Tekshiruvchi: o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: Sana: Sinf: 7 Dars
Download 100.05 Kb.
|
7-sinf 4-chorak
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko`nikma
- Kerakli jihozlar
Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash. 3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash. Yangi darsni rejasi. Tuproq eritmasini tayyorlash. Tuproq muhitini aniqlash Yangi darsning bayoni. Bilim: Tuproqning suvli eritmasida ishqor borligini aniqlash bilish. Ko`nikma: Moddaning massa ulishini bilish, foiz konsentratsiya, molyar konsentratsiya, normal konsentatsiya haqida bilish Malaka: Moddaning massa ulishini bilish, foiz konsentratsiya, molyar konsentratsiya, normal konsentatsiya haqida amaliy mashg`ulotlar bilish Kerakli jihozlar : Polipropilen probirka, shtativ, kolbalar, qisqich, menzurka, bug’latish kosachasi, pipetka, suv, tarozi, areometr, qizdirish asboblari, filtr qog’oz, pipetka va boshqalar, stakan, spirt lampasi yoki quruq yonilgi, Ishninig borishi. Tuproqning suvli eritmasini tayyorlash va unda ishqor borligini aniqlash. Tuproq ko‘pincha kislotali muhitga ega bo‘lib, qishloq ho‘jalik ishlarida kislotali tuproq ohak yordamida neytrallanadi, ba’zida esa ortiqcha olingan ohak tuproqning ishqorlashishiga olib keladi. Tuproq eritmasini tayyorlash. 5 g atrofida tuproq namunasi tarozida tortib olinadi va probirkaga solinadi. So‘ngra 1 M li kaliy xlorid eritmasidan 12,5 ml olib probirkaga quyiladi. Probirka og‘zi tiqin bilan berkitilib, ichidagi aralashma yaxshilab aralashishi uchun bir muddat to‘xtovsiz silkitiladi. 10 minut tindirib qo‘yilgan probirka devoridagi tuproq qoldiqlarini yuvib idish tubiga tushirish uchun u o‘z o‘qi atrofida qiyalatilgan holda aylantiriladi. Shundan so‘ng probirka ertasi kungacha shtativga mahkamlangan holda qoldiriladi.Tuproq muhitini aniqlash.Bir kun turgandan so‘ng probirka tubidagi cho‘kmani qo‘zg‘atib yubormagan holda tinib qolgan eritmadan pipetka yordamida 5 ml olinadi va boshqa probirkaga quyiladi. Shu probirkaga maxsus universal indikator qog‘ozi tushiriladi. Indikator qog‘ozi rangi sariqdan pushti rangga o‘tishi bu tuproq ishqoriy muhitga ega ekanligini bildiradi. Download 100.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling