Tekis egilish. Sof egilish. Kuchlanishlarni aniqlash
) Kesuvchi Q(x) kuch epyurasini kurish
Download 457.24 Kb.
|
3-amaliy mashg\'ulot. Egilishga ishlayotgan balkalardagi ichki kuchlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3) Eguvchi moment epyurasini quramiz.
- 1) Kesuvchi kuch epyurasini kurish.
2) Kesuvchi Q(x) kuch epyurasini kurish.
Balka to’rt ta AB, BC, ED va DC qismlarga bulinadi. Har bir qismning kesuvchi kuch va eguvchi moment tenglamalari har xil bo’ladi. AB qismda A tayanchdan ixtiyoriy x1 masofada 1-1 kesim olamiz. Kesimdan chap tomondagi barcha kuchlardan vertikal o’qqa nisbatan olingan praekitsyalarning algebraik yigindisi shu kesimdagi kesuvchi kuch bo’ladi: AB qismda ( ). Bu tenglamada o’zgaruvchi x1 katnashmaganligi uchun kesuvchi kuch AB qismda o’zgarmas bo’ladi. Xuddi shuningdek BC, ED, DC qismlarda ham kesuvchi kuch tenglamasini tuzamiz: BC qismda Bu tenglamadan ko’rinadiki, kesuvchi kuch balka uzunasi buylab to’gri chiziq konun bilan o’zgaradi. Shuning uchun ikkita chetki nuqtasiga tegishli qiymatlarini aniqlash kifoya: x2=2 bo’lganda Q2(2)=7kH; x2=6 bo’lganda Q2(6)=7-4(6-2)=-9kH. EDqismda Bu qismda kesuvchi kuch o’zgarmas bo’lib, musbat qiymatga egadir. DC qismda Demak, bu qismda ham kesuvchi kuch o’zgarmas bo’lib, faqat manfiy qiymatga egadir. T opilgan qiymatlardan foydalanib kesuvchi kuch epyurasini quramiz. Musbat qiymatlarni ordinatalar o’qi buylab Yuqoriga, manfiylarini pastga mahlum masshtabda quyamiz. 3) Eguvchi moment epyurasini quramiz. Har bir qismlar uchun ham eguvchi moment tenglamalarini tuzamiz. Har bir qismda kesimdan bir tomondagi barcha kuchlardan kesim markazi 01 ga nisbatan olingan statik momentlarning algebraik yigindisi shu kesimdagi eguvchi moment bo’ladi: AB qismda Bu tenglamada x1 birinchi darajali bo’lganligi sababli eguvchi moment bu qismda to’gri chiziq konuni bilan o’zgaradi. Shuning uchun uni chizishda ikki chetki qiymat (x1=0 va x1=2) lari bilan ifodalasak bo’ladi, ya’ni M1(0)=0 va M1(2)=14knM. BC qismda Bu tenglama x2 ga nisbatan ikkinchi darajali bo’lganligi uchun eguvchi moment bu qismda kvadrat parabola konuni bilan o’zgaradi. Uni chizish uchun kamida uchta nuqtasidagi qiymatini topish kerak bo’ladi: Eng katta eguvchi moment qiymatini aniqlash uchun shu qismning eguvchi moment tenglamasidan x2 abstsissa bo’yicha birinchi hosila olamiz va uni nolga tenglashtirib, eguvchi momentning eng katta qiymatiga to’gri keladigan abstsissaning qiymatini topamiz: Bundan Demak, eng katta eguvchi momentning qiymati chap tayanchdan 3,75 m masofadagi kesimda hosil bo’lib, uning qiymati bo’ladi. EDqismda DC qismda Demak, ED va DC qismlarda eguvchi moment to’gri chiziq konuni bilan o’zgarar ekan. Endi topilgan qiymatlarning musbatini ordinata o’qi bo’yicha pastga va manfiylarini Yuqoriga mahlum masshtab bo’yicha qo’yib eguvchi moment epyurasini quramiz. 4.4-misol. 4.4-shaklda ko’rsatilgan balka uchun Q(x) va M(x) epyuralari harakterli nuqtalar bo’yicha qurilsin . E chish : 1) Kesuvchi kuch epyurasini kurish. Epyurani konsolning erkin uchidan boshlab quramiz, bu bizni tanch reaksiyalarini topishdan ozod kiladi. F kuch kesimdan o’ngda bo’lib, pastga yo’nalgan bo’lganligi uchun DS va SV qismlarda musbat bo’lib F qiymatga teng bo’lib o’zgarmas, ya’ni abstsessa o’qiga parallael ravishda bo’ladi. S kesimga quyilgan juft M kuchning Q(x) epyurasiga ta’siri yuk. SHunday kilib, bo’ladi. D nuqtadagi kesuvchi kuchning qiymatini shu nuqtadan o’ng tomondagi kuchlarning oz o’qiga proektsiyalarining yigindisi kabi karaymiz: Q3(x) ning bu qiymatini D nuqta tagida ordinata o’qi bo’yicha Yuqoriga joylashtirib S nuqtadagi qiymat bilan to’gri chiziq orqali birlashtiramiz. D nuqtadagi ya’ni maxkamlangan kesimdagi kesuvchi kuchning ordinatasi tayanch reaksiyasining qiymatini beradi. Q(x) epyurasi 4.4-shakl, b) da ko’rsatilgan. Download 457.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling