Tekshiruvchi: o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: Sana: Sinf: 7 Dars
O’quvchilarni xulosalariga ko’ra baholanadi
Download 100.05 Kb.
|
7-sinf 4-chorak
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning maqsadi: 1. Ta`limiy maqsad
- Dasrning turi
- Yangi darsni rejasi. Yangi darsning bayoni.
O’quvchilarni xulosalariga ko’ra baholanadi.
Uyga vazifa. : O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish. Tekshiruvchi: o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: ________________ Sana: ____________________ Sinf: 7 Dars: ___ Mavzu: Eng muhim kislotalarning ishlatilishi Darsning maqsadi: 1. Ta`limiy maqsad: Eng muhim kislotalarning ishlatilishi haqida bilim, ko`nikma va malakalarini oshirishdan iborat. 2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida nutqini oshirish va tarbiya berish; 3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini varafakkurini o’stirish, dunyoviy bilimlarini rivojlantirish. Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars. Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi. Darsning tashkiliy qismi: 1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash. 3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash. Yangi darsni rejasi. Yangi darsning bayoni. Sulfat kislota — H2SO4.Moysimon bu suyuqlik hidsiz va rangsiz bo‘lib, suvdan deyarli ikki marta og‘ir. Suvda juda yaxshi eriydi.Sulfat kislota havo va har xil gazlarni quritishda, shuningdek, turli moddalar tarkibidagi suvni tortib olishda qo‘llanadi . Sulfat kislota xalq xo‘jaligida juda ko‘p sohalarda xususan, quyidagi -mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish; -xlor ishlab chiqarish; -neft mahsulotlarini tozalash -kislotali akkumulyatorlar tayyorlash -portlovchi moddalar tayyorlash -bo‘yoqlar ishlab chiqarish -sellyuloza ishlab chiqarish - dori-darmonlar ishlab chiqarish; Xlorid kislota — HCl.Vodorod xloridni suvda eritish natijasida olinadigan bu rangsiz suyuqlik suvdan biroz og‘ir bo‘lib, o‘tkir hidga egadir (48-rasm). Bu kislota eritmasidan doimo vodorod xlorid molekulalari uchib chiqib turishi sababli shu o‘tkir hidga ega bo‘ladi. Konsentrlangan xlorid kislota eritmasi «tutovchi» kislota ham deyiladi. Buning sababi ham uchib chiqayotgan vodorod xlorid molekulalari, ular havodagi suv bug‘larida erib tuman hosil qiladi.Xlorid kislota oshqozon shirasining tarkibiy qismlaridan bo‘lib, ovqat hazm qilish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Xlorid kislota xalq xo‘jaligida juda ko‘p sohalarda, xususan, quyidagi: -metallarni xurushlash; -xloridlar ishlab chiqarish; -tibbiyotda dori -darmonlar ishlab chiqarish; -bo‘yoqlar ishlab chiqarish; -plastmassalar ishlab chiqarish kabi sohalarda keng qo‘llanadi. Nitrat kislota — HNO3Nitrat kislota suvdan 1,5 barobar og‘ir, rangsiz suyuqlik bo‘lib, xlorid kislota kabi havoda «tutaydi». Konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan kislota eritmasi oddiy yorug‘lik ta’sirida nitrat kislotaning parchalanishidan hosil bo‘lgan NO2 ning kislota eritmasida erib, uni qo‘ng‘ir rangga bo‘yashi sababli ko‘pincha bu kislota rangli degan xato xulosaga olib keladi. Bu noto‘g‘ri. Toza kislota eritmasi rangsiz bo‘ladi. Konsentrlangan sovuq nitrat kislota temir, xrom va alyuminiy yuzasini passivlashtirib qo‘yganligi sababli bu metallardan tayyorlangan idishlarda saqlanishi mumkin. Bu kislota oltin, platina, tantal, radiy va iridiydan boshqa hamma metallar bilan ta’sirlashadi. Nitrat kislota xalq xo‘jaligida juda ko‘p sohalarda xususan, quyidagi: -azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish; -organik azotli birikmalar ishlab chiqarish -tibbiyotda dori . -darmonlar ishlab chiqarish; -bo‘yoqlar ishlab chiqarish; -portlovchi moddalar ishlab chiqarish; -nitroza usulida sulfat kislota ishlab chiqarish kabi sohalarda keng qo‘llanadi. Download 100.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling