Tekshiruvchi: o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: Sana: Sinf: 7 Dars


Sana: ____________________ Sinf: 7 Dars


Download 100.05 Kb.
bet16/22
Sana18.06.2023
Hajmi100.05 Kb.
#1558578
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
7-sinf 4-chorak

Sana: ____________________ Sinf: 7 Dars: ___


Mavzu: Ekvivalentlik qonuni
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad: Ekvivalentlar qonuni
haqida bilim, ko`nikma va malakalarini oshirishdan iborat.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini varafakkurini o’stirish,
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Masalalr yechish Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.
1 ekvivalent tushunchasi. 2 oddiy moddalar ekvivalentini toppish. 3 murakkab moddalar ekvivalentini topish
Yangi darsning bayoni.
Ekvivalentteng qiymatli demakdir.
Tarkibning doimiylik qonuniga ko‘ra, birikmalar hosil bo‘lishida uning tarkibiy qismlari bir-biri bilan qat’iy miqdoriy nisbatlarda birikadi. Shuning uchun kimyoda ekvivalent (E) va ekvivalent massa MEQ degan tushunchalar muhim ahamiyatga ega.
Elementning ekvivalentligi deb, 1 mol (1g) vodorod atomlari bilan qoldiqsiz birikadigan yoki kimyo viy reaksiyalarda shuncha vodo rod atomlarining o‘rnini oladigan miqdoriga aytiladi. Elementning 1 ekvivalentining massasi uning ekvivalent massasi deb ataladi (vodorod uchun 1 g/mol).
Ekvivalentlik tushunchasi fanga 1820-yilda ingliz olimi Volloston tomonidan kiritilgan.
Masalan, suv molekulasidagi kislorod atomining ekvivalent massasi esa (16 g/mol)/2 = 8 g/mol gat eng.
Ekvivalent va ekvivalent massani odatda birikmalarning tarkibini o‘rganib, bir elementning o‘rnini boshqa elementdan qanchasi egallashini tekshirib aniqlanadi. Buning uchun albatta shu elementning vodorodli birikmasidan foydalanish shart emas. Ekvivalenti aniq bo‘lgan boshqa element bilan birikmasidan ham foydalanish mumkin. Masalan, CaO – ohakda kalsiyning ekvivalent massasini topishda O – kislorodning bir ekvivalent massasi 8 g/mol ekanligini bilsak, 40 g/mol Ca ga 16 g/mol O to‘g‘ri kelsa, 8 g/mol O ga 20 g/mol Ca ekvivalent massasi to‘g‘ri keladi.
Ko‘p elementlar turli nisbatlarda bir-biri bilan birikib, bir nechta birikma hosil qiladi. Demak, elementlar qaysi birikmada qancha miqdorda bo‘lishiga qarab hisoblangan ekvivalentligi va ekvivalent massasi turlicha qiymatlarga ega bo‘lishi mumkin. Shunday hollarda ayni bir elementning turli birikmalardagi ekvivalenti (ekvivalent massasi) bir-biriga nisbatan uncha katta bo‘lmagan butun sonlardan iborat bo‘ladi. Uglerodning ikki birikmasi bo‘lgan is gazi – CO va karbonat angidrid – CO2 da uning ekvivalent massasi mos ra vishda 6 g/mol va 3 g/mol, ularning nisbati esa 2:1 ni tashkil etadi.



Download 100.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling