Tekshirdi” Kafedra mudiri V. Dadaboyeva 2022 yil Adabiyot fanidan dars rejasi №


Download 0.81 Mb.
bet21/38
Sana29.03.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1306420
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38
Bog'liq
ADABIYOT 1 KURS - для слияния

Kobul azimati. Omadsizlik va xorlik tuygusi Boburni vodiyni tark etib, Xurosonga ketishga undaydi. Xurosonning salmoqli qismi shavkatli podshoh Sulton Husayn Boyqaro tasarrufida edi. Shayboniyxonning Andijonni egallab, Hisor va Qunduzga yo’l olgani xabari keladi. Temuriylarning bu davrdagi eng mashhur hukmdori Husayn Boyqaro ham kuchlarini to’plab, Shayboniyga qarshi yurishga jur’at qilmaydi. Aksincha, har birlari o’z shaharlari mudofaasini mustahkamlash bilan band bo’ladilar. Taxt egalarining bunday sustkashligi, loqaydlik va jur’atsizligidan Bobur qattiq iztirob chekadi.
1503- yilning sentabri oxirlarida Bobur shiddat bilan borib, Kobul va G’aznani jangsiz oladi. Kobuldagi dastlabki yillar og’ir keldi. 1505- yilning mayida Boburning onasi Qutlug’ Nigorxonim vafot etdi. Uni Bog’i Navro’ziyga dafn etdilar. 1506- yilning yanvarida yosh sarkarda og’ir dardga chalinib, qirq kun o’rnidan qo’zg’ola olmay yotdi.
Shayboniyxon esa yana otining jilovini Xurosonga buradi. Husayn Boyqaro barcha temuriy beklarni to’plab, unga qarshi jangga chiqishga ahd qildi. Biroq mo’ljallangan ish amalga oshmay qoldi. Husayn Boyqaro o’z qo’shini bilan otlangan chog’da, 1506- yilning mayida yo’lda vafot etdi. Temuriylarning kuchlari birlasha olmay qoldi. Shayboniy Balxni bosib, Badaxshonga tahdid qila boshladi. Nihoyat, temuriy beklar 1506- yilning 27- oktabrida Murg’obda to’planadilar. Shayboniyga qarshi yurish ko’klamga qoldiriladi. Beklar o’z joylariga qaytib ketadilar. Husayn Boyqarodan keyin Hirot taxtini sherikchilik bilan idora etayotgan aka-uka Badiuzzamon va Muzaffar Mirzoning taklifi bilan Bobur Xuroson poytaxtiga boradi. Sulton Husayn Boyqaro madrasasiga kirib, uning qabrini ziyorat qiladi. Navoiyni dunyoga bergan shaharning muhtasham obidalari bilan tanishadi. Bir muddat buyuk shoirning uyida istiqomat qiladi.
Hindiston orzusi. Bobur Kobulni olgach, Hindistonni egallash rejasini tuza boshlaydi. Bu boradagi birinchi harakat 1507- yilning yanvariga to’g’ri keladi. 1507- yilda temuriylarning ikkinchi poytaxti, Xurosonning markazi Hirot ham Shayboniyxon qo’liga o’tadi. Bu hol Boburning Hindistonga ishtiyoqini yanada kuchaytiradi. Shunga qaramasdan, u 1526- yildagina Hindistonni olishga muvaffaq bo’ldi. O’sha yili 21-aprelda Panipatda Boburning 12 ming kishilik qo’shini hind sultoni Ibrohim Lo’diyning 100 ming kishilik askari bilan to’qnashadi. Sulton Ibrohimda jangovar fillar ham bor edi. Bobur askarlari bir lahza vahima va qo’rquv ichida qoladilar. Bobur qo’shini oldida nutq so’zlaydi, uning ruhini ko’taradi. U qadim turk jang usulidan, buyuk bobosi Temur tajribalaridan mohirona foydalanadi. Ovrupoda yangi joriy bolayotgan poroxli zambaraklarni ishga soladi va kuchli dushmandan ustun keladi. Shu tariqa Hindistonda Bobur nomi bilan bog’langan yangi mustahkam bir davlat maydonga keladi. Ovrupoda u ,,Buyuk mo’g’ul imperiyasi” nomi bilan shuhrat topadi. Bobur avlodlari 19- asrning o’rtalari — inglizlar istilosiga qadar Hindistonda hokimiyatni boshqardilar.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling