Tekshiruvchi: o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: Sana: Sinf: 7 Dars
Download 100.05 Kb.
|
7-sinf 4-chorak
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Tarbiyaviy maqsad
- Darsning tashkiliy qismi
Uyga vazifa. : O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
Tekshiruvchi: o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: ________________ Sana: ____________________ Sinf: 7 Dars: ___ Mavzu: Eng muhim tuzlarning ishlatilishi Darsning maqsadi: 1. Ta`limiy maqsad: Eng muhim tuzlarning ishlatilishi haqida bilim, ko`nikma va malakalarini oshirishdan iborat. 2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida nutqini oshirish va tarbiya berish; 3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini varafakkurini o’stirish, dunyoviy bilimlarini rivojlantirish. Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars. Darsning usuli: Masalalr yechish Savol- javob Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi. Darsning tashkiliy qismi: 1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash. 3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash. Yangi darsni rejasi. Yangi darsning bayoni. Murakkab moddalar ichida eng ko‘p tarqalgan va xalq xo‘jaligida eng ko‘p ishlatiladigan anorganik moddalar tuzlar bo‘lib, Yerdagi hayotiy jarayonlarning me’yorida sodir bo‘lishi uchun ularning ahamiyati juda kattadir.Inson organizmi tuz muvozanatini doimo saqlab turishga muhtojdir va organizm umumiy massasiga nisbatan 5,5 % turli xildagi tuzlar shu vazifani bajarib turadi. Masalan, organizmda kalsiy tuzlari kamayib ketsa, muvozanatni tiklash uchun kalsiy tutgan mahsulotlarni iste’mol qilish xohishi paydo bo‘ladi. Yoki turli sabablarga ko‘ra organizm tez suyuqlik yo‘qotadigan bo‘lib qolganda, tuz suyuqlik bilan chiqib ketib qoladi, shuning uchun bunday holatlarda turli fiziologik tuz eritmalari beriladi.Kalsiy, temir, kaliy, natriy va boshqa ko‘plab metallar tutgan tuzlar tibbiyotda turli kasalliklarga qarshi dori vositalari sifatida qo‘llanadi.Azot, fosfor, kaliy, oltingugurt, kalsiy, natriy va mikroelementlar deb nomlanuvchi metallar guruhini tutgan tuzlar qishloq xo‘jaligida o‘g‘itlar, ba’zi zararkunandalarga qarshi kurash vositalari, unuvchanlikni va hosildorlikni oshiruvchi o‘stiruvchi vositalar sifatida keng qo‘llanadi.Karbonatlar va silikatlar qurilish ishlarida turli maqsadlarda ishlatiladi. Natriy xlorid NaCl.Osh tuzi turmushda qanday maqsadlarda ishlatilishini esa hammamiz juda yaxshi bilamiz.Osh tuzi sanoatda xlor, ishqor, natriy metali olishda, tibbiyotda fiziologik eritma tayyorlashda ishlatiladi. NaCl kristal panjarasining tuzilishi .Kalsiy karbonat CaCO3.Marmar, ohaktosh sifatida qurilishda ishlatiladigan tuz. Qurilish binolarini bezash maqsadida marmardan eng ko‘p foydalaniladi. Toshkent metropoliteni bekatlarining chiroyiga chiroy qo‘shib turibdi.Ammoniy nitrat NH4NO3.Ammoniyli selitra nomi bilan qishloq xo‘jaligida ishlatiladi. Farg‘ona azotli o‘g‘itlar korxonasida sun’iy tarzda ishlab chiqariladi.Sanoatda turli metallar va boshqa tuzlarni olishda ham tuzlardan keng foydalaniladi. Masalan, temirning sulfidli tuzlaridan cho‘yan va po‘lat olinadi.Respublikamiz hududida, xalq xo‘jaligida turli maqsadlarda ishlatiladigan tuzlarning tabiiy zaxiralari aniqlangan. Marmar (CaCO3) Nurota va G‘ozg‘on konlaridan olinadi. Osh tuzi (NaCl) va silvinit (NaCl-KCl) Xo‘jaikon, Tubokat, Borsakelmas, Boybichakon, Oqqal'a konlaridan qazib olinadi. Fosforit (Ca3(PO4)2) Markaziy Qizilqum, Qoraqat, Shimoliy Jetitov konlaridan olinadi. Bir qator rangli metallarning sulfid tuzlari Olmaliq tabiiy konlaridan qazib olinadi. Ulardan esa metallar, oltingugurt va turli xildagi kimyoviy birikmalar ishlab chiqarishda foydalanilmoqda Download 100.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling