Tekshiruvchi: o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: Sana: Sinf: 7 Dars


Download 100.05 Kb.
bet10/22
Sana18.06.2023
Hajmi100.05 Kb.
#1558578
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
7-sinf 4-chorak

Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.


Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.


Yangi darsning bayoni.
Tuzlar kislotalar va asoslar qoldiqlaridan (metall atomi yoki ammoniy NH4 va b.) tuzilgan deb hisoblash mumkin. Tuzlarning formulalarini tuzishda quyidagi qoidani yodda tutish lozim:Asos qoldig‘i (metall atomi yoki ammoniy NH4 va b.) indeksidagi sonning uning valentligiga ko‘paytmasi kislota qoldig‘i indeksidagi sonning shu qoldiqning valentligiga ko‘paytmasiga tengAgar A - asos qoldig‘i bo‘lsa, K - kislota qoldig‘i; m- asos qoldig‘i valentligi bo‘lsa, n - kislota qoldig‘i valentligi; x- asos qoldig‘i indeksidagi son bo‘lsa, y - kislota qoldig‘i indeksidagi son. m Ax n Ky m Ax n Ky m Ax n Ky m Ax n Ky
Misol sifatida alyuminiy sulfat Alx(SO4)y tuzining formulasini tuzishni o‘rganamiz:
Alyuminiy — asos qoldig‘i va uning valentligi 3 ga teng. Sulfat — kislota qoldig‘i va uning valentligi 2 ga teng. m=3Al3 n=SO4 .
Alyuminiy bilan kislota qoldig‘ining valentligini ifodalovchi sonlarning eng kichik ko‘paytuvchisini topamiz. 2 va 3 sonlarining eng kichik ko‘paytuvchisi 6 bo‘ladi Tuz molekulasidagi alyuminiy atomlari soni x=6:3 = 2; kislota qoldig‘i soni y=6:2=3.Tuzlar hosil bo‘lishiga va tuzilishiga qarab o‘rta, nordon va asosli tuzlarga toifalanadi. O‘rta tuz - metall atomi kislota tarkibidagi barcha vodorod o‘rnini olgan va metall
atomi va kislota qoldig‘idan iborat murakkab modda (alyuminiy fosfat- A1PO4,
kaliy xromat - K2CrO4, kaliy permanganate- KMnO4, natriy atsetat - CH3COONa,
Nordon tuz — metall atomi kislota tarkibidagi vodorodning bir qismini o‘rnini olgan va metall atomi hamda vodorod va kislota qoldig‘idan iborat murakkab modda. Kislota tarkibidagi vodorodlar metallga chala almashgan holda hosil bo‘ladi (natriy gidrokarbonat — NaHCO3, kaliy gidrosulfid — KHS, litiy gidrosulfat — LiHSO4).
Asosli tuz — tarkibida metall atomi va kislota qoldig‘i bilan birga gidroksid guruhi tutgan murakkab modda. Asos tarkibidagi gidroksid kislota qoldig‘iga chala almashgan holda hosil bo‘ladi (magniy gidroksbbromid —Mg(OH)Br, alyuminiy gidroksosulfat — A1(OH)SO4).
Tuzlar orasida ikki tuzning birgalikda uchrab turish holati ham ma’lum bo‘lib bunday tuzlarni qo‘sh tuz (aralash tuz) deb ataladi va kimyoviy formulalari qo‘shib yozilishi ham alohida yozilishi ham mumkin: masalan, kaliy-alyuminiy sulfat (achchiqtosh) KA1(SO4)2 yoki K2SO4·Al(SO4)3 K2SO4·Al2(SO4)3, xlorli ohak Ca(OCl)Cl.
Qizil qon tuzi — K3[Fe(CN)6] sariq qon tuzi — K4[Fe (CN)6] kompleks tuzlarining vakillaridir.



Download 100.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling