Tekshirdi: Katta o`qituvchi Xunarov Abduvaxob


Resurslardan foydalanishning prinsip va qoidalari


Download 125.51 Kb.
bet4/4
Sana06.04.2023
Hajmi125.51 Kb.
#1333071
1   2   3   4
Bog'liq
ekologiya mustaqil ish 1

Resurslardan foydalanishning prinsip va qoidalari
Tabiiy resurslardan foydalanishning prinsip va qoidalari tabiatdagi barcha predmet va hodisalarning o‘zaro bog‘liqligiga asoslangan bo‘lib, ular quyidagilardir:
ko‘pqirralilik qoidasi tabiiy resurslardan foydalanishda ularning ko‘p qirrali ahamiyatga ega ekanligini hisobga olishga asoslangan. Masalan, o‘rmon resurslaridan foydalanishda shuni hisobga olish kyerak-ki, o‘rmon xalq xo‘jaligi uchun yog‘och manbai bo‘lib hisoblanadi. Bu yog‘och yog‘ochsozlik va kimyo sanoati uchun xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Lekin o‘rmon resurslari bundan tashqari biosfyeraning kislorod «genyeratori» sifatida faoliyat ko‘rsatadi, tuproqda namlikni saqlaydi, tuproqni yuvilib ketishdan asraydi, mikroiqlim hosil qiladi, insonga meva-chevalar etqazib byeradi, qolavyersa u yovvoyi hayvonlar uchun yashash maskani bo‘lib ham xizmat qiladi. Buni daryolar misolida ham ko‘rish mumkin. Daryo chuchuk suv artyeriyasi, qulay va arzon transport kommunikatsiyasi, gidroenyergiya manbai va boshqa vositalar sifatida xizmat qiladi;
regionallik qoidasi har bir regionning tabiiy resursidan foydalanishda bu resursning o‘sha joydagi miqdorini hisobga olish zarurligiga asoslangan. Masalan, Yer yuzining turli regionlarida suv resurslari turlicha joylashgan. Agar shimoliy regionlarda suv syerobligidan yer botqoqlashgan bo‘lsa, janubda suv tanqisligidan yerlar qaqragan. SHuning uchun suvdan foydalanishda bu joylarda hisob-kitobli ish yuritilishi lozim;
o‘zaro bog‘liqlik qoidasi tabiiy resurslar holatining o‘zaro bog‘liqligiga asoslangan bo‘lib, unga ko‘ra biror tabiiy resursdan foydalanish u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa resursga ham ta’sir o‘tkazadi. Masalan, ma’lum maydonda rudali ma’danlarning ko‘plab qazib olinishi o‘sha joyning relfi, gidrorejimi va boshqa tabiiy holatlariga ta’sir qiladi, natijada bu joyning o‘simlik va hayvon dunyosi o‘zgarib ketadi; elementar resurs hisoblangan azotning havodan ko‘plab so‘rib olinishi uning o‘rnini boshqa gazlar egallashiga olib keladi va hakazo.

Xuloasa
Hozirgi kunga kelib tabiy resurslardan foydalanish yuksak darajaga ko`tarilgan bo`lsa tabiatni asrashga bo`lgan e`tibor ham huddi shuncha qadr topdi. Sababi resurslarning tabiat bilan uzviy bog`liqligi va ulardan foydalanishni bildiradi. Resurslarga bo`lgan e`tibor orqali juda ham ko`p davlatlar iqtisodiy rivoj topdi. Har bir davlatning o`ziga yarasha tabiy boyligi bor. Tabiiy resurslar insonga yashash imkoniyatini byeruvchi yagona vosita bo‘lib, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartib-qoidalarini bilish insoniyatga barqaror iqtisodiy-ekologik rivojlanish sharoitini yaratadi. Shuni unutmaslik kerakki, qayta tiklanadigan va tugamaydigan resurslardan to‘g‘ri foydalanilganda ular hech qachon tugab qolmaydi. Ammo qayta tiklanmaydigan resurslar qachonlardir tugashi muqarrar. SHuni hisobga olib, inson akl-zakovatining mahsuli sifatida bularning o‘rniga sun’iy resurslar, masalan, metall o‘rniga plastik mahsulotlar yaratilib, ulardan quvurlar, podshipniklar va boshqalarni tayyorlashda foydalanilmokda.


Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar.

  • S.Mustafoyev, S.O‘roqov, P.Suvonov “Umumiy ekologiya” Toshkent 2006

  • P.S.SULTONOV “EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH ASOSLARI” Toshkent 2007

  • https://student.tdtuof.uz/education/resources?subject=212

  • https://uz.wikipedia.org/wiki/Ekologiya

  • https://www.elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/14543-ekologiya-va-unga-tegishli-sohalar-haqida-umumiy-tushunchalar

Download 125.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling