Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. CaCO3 va Ca2(PO4)3 aralashmasi havosiz joyda qizdirilganda, uning massasi 11 % kamaygan bo‘lsa, tuzlarning dastlabki aralashmadagi massa ulushlarini toping.
2. 5,6 g CO bilan etarli miqdordagi FeO ta’sirlashganda hosil bo‘lgan gaz massa ulushi 8 % bo‘lgan 500 g massali barit suvi orqali o‘tkazilganda qancha massa cho‘kma hosil bo‘ladi?
3. Tarkibida 9,8 g ortofosfat kislota bo‘lgan 30 g eritmaga tarkibida 6 g natriy gidroksid bo’lgan 20 g eritma qo’shilganda qanday tuzlar hosil bo‘ladi va ularning eritmadagi massa ulushlari qanday bo‘ladi?
4. Quyidagi kompleks ionlardagi markaziy atomning oksidlanish darajasini aniqlang:
[PtCl4]2-; [Co(NO2)6]3-; [Fe(CN)6]4-; [Cu(NH3)4]2+; [AlF6]3-; [Fe(CN)6]3-; [Fe(CNS)6]3-.
Tarkibida 3 % bornit (Cu5FeS4) va 2,5 % xalkopirit (CuFeS2) bo’lgan rudadan
64 kg mis olish uchun qancha ruda talab etiladi?
Uyga vazifa. : O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
Tekshiruvchi: o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: ________________
Sana: ____________________ Sinf: 7 Dars: ___
Mavzu: 7-Nazorat ishi test sinovi.
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad: o`tilgan mavzular yuzasidan test sinovi o`tkazib
bilim, ko`nikma va malakalarini oshirishdan iborat.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
Do'stlaringiz bilan baham: |