Техноген indd


Download 1.67 Mb.
bet36/91
Sana16.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1777806
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   91
Bog'liq
ТЕХНОГЕН (2) (2) word

Gomeostaz bu odam organizmining ba’zi fiziologik funksiya- lari va ichki muhitning nisbiy doimiyligidir. Gomeostaz nafas a’zo- lari, qon aylanishi tizimi, ovqat hazm qilish va ayirish a’zolarining uzluksiz faoliyati tufayli ta’minlanadi.
Faol adaptatsiyaning biologik ma’nosi o‘zgargan tashqi muhit sharoitlarida gomeostazni (odam organizmining ba’zi fiziologik funksiyalari va ichki muhitning dinamik doimiyligi) ushlab turishga asoslangan. Odam organizmi uchun xavf soluvchi tashqi qo‘zg‘a-
tuvchilar – tashqi muhit faktorlari: harorat, namlik, havoning, suv- ning, ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi, shovqin, psixogen omillar va boshqalar. Gomeostazning asosiy ko‘rsatkichlari (tana harorati, qonning va to‘qima suyuqligining osmotik bosimi va bosh- qalar) o‘z-o‘zini boshqaruvining murakkab mexanizmlari orqali bir me’yorda turadi. Bunday mexanizmlar nerv, endokrin va sensor sis- temalarini o‘z ichiga oladi.


    1. Mehnat xavfsizligi psixologiyasi


Psixologik ilmning bir sohasidir. Ijtimoiy-tarixiy va aniq ishlab chiqarish sharoitiga, mehnat qurollariga, mehnatga o‘qitish usulla- riga va ishlovchilarning shaxsiy psixologik sifatlariga bog‘liq holda har xil turdagi mehnat faoliyatining psixologik afzalliklarini o‘rga- nadi.


Shuning uchun mehnat psixologiyasining o‘rganish obyek- ti faqat mehnat faoliyati va mehnat xavfsizligi bo‘lmasdan, balki mehnatkashlarning shaxsiy afzalliklari, qisman – uning kasbiy qo- biliyatlari va mehnat faoliyatida amalga oshiriladigan, mehnatdagi shaxslararo munosabatlar, predmetlar, qurollar, mehnat ozuqalari ishlab chiqarishga o‘qitishning usullari hisoblanadi.
Mehnat psixologiyasining asosiy masalasi – mehnat faoliyati- ning yengil, xavfsiz bo‘lishiga, uning katta xursandchilik olib ke- lishiga, korxonalardagi insoniy munosabatlar gormonik va aktiv bo‘lishiga yordam berishdir.
Mehnat xavfsizligi psixologiyasi inson faoliyati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar tizimida muhim qismini tashkil qiladi. Zamonaviy ishlab chiqarishlarda buzilish va jarohatlanish mu- ammolarini faqat muhandislik usullari bilan yechish mumkin emas. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, tez-tez buzilish va jarohatlanishlar asosida muhandislik konstruktorlik nuqsonlari yotmaydi, balki tash- kiliy-psixologik sabablar: xavfsizlik masalalari bo‘yicha kasbiy tay- yorgarlikning past darajasi, yetarli tarbiyalanmaganlik, xavfsizlikni
kuzatishga mutaxassislarni yetarli darajada qo‘ymaslik, shaxslarni jarohatlanishga xavfi baland bo‘lgan xavfli ishlar turiga qo‘yish, odamlarning ishga charchagan va tushkun holatlarda kelishi.
Xalqaro tajriba va mutaxassislarning ilmiy izlanishlari shuni ko‘rsatadiki, bo‘ladigan jarohatning 60% dan 90% gachasi aso- san jabrlanuvchilarning o‘z ayblari bilan sodir bo‘ladi. Bu borada Suqrotning quyidagi gapini eslaymiz:
«Men tirik bo‘lmagan tabiat bilan shug‘ullanishni tugataman deb qaror qildim va tushunishga harakat qilaman, nimaga shunday bo‘ladi, odam biladi, nima yaxshiligini, biroq yomon ishni qiladi».
Xavfsizlik psixologiyasi deganda inson faoliyati xavfsizligini ta’minlash uchun psixologik bilimlarni qo‘llash tushuniladi.
Xavfsizlik psixologiyasi psixologik jarayonlar va xususiyatlarni o‘rganadi hamda mehnat faoliyati jarayonida kuzatiladigan psixo- logik holatlarning har xil shakllarini, aynan to‘liq tahlil qiladi.
Psixologik faoliyat strukturasida inson 3 ta asosiy guruh kom- ponentlarni ajratadi: psixologik jarayonlar, xususiyatlar va holatlar. Psixologik jarayonlar psixologik faoliyatning asosini tashkil qi- ladi. Bularsiz bilimning vujudga kelishi va hayot tajribasini orttirish mumkin emas. Psixologik jarayonlarning bilimli, emotsional va iro-
dali turlari mavjud (sezish, zehnlash, eslash va hokazo).
Psixologik xususiyatlar (shaxs sifati). Shaxs xususiyati - bu uning muhim afzalliklari (xarakter, temperament yo‘nalishi). Shaxsning sifatlari ichida intellektuallik, emotsionallik, iroda, axloq, mehnat ajralib turadi. Yana barqarorlik va doimiylik xususiyatlari ham.
Psixologik holatlar turli-tumanlik va vaqtinchalik xarakteri bilan ajraladi, u aniq davrda psixologik faoliyatning afzalliklarini aniq- laydi va butun psixologik jarayonlar davomida ijobiy yoki salbiy bayon qilinishi mumkin. Mehnat psixologiyasi vazifalari va xavf- sizlik psixologiyasi muammolaridan kelib chiqqan holda, ishlab chiqarish jarohati, halokatning oldini olishni tashkil qilishda alohida ahamiyatga ega. Bunda ishlab chiqarishning psixologik holatlari va maxsus psixologik holatlarni ajratish maqsadga muvofiq.
Insonlarning kuchiga, fe’liga va nerv jarayonlarining harakat- chanligiga, bosh miya bo‘limlari hamda birinchi va ikkinchi signal sistemalari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirga qarab, ularning asab sistemasi turlarini tabaqalashtiradi va 4 guruhga ajratadi:


  1. Download 1.67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling