Tekshiruvchi: o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: Sana: Sinf: 7 Dars
Download 100.05 Kb.
|
7-sinf 4-chorak
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning tashkiliy qismi
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini varafakkurini o’stirish,
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish. Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars. Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi. Darsning tashkiliy qismi: 1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash. 3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash. Yangi darsni rejasi. Yangi darsning bayoni. Tuzlar deb metall atomlari (yoki ammoniy NH4) va kislota qoldig‘idan iborat bo‘lgan yoki murakkab moddalarga aytiladi.Tuzlar kislota vodorodining metall atomiga yoki asos gidroksilining kislota qoldig‘iga almashishidan hosil bo‘ladi.Tuzlar funksional guruhli moddalar toifasiga mansubdir.Tuzlarning umumiy formulasi MnKm tarzida ifodalanadi: bu yerda M-metall atomi (yoki ammoniy NH4); K-kislota qoldig‘i; n-kislota qoldig‘ining valentligi; m-metall atomi valentligi. Tuzlar tarkibidagi metall atomi valentligi kislota qoldig‘ining valentligiga son jihatdan teng bo‘lganda (n = m) indekslar qo‘yilmaydi.Tuzlarda metall atomlari kislota qoldiqlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘ hosil qilgan holda birikadi.
Tuzlar o‘rta, asosli, nordon tuzlarga bo‘linadi va ular shunga monand ravishda nomlanadi. 1. O‘rta tuzlar uchun nomlash usullarini ko‘rib chiqamiz. Tuzlarning nomi o‘zgarmas valentli metallar uchun «metall atomi nomi + kislota qoldig‘i nomi» shaklida yasaladi.Agar metall atomi o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa va bir necha xil tuzlar hosil qilsa, metall atomi nomidan so‘ng uning valentligi qavs ichida rim raqami bilan ko‘rsatiladi va qavsdan keyin chiziqcha qo‘yiladi hamda kislota qoldig‘i nomi yoziladi: «metall atomi nomi + (metall atomi valentligi rim raqamida) + [-chiziqcha] + kislota qoldig‘i nomi». 2. Nordon tuzlar uchun nomlash usullarini ko‘rib chiqamiz.Tuzlarning nomi o‘zgarmas valentli metallar uchun o‘rta tuz nomi o‘rtasiga «gidro» so‘zi qo‘shilib, «metall atomi nomi + gidro +kislota qoldig‘i nomi» shaklida yasaladi.Agar metall atomi o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa va bir necha xil tuzlar hosil qilsa, metall atomi nomidan so‘ng uning valentligi qavs ichida rim raqami bilan ko‘rsatiladi va qavsdan keyin chiziqcha qo‘yiladi hamda «gidro» so‘zi va kislota qoldig‘i nomi yoziladi: «metall atomi nomi + (metall atomi valentligi rim raqamida) + [-chiziqcha] + gidro + kislota qoldig 'i nomi».3. Asosli tuzlar uchun nomlash usullarini ko‘rib chiqamiz. Tuzlarning nomi o‘zgarmas valentli metallar uchun o‘rta tuz nomi o‘rtasiga «gidrokso» so‘zi qo‘shilib, «metall atomi nomi + gidrokso +kislota qoldig‘i nomi» shaklida yasaladi. Agar metall atomi o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa va bir necha xil tuzlar hosil qilsa, metall atomi nomidan so‘ng uning valentligi qavs ichida rim raqami bilan ko‘rsatiladi va qavsdan keyin chiziqcha qo‘yiladi hamda «gidrokso» so‘zi va kislota qoldig‘i nomi yoziladi: «metall atomi nomi + (metall atomi valentligi rim raqamida) + [-chiziqcha] + gidrokso + kislota qoldig 'i nomi».Tuzlar kislotalar va asoslar qoldiqlaridan (metall atomi yoki ammoniy NH4 va b.) tuzilgan deb hisoblash mumkin. Tuzlarning formulalarini tuzishda quyidagi qoidani yodda tutish lozim:Asos qoldig‘i (metall atomi yoki ammoniy NH4 va b.) indeksidagi sonning uning valentligiga ko‘paytmasi kislota qoldig‘i indeksidagi sonning shu qoldiqning valentligiga ko‘paytmasiga teng. Agar A — asos qoldig‘i bo‘lsa, K — kislota qoldig‘i; m — asos qoldig‘i valentligi bo‘lsa, n — kislota qoldig‘i valentligi; x — asos qoldig‘i indeksidagi son bo‘lsa, y — kislota qoldig‘i indeksidagi son. Download 100.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling