Tekshirdi: Katta o`qituvchi Xunarov Abduvaxob


Savol: agar suv tugamaydigan resurs hisoblansa chuchuk suv tanqisligi muammosi qayerdan kelib chiqdi?


Download 125.51 Kb.
bet3/4
Sana06.04.2023
Hajmi125.51 Kb.
#1333071
1   2   3   4
Bog'liq
ekologiya mustaqil ish 1

Savol: agar suv tugamaydigan resurs hisoblansa chuchuk suv tanqisligi muammosi qayerdan kelib chiqdi?
Javob: bu muammoning kelib chiqish negizi shundaki, suvdan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida uning sifati o‘zgarib, foydalanishga yaroqliligi kamayishi mumkin. Bunga hozirgi kunda chuchuk suvlarga ko‘p miqdorda oqovalarning tashlanayotganligi, dengiz va okean suvlarining neft mahsulotlari bilan ifloslanib, ularning yaroqliligi kamayayotganini misol qilish mumkin.
Umumiy suv resurslari garchi tugamaydigan resurs hisoblansada, lekin daryo suvlari tugaydigan resurslarga kiradi. Ma’lumotlarga ko‘ra hozir har yili daryolar suvining 13 % maishiy-xo‘jalik maqsadlarida foydalaniladi va bu suvlarning 5,6% kuchli ifloslanishidan tiklanmaydigan holatga o‘tadi. Xalq xo‘jaligining rivojlanishi, sanoat va dehqonchilikning yuksalishi hamda aholi sonining o‘saborishi bundan keyin ham suv resurslaridan tobora ko‘proq foydalanishni taqozo qiladi. SHuning uchun ham ulardan foydalanishda tejamkorlikka amal qilish, dehqonchilikda yerni namlatib, yomg‘irlatib va tomchilab sug‘orish, sanoatda suvdan foydalanishning yopiq tizimiga o‘tishni kuchaytirish zarur.
Iqlim reusrslariga atmosfyera havosi va shamol enyergiyasi misol bo‘ladi. Atmosfyera yog‘inlarini ham suv va ham iqlim resurslariga kiritish mumkin. Atmosfyera havosi bitmas-tuganmasdir. Ammo uning tarkibi ham suvning sifati kabi o‘zgarib turadi. U o‘ta kuchli ifloslanganda tirik tabiat uchun resurs bo‘laolmay qolishi mumkin. SHamol enyergiyasidan tabiiy resurs sifatida foydalanish amalda ko‘pdan byeri qo‘llanib kelinyapti. Inson o‘zining tafakkuri yordamida shamol tegirmonlari va shamol elektr stansiyalarini barpo etdi.
Kosmik resurslarga quyosh radiatsiyasi kiradi. Bu resurs ham bitmas-tuganmasdir. Sayyoralarning joylanish tartibi va xususiyatlariga ko‘ra Quyoshning Yerga yuborayotgan nuri hech qachon tugamaydi. Ammo, havoning ifloslanishi Quyoshdan Yerga etib keladigan radiatsiyani bir muncha kamaytirgan. Ayniqsa yirik sanoat markazlarida ifloslangan quyosh radiatsiyasi kishilarda turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. AQSH va G‘arbiy Evropa mamlakatlari aholisi orasida ko‘proq tarqalgan

Download 125.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling