Tekshirdi: Katta o`qituvchi Xunarov Abduvaxob
Download 125.51 Kb.
|
ekologiya mustaqil ish 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5B-20 KEM guruh talabasi Karimov Begzod Tekshirdi: Katta o`qituvchi Xunarov Abduvaxob Olmaliq 2023 Mavzu
- 3. Resurslardan foydalanishning prinsip va qoidalari 4. Xulosa 5. Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar Kirish.
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI “Konchilik ishi” fakulteti “Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar” kafedrasi Ekologiya fanidan Mustaqil ish Bajaradi: 5B-20 KEM guruh talabasi Karimov Begzod Tekshirdi: Katta o`qituvchi Xunarov Abduvaxob Olmaliq 2023 Mavzu: Tabiiy resurslar va ularning turlari Kirish 2. Tabiiy resurslar klassifikatsiyasi 3. Resurslardan foydalanishning prinsip va qoidalari 4. Xulosa 5. Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar Kirish. Inson haqiqatdan ham, boshqa tirik organizmlardan o'zining chuqur idrok eta oilishi, aqlliligi bilan keskin ajralib turadi. Shu sababdan ham odamlar ma'lum joy — muayyan hududlarda jamoa bo'lib, o'zaro uyushib, ongli turmush tarzida hayot kechirishadi, faoliyat ko'rsatishadi va hokazo. Quyida, ekologiyaga old bir qator umumiy tushunchalar xususida ma'lumotlar bayon qilamiz. Dastavval, «E k о 1 о g i у a» so'zi nimani anglatadi? O'ziga u qanday ma'no, mazmun - mohiyatni qamrab olgan? Uning turli ko'rinishda alohida fan sifatida shakllanishi qaysi davrga to'g'ri keldi va qaysi olim — donishmand-larning xizmatlari bunda muhim ahamlyat kasb etgan? Hozirgi davrda ekologiya-ning qanday yo'nalishlari ko'proq rivoj topmoqda? Shu kabi qator savollarga javob berishga harakat qilamiz. Ilk bor, «Ekologiya» atamasini 1866 yilda nemis tabiatshunos olimi Ernst Gekkel (1834-1919) o'zining «Organizmlarning umumiy morfologiyasi» asarida ishlatgan. Olimning ta'kidlashicha, har qanday tirik organizm evohutsion taraqqiyoti davrida atrof-muhitga moslashib, o'ziga xos morfologik ko'rsatkichlarga ega bo'ladi. Agar rnoslasha olmasa, qirilib yo'q bo'ladi. «Ekologiya» ikki yunoncha so'z: «Oykos» - yashash joyi, makoni, muhiti va «Logos»-ta’limot, bilimlar majmuidan tashkil topgan. Xullas, ekologiya-tirik organizmlaming yashash joyi, muhiti va ularning shu makondagi turli xil tabiiy omillar bilan o'zaro bog'liqligi hamda munosabatlarini tahlil-tadqiq etuvchi fandir. Shunday qilib. ekologiya — jonzot (organizm) larning o'zaro bir-birlari bilan va o'z yashash makoni - muhiti tarkibidagi barcha tabiiy omillar bilan munosabatini o'rganadigan fan deyilsa, to'g'ri bo'ladi. Dastlab, ta'lim muassasalarida u boshqa tabiiy fanlar, jumladan, biologiya, geografiya, kimyo, fizika, geologiya kabi fanlar tarkibida o'rganilgan. XX asr, ayniqsa, uning ikkinchi yarmidan boshlab, ekologiya mustaqil — fan sohasi sifatida shakllanib, alohida o'qitila boshlandi. Hozirgi davrda, shuni qayd etish joizki, ekologiyaning turli sohalari tarkib topib, mustaqil fan shaklida ko'plab o'rta maxsus va oliy ta'lim muassasalarida o'rganilmoqda. Bu esa, Respublikamizda xalqaro kelishuv, qaror va dasturlar asosida, shuningdek, qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga binoan ham barkamol avlod tarbiyasi uchun ekologik ta'lim - tarbiyaga katta e'tibor qaratilganidan dalolatdir. Hozirgi zamon talablari darajasida, ekologik tushuncha va ijodiy - amaliy g'oyalarni yoshlarimiz ongiga singdirishda buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosi hainda xalqimizning milliy qadriyatlaridan ham foydalanishimiz foydadan holi bo'lmaydi, albatta. Tarixiy qadriyatlarimiz negizida, qadimgi davrlardan boshlab, to shu kungacha o'tgan tabiatshunos olimlarning atrof-muhit va barcha hayotiy omillar bilan bog'liq ilmiy kashfiyotlari, falsafiy ta'limot va qonuniyatlari mujassamlangan. Xullas. ekologiya boshqa fanlar kabi. tabiiy-ijtimoiy taraqqiyot mahsuli hisoblanadi. Ekologiya fani XX asrda nihoyatda rivoj topdi. Download 125.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling