish imkonini beradi. Shuning uchun uni aniqlash uslublari bir qancha bo‘ladi. Misol tariqasida alangalanishning konsentratsion chegaralarini, yopiq va ochiq turdagi qurilmalarda chaqnash haroratini aniqlash, o‘z-o‘zidan alangalanish haroratini topishning turli usullari va bosh- qalar xizmat qiladi. Boshqa uslublarda haqiqiy tashqi sharoitlardan qat’iy nazar yong‘in xavfi ko‘rsatkichlari (masalan, kalorimetrik o‘lchashlar) baholanadi. Yong‘in xavfi haqida batafsil tasavvurni tabiiy, yirik masshtabli tadqiqotlar berishi mumkin. Lekin ular ham alangalanish yoki yo- nishda material bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli-tuman holatlarning barchasini aks ettirmaydi. Yong‘in xavfi bo‘yicha umumiy ko‘rsatkich sifatida agregat holatidan qat’iy nazar material va moddalarning yonuvchanligini olish mumkin. Ushbu ko‘rsatkichga asoslanib barcha materiallarni (moddalarni) uch guruhga ajratish mumkin: yonmaydigan, yonuv- chan, qiyin yonuvchan. Bu ko‘rsatkich sifat va miqdoriy jihatdan tavsiflanadi. Sifat jihatdan sinflanish yondirish manbai ta’sirida va u olingandan so‘ng yonishga moyilligiga asoslanadi. Yonmaydigan moddalarga 900oC daraja izchillikda qizdirishda yonish xususiyatiga ega bo‘lmagan moddalar kiradi. Shunga qara- masdan ularning ayrimlari ham yong‘in xavfiga ega hisoblanadi. Qiyin yonuvchan moddalar yondirish manbai ta’sirida qizdiris- hda yonishi mumkin, lekin manba olingandan so‘ng mustaqil o‘zi yonmaydigan moddalar kiradi. Yonuvchan moddalar deb o‘z-o‘zidan alangalanishi, o‘z-o‘zi- dan yonishi va yondirish manbai ta’sirisiz ham mustaqil yonuvchan moddalarga aytiladi. Ular yengil va qiyin alangalanuvchi turlarga bo‘linadi. Qiyin yonuvchi va yonuvchi moddalar alangalanish sohasiga ega bo‘lib, yong‘in xavfining harorat ko‘rsatkichlari, yonish tezligi bilan tavsiflanadi hamda ularni o‘chirish uchun yong‘in o‘chirish vositalari va boshqalar qo‘llaniladi. Qiyin yonuvchi va yonuvchi moddalar yong‘in xavfi xususiyatlarini baholash uchun ko‘rsatkich- larining soni va ko‘rinishi mazkur moddalarning agregat holatiga bog‘liq ravishda aniqlanadi. Suyuqlik va qattiq moddalarda gazlar- ga nisbatan yong‘in xavfi ko‘rsatkichlari ko‘proqdir. Bu qo‘shim- cha ko‘rsatkichlar asosan, bug‘lanish va uchuvchanlik jarayonlarini tavsiflaydi va shuning uchun bu ko‘rsatkichlar suyuqlik va qattiq moddalarni qizdirishdagi harorat bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, su- yuqlikning alangalanishi va barqaror yonishi uchun suyuqlik yuzasi alangani yetarli darajada uchuvchan mahsulotlar bilan «ta’minla- shi» zarur. Suyuqlikning bug‘lanish yuzasi esa uning harorati bilan bog‘liq bo‘lib, shuning uchun chaqnash va alangalanish harorati tushunchalari kiritiladi. Xuddi ana shularning o‘zi qattiq moddalar- ga ham tegishlidir. Shu bilan birga qattiq va suyuq qiyin yonuvchi va yonuvchi modda va materiallar uchun gazlarga xos bo‘lgan ay- rim ko‘rsatkichlar o‘z ma’nosini yo‘qotadi (chunki ularni amalga oshirish mumkin emas). Masalan, alangalanishning yuqori konsen- tratsiya chegarasi tushunchasini ochiq rezervuarlarda bo‘lgan su- yuqliklar, ochiq havodagi qattiq moddalar uchun qo‘llab bo‘lmaydi. 7.1-jadvalda moddalarning yonish va portlash xavflilik xususi- yatlari ko‘rsatkichlari keltirilgan. Sinflarga bo‘lish ostida material- larni agregat holati bo‘yicha tasniflash prinsipi yotadi. Aksariyat yonuvchi moddalar uchun yong‘in va portlash xavfi ko‘rsatkichlarining mezonlari sifatida ularni ekspluatatsiya qilish, saqlash, transportirovka qilish xavfsiz sharoitlarini tasavvur etish imkonini beruvchi tavsiflari tanlanadi. Agar bu ko‘rsatkichlarni aniqlashning tajribaviy uslublari o‘zini qo‘llash uchun nazariy asos- larni talab etmasa-da, hisob uslublari aynan moddalarning termo- dinamik tavsiflari va yonish jarayoni kinetikasining yong‘in xavfi ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro aloqasini (imkoni bo‘lsa) aniqlashdan kelib chiqib tuziladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling