Uyga vazifa. : O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
Tekshiruvchi: o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: ________________
Sana: ____________________ Sinf: 7 Dars: ___
Mavzu: Kislotalarning toifalanishi
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad: Kislotalarning toifalanishi haqida bilim, ko`nikma va
malakalarini oshirishdan iborat.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini va tafakkurini o’stirish,
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: Kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.
1. Kislotalarni toifalash 2.Kislorodli va kislorodsiz kislotalar
3.Kislotalarning negizliligi.
Yangi darsning bayoni.
Kislotalar tarkibida kislorod atomi mavjudligiga qarab kislorodli va kislorodsiz kislotalarga toifalanadi:
Kislorodsiz kislotalarga quyidagilarni misol keltirish mumkin: HF, HCl, HBr, HJ, HCN
|
Kislorodli kislotalarga esa quyidagilarni misol keltirish mumkin: H2SO4, H3PO4, HNO3, HMnO4
|
Kislotalar tarkibidagi vodorod soniga qarab bir negizli, ikki negizli, uch negizli va ko‘p negizli kislotalarga toifalanadi. Kislotalarning negizliligiga quyidagi jadvalda misollar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |