Tekshiruvchi: o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: Sana: Sinf: 7 Dars


Download 100.05 Kb.
bet1/22
Sana18.06.2023
Hajmi100.05 Kb.
#1558578
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
7-sinf 4-chorak


Tekshiruvchi: o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: ________________


Sana: ____________________ Sinf: 7 Dars: ___


Mavzu: Kislotalarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi


Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad: Kislotalarning tarkibi, tuzilaisjhi, nomlanishi va toifalanishi.
haqida bilim, ko`nikma va malakalarini oshirishdan iborat.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini varafakkurini o’stirish,
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.


Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.


Yangi darsning bayoni.
Kislotalar deb tarkibida metall atomlariga almashina oluvchi vodorod atomlari hamda kislota qoldig‘idan iborat bo‘lgan murakkab moddalarga aytiladi.Kislotalar tarkibidagi vodorodlar soni kislota qoldig‘ining valentligiga son jihatdan teng bo‘ladi, chunki vodorod bir valentlidir.Kislotalar funksional guruhli moddalar toifasiga mansubdir.Kislotalarning umumiy formulasi HnK tarzida ifodalanadi: bu yerda K-kislota qoldig‘i; n-kislota qoldig‘ining valentligi.Kislotalarda vodorod kislota qoldig‘i bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘ hosil qilgan holda birikadi.Kislotalarning empirik va grafik tasvirlanishini quyidagicha ifodalash mumkin:

HCl

HNO3

H2SO4

H3PO4









Xlorid kislota

Nitrat kislota

Sulfat kislota

Ortofosfat kislota

Xlorid kislota molekulasing tuzilishi


Nitrat kislota molekulasing tuzilishi




Sulfat kislota molekulasing tuzilishi

Ortofosfat kislota molekulasing tuzilishi

Nomlanishi. Kislotalarning nomi kislota qoldig‘i nomidan keltirib chiqariladi. Bunda quyidagi asosiy kislota qoldiqlari nomi va mos keladigan kislotalar nomi hamda ularning formulalari berilgan jadvaldan foydalanamiz (kislota qoldiqlari valentligi chiziqchalar bilan ko‘rsatilgan):




Mos kislota nomi

Kislota
formulasi

Kislota qoldig‘i
formulasi

Kislota qoldig‘i nomi

Yodid

HJ

-J

Yodid

Sianid

HCN

-CN

Sianid

Sulfit

H2SO3

=SO3

Sulfit

Nitrat

HNO3

-NO3

Nitrat

Ortofosfat

H3PO4

-PO4

Ortofbsfat

Permanganat

HMnO4

-MnO4

Permanganat

Sulfat

H2SO4

=SO4

Sulfat

Manganat

H2MnO4

=MnO4

Manganat

Arsenat

H3AsO4

=AsO4

Arsenat

Perxlorat

HCIO4

-C1O4

Perxlorat

xlorat

HCIO3

-CIO3

xlorat













Demak, kislota nomi «kislota qoldig‘i nomi + kislota» so‘zlari qo‘shib yasaladi.Kislotalar tarkibida kislorod atomi mavjudligiga qarab kislorodli va kislorodsiz kislotalarga toifalanadi:
Kislorodsiz kislotalarga quyidagilarni misol keltirish mumkin: HF, HCl, HBr, HJ, HCN, H2S
Kislorodli kislotalarga esa quyidagilarni misol keltirish mumkin: H2SO4, HNO3, H3PO4, H2CrO4, H2SiO3, H3BO3
Kislotalar tarkibidagi vodorod soniga qarab bir negizli, ikki negizli, uch negizli va ko‘p negizli kislotalarga toifalanadi:
Bir negizli : HF. HCl. HBr. HJ. HCN. HNO2. HNO3.
Ikki negizli: H2C2O4, H2CO3, H2 S, H2SO3, H2SO4, H2Cr2O7,
Uch negizli H3AsO4 H3AsO3 H3PO3 H3BO3
Yangi mavzuni mustahkamlash.

1. Sirka, benzoat, oksalat, stearin, olein, adipin, kahrabo, akril, sulfat, xlorid, ortofosfat, nitrat, perxlorat, persulfat, pirofosfat, metafosfat, nitrit kislotalarning qaysilari ko’p negizli? 2. Oltinchi guruh elementining yuqori oksidlanish darajali kislotasi tarkibida kislota angidridining massa ulushi 87,6 % bo’lsa, kislotaning formulasini toping.


3. 0,1 kg natriy gidroksid va 0,1 kg sulfat kislota ta’sirlashgandan so‘ng eritma lakmusni qaysi rangga bo‘yaydi?
4. P2O5 ortofosfat, pirofosfat, metafosfat, fosfit kislotalarning qaysilariga to‘g‘ri keladi?
5. Elektron nazariyasiga ko‘ra quyidagi FeSO4, Al(ClO4)3, K2SO4, MgCl2, FeCl3, NH3, BCl3 moddalardan qaysilari kislota hisoblanadi?

Download 100.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling