Ixtiyoriy jarayonni to'liq o'rganishda, u to'g'risida to'plangan ma'lumotlar hajmi,
ma'lumotlarning o'zaro bog'liqligi darajasi shunchalik murakkab bo'ladiki, ularni biror
vosita yordamisiz toliq qayta islilash amalda mumkin emas.
Fan va texnikaning rivojlanishi axborotlarni to'plash, qayta ishlash va uzatish kabi
jarayonlarni samarali amalga oshirish mumkinligini ko'rsatdi. Bunda asosiy o'rinni
texnik
vositalar - kompyuter va boshqa turdagi vositalar egallaydi.
Ular yordamida ishni tashkil etish orqali axborotlar almashinuvini tezlatishdan
tashqari kerakli axborotni izlash, qayta ishlash va undan foydalanishni osonlashtirish hamda
axborotning avval ko'rsatib o'tilgan barcha xususiyatlarini saqlashga erishiladi.
Insoniyat tomonidan axborotlarni izlash, to'plash, saqlash, qayta ishlash va undan
foydalanish usullari va vositalari axborot texnologiyasi deb yuritiladi.
Axborot texnologiyasi ikki: ichki va tashqi omillardan iboratdir. Ichki omillarga
usullar, tashqi omillarga vositalar kiradi.
Bundan kelib chiqadiki, axborot texnologiyasi o`z ichiga quyidagilarni oladi: qalam,
ruchka, daftar, qog'oz, bo`r, doska,
proyektor, ekran, kodoskop, sinf, stol, stul, o'quvchi,
o'qituvchi, farrosh, direktor, kitob,
kompyuter, suhbat
jarayoni, dars o'tish jarayoni, test
o'tkazish jarayoni, savol-javob o'tkazish jarayoni, dars o'tish usuli va metodikasi, plakat yoki
boshqa
didaktik materiallar, va hokazo. Demak, axborot texnologiyalari sanoatda, savdo-
sotiqda,
boshqaruvda, bank, ta'lim va sog'liq sistemasida, tibbiyot va fanda,
transport va
aloqada, qishloq xo'jaligi va ijtimoiy xizmat tizimida, turmushda qo`llanilar ekan.
Axborot texnologiyasining asosiy texnik vositalari sifatida kompyuterdan tashqari
aloqa
vositalari - telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo'llaniladi.
Axborot texnologiyalari hisoblash texnikasidan tashqari aloqa texnikasi, televideniye
va radioni ham o'z ichiga oladi. Umuman, informatika va axborot texnologiyalari bir-birini
to'ldiruvchi qismlar sifatida qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: