Техноген indd


Download 1.67 Mb.
bet34/91
Sana16.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1777806
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   91
Bog'liq
ТЕХНОГЕН (2) (2) word

Adaptatsiya yoki moslashuvchanlik tushunchasi deganda mos- lashuvchanlik faoliyatining tug‘ma va orttirilgan turlari tushuniladi. Bu esa hujayra, a’zo, sistema va organizm darajasida yuz beradigan aniq fiziologik reaksiyalar tomonidan ta’minlab beriladi. Himo- ya-moslashuvchanlik reaksiyalari reflektor va gumoral yo‘llar bi- lan boshqariladi, bunda asosiy o‘rin oliy nerv faoliyatiga ajratiladi. Odam organizmida juda ko‘p foydali moslashuvchanlik xususiyat- lari bo‘lib, ular:

  1. Ichki muhit ko‘rsatkichlari (ozuqa moddalari, kislorod, haro- rat, qon bosimining darajasi);

  2. Odam organizmining asosiy biologik talablarini qondiruvchi ax- loqiy faoliyati (oziq-ovqat, ichimlik suvi, jinsiy hayot va boshqalar),

  3. Insonning jamiyatdagi tajribasiga asoslangan ijtimoiy faoliyat natijalari: umumiy va shaxsiy.

Ijtimoiy omilning inson salomatligiga ta’siri juda katta. Ko‘pin- cha ijtimoiy jarayonlar biologik jarayonlarga katta ta’sir o‘tkazishi mumkin. Aholi salomatligi holati asosiy va sistemalardagi o‘zga- rishlar va funksional holatlarning, shuningdek, aholi jismoniy rivo- jining ko‘rsatkichalari bilan belgilanad. Ayrim organlarning funk- sional holatini va, ayniqsa, insonning ish qobiliyatini baholashda me’yoriy kattaliklargagina emas, shu bilan birga funksiyalarning maqbulligi to‘g‘risidagi tasavvurlarga ham amal qilish, kerak.
O‘sib kelayotgan organizmning ham biologik, ham ijtimoiy funksiyalari qanday rivojlanayotganligini aks ettiruvchi ko‘rsatkich- lar mavjud. Odam organizmining o‘zi-o‘zini boshqarish jarayoni siklik bo‘lib, “oltin qonunga bo‘ysunadi” – ma’lum bir faktorning hayotiy zarur darajadan chetga chiqish, ma’lum bir funksional sis- temaning son-sanoqsiz apparatlarining zudlik bilan qayta tiklanishi- ga olib keladi. Bu esa hayotiy zarur moslashuvchanlik darajasining yangidan tiklanishiga sabab bo‘ladi.
Butun organizmning ishi ko‘pgina funksional sistemalarning birgalikda bajaradigan ishiga asoslangan.
Organizmning himoyalanish reaksiyalaridan biri – og‘riqdir. Retseptorlarga zararlovchi ta’sir etganda og‘riq paydo bo‘ladi, og‘riqda to‘qima va organlarda biologik faol moddalar ajralishi ku- chayadi, masalan, qonda buyrak usti bezlari gormoni – adrenalin miqdori ortadi. Haroratning ko‘tarilishi – isitmalash organizmning himoyalanish – moslanish reaksiyalaridan biri. Harorat yuqori bo‘l- ganda ayrim mikroorganizmlar, ayniqsa, viruslar ancha tez nobud bo‘ladi, moddalar almashinuvi jarayoni tezlashadi, leykotsitlarning fagotsitar funksiyasini oshiradi. Lekin tana haroratining 40 0S dan oshib ketishi, aksincha, organizmni nobud qilishi mumkin.



    1. Download 1.67 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling