Tekshirdi” Kafedra mudiri V. Dadaboyeva 2022 yil Adabiyot fanidan dars rejasi №


Download 0.81 Mb.
bet22/38
Sana29.03.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1306420
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38
Bog'liq
ADABIYOT 1 KURS - для слияния

Hayotining so’nggi yillari. Bobur Hindistondagi din-mazhab janjallarining oldini olishga, mamlakatda osoyishtalik qaror toptirishga urindi. Adolatli qonunlar chiqardi, g’ayri dinlik solig’i (juz’ya)ni bekor qildi, o’lgan erning tirik xotinini murda bilan birga kuydirishni taqiqiadi. Mamlakatda obodonlik ishlarini yo’lga qo’ydi. Kanallar qazdirdi, binolar qurdirdi. Atrofiga olim-u fozillarni to’pladi. Bobur bog’lar bino qildi, Movarounnahrning shirin-sharbat mevalarini hind yerida ekib, undirdi. Lekin jang-u jadallar, saltanat tashvishlari, ayniqsa, Vatan sog’inchi nozik qalb egasi bo’lgan shoirning sog’lig’iga salbiy ta’sir qildi.
Begona bir yurtni zabt etish hech qachon oson kechmagan. 1526- yilning 21- dekabrida Bobur dushmanlari tomonidan zaharlanib, tasodif tufayligina omon qoladi. Biroq uning sog’lig’i yomonlashib boradi. 1527- yilning 13- oktabrida og’ir yotib qoladi. Bu ahvol yigirma besh-yigirma olti kun davom etadi. Bir qadar sog’ayib ketgan Bobur 1530- yilning 26- dekabrida Agrada vafot etadi. Keyin uning xoki, vasiyatiga muvofiq, Kobulga ko’chiriladi.
Ijodiy merosi. Bobur xalqimizning har jihatdan yetuk, g’oyat iste’dodli farzandi edi. U o’ta notinch, sargardonlikda kechgan umrini zo’r salohiyati tufayli jozibali qila oldi. Uning hayoti faqat janglar bilangina emas, ilhomiy onlar bilan ham to’la edi. U yigirma yoshida yangi bir yozuv — ,,Xatti Boburiy”ni kashf qildi. Umr bo’yi ajoyib she’rlar yozdi, devon tartib qildi. ,,Boburnoma”day ulkan tarixiy-badiiy asarni yaratdi. Musiqa bilan shug ‘ullanib, ,,Chorgoh” maqomiga ,, savt “ lar bitdi. 1521- yilda she’riy yo’lda soliq ishlarini tartibga soluvchi ,,Mubayyin al-zakot” (,,Zakot bayoni”) asarini yozdi. 1523-1525- yillarda aruz vazni haqida ,,Muxtasar” nomli risola bitdi. Boburning ,,Harb ishi”, ,,Musiqa ilmi” nomhi asarlari hozirgacha topilgan emas. U tarjima bilan ham shug’ullandi. Xo’ja Ahrorning ,,Volidiya” asarini she’riy yo’l bilan o’zbekchaga ag’dardi.

Boburning eng mashhur asari ,,Boburnoma”dir. U dastlab ,,Vaqoye” (,,Voqealar”) deb atalgan: So’ngroq ,,Voqeoti Boburiy”, ,,Voqeanoma”, ,,Tuzuki Boburiy”, ,, Boburiya” nomlarini oldi. Oxirida ,,Boburnoma” bo’lib shuhrat topdi. ,,Boburnoma” Zahiriddin Boburning butun umri davomidagi esdaliklaridir. U 12 yoshidan hayotining so’ngigacha bo’lgan voqealarni qayd qilib borgan va umrining oxirlanda 1525—1530- yillarda ushbu asarni yaratgan, deb taxmin qilinadi. ,,Boburnoma” 16- asrdayoq turli Sharq tillariga tarjima qilina boshlagan. Jumladan, 1586- yilda fors tiliga o’girilgan. Yodnoma Ovrupoga 18- asrning boshida kirib bordi.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling