Tekshirdi” Kafedra mudiri V. Dadaboyeva 2022 yil Adabiyot fanidan dars rejasi №
Download 0.81 Mb.
|
ADABIYOT 1 KURS - для слияния
- Bu sahifa navigatsiya:
- ,,Aksar yalangoyoq yurur edim, yalangoyoq ko’p yurgandin oyoqlarim andoq bo’Iub edikim, tog’ va tosh tafovut qilmas edi”
- Tanbal bilan yuzma-yuz.
Notinch kunlar. Qamal uzoq davom etdi. Ochlik boshlandi. ,,Anga yettikim, faqir va miskin it etini, eshak etini yeya kirishtilar”, — deb yozadi Bobur.Qamal sipohni ham, aholini ham zeriktirdi. Atrofdan madad kelmadi. Shunday bir paytda Shayboniy sulh taklif qiladi. Bobur zaruratdan sulh tuzadi va tunga yaqin ichkilari bilan Samarqandni tark etadi. Samarqandni tashlab chiqqan Bobur Jizzax orqali O’ratepaga o’tadi. Dahkatda qishlashni ko’ngliga tugadi. Toshkentga borib, bobosi Yunusxonni ziyorat qiladi. Xondodasi sargardon nabirasiga O’ratepani inoyat qilajagini aytadi. Biroq, bu va’dasini bajarmaydi. Tanholik va umidsizlik tuyg’usi Boburga tinchlik bermaydi. Yaqinlarning bevafoligi, omadning qaytishi, imkoniyatning haddan tashqari chekianib borishi yosh hukmdornj tobora qiynar edi. ,,Aksar yalangoyoq yurur edim, yalangoyoq ko’p yurgandin oyoqlarim andoq bo’Iub edikim, tog’ va tosh tafovut qilmas edi”, — deb yozadj ,,Boburnoma”da Samarqandda mustahkam o’mashib olgan Shayboniyxon qish chillasida Pskent va Shohruhiyani bosadi. Xo’jand quyisidagi Hashtiyak qishlog’ida temuriylarning Movarounnahrclagi so’nggi chapdast vakili Bobur bilan yangi sulolaning asoschisi Shayboniy qo’shinlarj to’qnashadj. Sovuq kunlar edi. Yigitlardan ikki-uchtasi sovuqdan o’ladi. Bobur muziab yotgan ariqning yaxini o’yib, o’n olti marta sho’ng’iydi, o’z shijoati bilan atrofdagilarning ruhini ko’taradi. Ikki sarkarda yengil to’qnashuv bilan ikki tomonga chekinadi.
Tanbal bilan yuzma-yuz. Boburga eskidan dushmanlik qilib kelgan beklaridan Abmad Tanbal O’ratepaga qo’shin tortib keladi. O’ratepa Toshkentga tobe’ edi. Shu sabab Boburning tog’asi Sulton Mahmudxon askarlar bilan himoyaga keladi. Tog’a-jiyan O’ratepani mudofaa qiladilar. 1502- yilning bahorida Tanbalning Toshkentga yurishga tayyorgarlik ko’rayotgani xabari keladi. Boburning tog’alari: Sulton Mahmudxon va Sulton Ahmadxon o’ttiz ming askar to’plab, undan oldinroq Andijonga otlanadilar. Boburga bir qism yigitlardan berib, yovning orqa tomoniga o’tib, O’sh va O’zgand orqali kelishni maslahat qiladilar. Bobur O’shni osonlik bilan qo’lga oladi. Atrofning ulug’-kichiklari uni shod-u xurramlik bilan qarshi oladilar, O’zgand ahli vakil yuborib, Bobur ixtiyoriga o’tadi. Marg’ilonliklar shahar dorug’asini haydab yuborib, unga tobe bo’ladilar. Nihoyat, tog’alar Andijonga yetib kelishadi. Tanbal qochadi, shahar olinadi. Lekin Boburga o’zi zabt etgan shaharlarni ham bermaydilar. Bu shaharlar Sulton Ahmadxonga topshiriladi. Aka-ukalar Samarqandni egallagach, Boburni Temurning poytaxtiga hokim qilmoqchi ekanliklarini aytishadi. Shu orada Ahmad Tanbalning Shayboniyxonga itoat izhor qilib odam yuborgani, xon qo’shin bilan yo’lga chiqqani haqida xabar keladi. Aka-uka xonlar orqaga qaytishga qaror qiladilar. O’sh, Marg’ilon aholisi ular tomonidan qo’yilgan amaldorlarni haydab chiqara boshlaydi. Tanbal shunday kunlarning birida erta tongda uch ming yigitini olib, yuztagina odami bilan Axsida qolgan Bobur ustiga keladi. Tengsiz jangda Bobur urusha-urusha qal’adan qochib chiqadi. Bobur so’ngsiz irodasi, g’ayrat va shijoati bilan yolg’iz o’zi ikki kecha-kunduz davom etgan dushman ta’qibidan omon qoladi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling