Техноген indd
Download 1.67 Mb.
|
ТЕХНОГЕН (2) (2) word
Blokirovka qurilmalari. Blokirovka qurilmalarining asosiy va- zifalari mashina va mexanizmlarning xavfli zonalariga odamning tushib qolib, jarohat olishiga halaqit beradigan qurilma hisoblanadi. Bu qurilmaning ishlash jarayoni birinchidan, odam tanasi qismlarini xavfli zonaga tushirmaslik yo‘liga g‘ov bo‘lsa, ikkinchidan, agar ma- bodo odam shu zonada ish bajarishi zarur bo‘lsa, unda shu xonadagi xavfli vaziyatni vujudga keltiruvchi harakatlanuvchi yoki aylanuv- chi qismlar harakatini to ishchi shu xonadan chiqib ketgunga qadar to‘xtatib turadi. Bunday qurilmalarning mohiyati to‘siq vositalarini o‘rnatganda juda qo‘l keladi. Masalan, aylanuvchi baraban atrofi to‘siq bilan to‘silgan bo‘lsin. Agar blokirovka qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lsa, bunday to‘siq vositalarini olib tashlab, xavfli zonaga kirib ish bajarish natijasida odam xavfli zonada jarohat olishi muqarrar bo‘lib qoladi. Agar shu to‘siq vositalarini ajraluvchi va ochiluvchi qismlariga blokirovka qurilmasini o‘rnatsak, bu xavf o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Chunki aylanuvchi yoki harakatlanuvchi qismni harakat- ga keltirayotgan elektr quvvati mana shu ajraluvchi qismlar orqali o‘tadigan qilib qo‘ysak, bu masala o‘z-o‘zidan yechiladi. Buning uchun ajraluvchi yoki ochiluvchi qism oralig‘iga, ochilganda yoki ajralganda o‘chib qolishni ta’minlaydigan knopka qo‘yish kifoya. Agar biz biror ish bilan bu to‘siqni olib ichkariga qirsak, baraban to‘xtagan bo‘ladi. To biz bu to‘siqni yopib qo‘ygunimizga qadar bu barabanni harakatga keltirish imkoniyati yo‘q.
Ishlash imkoniyati asosan blokirovkalar mexanikaga asoslanib ishlaydigan, elektr toki ta’sirida harakatga keladigan, fotoelektro- tizimi, radiatsiyali, gidravlikaga va pnevmatikaga asoslangan va bulardan ikkitasining qo‘shilmasidan tashkil topgan turlari bor. Mexanik blokirovka bu mashinani ishga tushirish qurilmasi bilan uning muhofaza qopqog‘i orasidagi uzviy bog‘lanishga asoslangan bo‘ladi. Elektr toki ta’sirida harakatga keladigan blokirovkalarni har qanday elektr sistemalarida va mashinasozlik texnologik jarayon- larida qo‘llash imkoniyatlari mavjud. Masalan, har qanday to‘siq qopqog‘ini oxirgi o‘chirish tizimi bilan birlashtirilgan holati, agar qopqoq ochilganda yoki olib qo‘yilganda oxirgi o‘chirish tizimi to- monidan elektr motoriga kelayotgan tokni o‘chirib qo‘yishga asos- langan. Agar qopqoq butunlay yopilmasa yoki noto‘g‘ri yopilsa, unda elektr motoriga tok o‘tishi ta’minlanmaydi va faqat to‘g‘rilab yopilgandagina tok o‘tishi ta’minlanadi. Fotoelektr xususiyatiga ko‘ra ishlaydigan blokirovka tizimining ishlashi asosida yorug‘lik nurining elektr yurituvchi kuch hosil qi- lishiga asoslangan. Masalan, ma’lum maydonda press qurilmasi ishlatilayapti deb faraz qilaylik. Albatta, press bosqoni ishlaydi- gan joy bu mashinaning eng xavfli joyi hisoblanadi. Aytaylik, press bosqoni o‘rnatilgan tayanchlardan biriga ma’lum bir quvvat bilan nur oqimi hosil qiluvchi manba o‘rnatilgan bo‘lsin. Press bosqoni tayanchining ikkinchisiga xuddi shu nurni qabul qilib olish uchun fotoelement ma’lum miqdorda elektr yurituvchi kuchi hosil qila- di. Bu elektr yurituvchi kuch ma’lum kuchaytirgichlar orqali press bosqonini to‘xtatish qurilmasiga ulab qo‘yilgan bo‘lsa, unda o‘sha tayanchlar orasiga tushib qolgan odam, yoki uning ma’lum bir qis- mi nur oqimini to‘sib soya hosil qilsa, unda fotoelementdan hosil bo‘layotgan elektr yurituvchi kuch hosil bo‘lmay qoladi va buning natijasida bosqonni to‘xtatish vositasi ishga tushadi va uni juda tez muddatda to‘xtatib qo‘yadi. Bunday vositalar yordamida stanoklar- ning qirqadigan qismlarini, qayishli va zanjirli uzatmalarni, tishli g‘ildiraklarni qopqoqlarini jihozlash mumkin. Qopqoqlar olinishi bilan bunday uzatmalarda harakat to‘xtaydi va qopqoqni joyiga qo‘ymaguncha uni harakatga keltirish imkoniyati yo‘q. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling