Tekshiruvchi: o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: Sana: Sinf: 7 Dars


Download 100.05 Kb.
bet3/22
Sana18.06.2023
Hajmi100.05 Kb.
#1558578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
7-sinf 4-chorak

Kislotalarning negizliligi



Bir negizli

Ikki negizli

Uch negizli

Ko’p negizli

HF

H2SO4

H3PO4

H4P2O7

HCl

H2SiO3

H3PO3




HBr

H2CO3

H3BO3




HJ

H2S

H3AsO3




HCN

H2SO3







HNO3

H2CrO4







HNO2

H2Cr2O7









Yangi mavzuni mustahkamlash.
1Kislotalar qanday belgilari asosida toifalanadi? 2. Bir negizli kislotalar hosil qilishi mumkin bo‘lgan moddalarni ko‘rsating: CO2, SO2, NO2, P2O5, Cl2, S. 3. Oltingugurtdan boshqa qaysi oddiy moddalar vodorod bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri biri kib ikki negizli kislota hosil qilishi mumkin?




Uyga vazifa. : O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
Tekshiruvchi: o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: ________________


Sana: ____________________ Sinf: 7 Dars: ___


Mavzu: Kislotalarning olinishi va xossalari


Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad: Kislotalarning olinishi va xossalari haqida bilim, ko`nikma va
malakalarini oshirishdan iborat.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini va tafakkurini o’stirish,
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.


Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.
1. Kislotalarning olinishi. 2.Kislotalarning fizikaviy xossalari:
3.Kislotalarning kimyoviy xossalari.
Yangi darsning bayoni.
Olinishi.Kislotalarni quyidagi usullar yordamida olinadi:
1. Kislorodli kislotalarni kislotali oksidlar bilan suvning o‘zaro ta’siri natijasida olish mumkin:
P2O5 + 3H2O = 2H3PO4; SO2 + H2O = H2SO3.

  1. Kislorodsiz kislotalarni metallmaslarning vodorod bilan ta’sirlashuvi mahsulotlarini

suvda eritib olish mumkin:H2 + Cl2 = 2HC1(suvdagi eritmasi xlorid kislota);
H2 + S = H2S (suvdagieritmasi sulfid kislota).
3. Kislotalarni ularning tuzlariga boshqa kislotalarni ta’sir ettirib olish mumkin:
2CH3COONa + H2SO4 = 2CH3COOH + Na2SO4; FeS + 2HC1 = FeCl2 + H2S↑;
NaCl + H2SO4(kons.) = NaHSO4 + HCl↑; Na2SiO3 + 2HC1 = H2SiO3↓+ 2NaCl.
Fizik xossalari. Kislotalar qattiq (borat, ortofosfat kislotalari), suyuq (sulfat, nitrat kislotalar) bo‘lishi mumkin. Ularning ko‘pchiligi suvda yaxshi eriydi va ayrim gazlarning (vodorod xlorid HCl, vodorod bromid HBr, vodorod sulfid H2S) suvda eritmalari ham kislotalar bo‘lib hisoblanadi. Kislota molekulalarida vodorod kislota qoldiqlari bilan bog‘langan holdabo‘ladi.
Kimyoviy xossalari. Kislotalarning kimyoviy xossalari ularni ancha faol moddalar ekanligini ko‘rsatadi:Kislotalar ko‘p indikatorlar rangini o‘zgartiradi. Masalan, quyidagi jadvalda indikatorarning kislotalar ta’sirida rang o‘zgartirishlari keltirilgan.






Indikator nomi

Neytral eritmadagi
rangi

Kislota eritmasidagi
Rangi

1

Lakmus

Binafsha

Qizil

2

Fenolftalein

Rangsiz

Rangsiz

3

Metil zarg‘ aldog‘ i

To‘q sariq

Qizil

2. Kislotalar asoslar bilan ta’sirlashib, tuz va suv hosil qiladi (bu reaksiya neytrallanish reaksiyasi deb ataladi).


(H2SO4 + 2NaOH = Na2SO4 + 2H2O; HCl + Mg(OH)2 = Mg(OH)Cl + H2O;
H3PO4 + KOH = KH2PO4 + H2O. H3PO4 + KOH = KH2PO4 + H2O.
3. Kislotalar asosli oksidlar bilan ta’sirlashadi va tuz va suv hosil qiladi (bu reaksiya ham neytrallanish reaksiyasiga misol bo‘ladi):
2HNO3 + CaO = Ca(NO3)2 + H2O. 2HNO3 + CaO = Ca(NO3)2 + H2O.
4. Kislotalar metallar bilan ta’sirlashadi va tuz hamda sharoitga qarab vodorod ajralib chiqadi
yoki boshqa mahsulotlar hosil bo‘ladi.
Zn + H2SO4 = ZnSO4 + H2↑ Fe + H2SO4 = FeSO4 + H2
Metallarning faollik qatorida vodoroddan chapda turgan metallar uni kislotalardan siqib
chiqaradi, o‘ngda turganlari esa siqib chiqara olmaydi va bunda boshqa mahsulotlar hosil
bo‘ladi. Cu + 4HNO3 (kons.) = Cu(NO3)2 + 2NO2↑ + 2H2O.


  1. Kislotalar tuzlar bilan ta’sirlashadi va yangi kislota hamda tuz hosil qiladi:

A)O‘rta tuz va yangi kislota; BaCl2 + H2SO4 (suyul.) = BaSO4↓ + 2HC1.
B) Nordon tuz va yangi kislota NaCl + H2SO4 (kons.) =NaHSO4 + HCl↑.
C)Faqat nordon tuz CaCO3 + H2CO3 = Ca(HCO3)2
6. Kislotalar qizdirilganda kislotali oksid va suvga parchalanadi:
H2SiO3→SiO2 + H2O. H2SiO3→SiO2 + H2O.



Download 100.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling