Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   178
Bog'liq
T

To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish. Optik tolaning o‘tkazish 
qobiliyatidan samarali foydalanish koeffitsientini oshirishning istiqbolli 
yo‘nalishlaridan biri to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirishdir. To‘lqin 
uzunligi bo‘yicha zichlashtirish usuli 2.5-rasmda tasvirlangan.
2.5-rasm. To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish usuli 
Bunda liniya kabelidagi bir optik tola orqali ko‘plab axborotlarni 
uzatish xisobiga sezilarli darajada iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. 
Bundan tashqari, bu usul qo‘shimcha qurilish ishlarisiz tarmoq 
rivojlanishini ta’minlash, shuningdek, tarmoqlangan daraxtsimon va 
xalqali tarmoqlarni tuzish imkonini beradi. Bunda har xil tezlikli, raqamli 
va analog turli modulyasiyali (telefon, televidenie, telemetriya,boshqarish 
signallari) signallarni uzatish imkoniyati kengayadi. Bu esa iqtisodni 
tejovchi ko‘p funksiyali aloqa tizimlarini tashkil etishni ta’minlaydi. 
Optik tolaning spektral o‘tkazish oralig‘idan bir muncha to‘liq 
foydalanish bu usulning eng muhim afzalliklaridan biri hisoblanadi. 
Xozirgi kunda 0,8....1,8 mkm diapazon oralig‘i o‘rganilgan. Agarda 
Kirish 
Axborot 
F

l/4 
А

ОS 
ОF 
FD 
Get 
А

l/4 
F
2 
∙∙∙ 
n
l
l
l
,
,
2
,
1

1
l
n
l
1
l
1
l

















n
l


24 
spektral kanalning kengligi 10 nm ni tashkil etsa, u holda belgilangan 
diapazonda 100 tagacha spektral kanallarni joylashtirish mumkin. 
To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan TOA tizimlarida so‘nish va 
dispersiya qiymatlari kichik bir modali optik tolalardan, quvvati yuqori 
lazer nurlanish manbalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Foydalaniladigan bir modali optik tola 1,5...1,6 mkm to‘lqin uzunligida 
ishlashi va kvars shishasidan tayyorlangan bo‘lishi kerak. 
To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan TOATda uzatishda optik 
kanallarni birlashtirish uchun optik multipleksor va qabul qilishda optik 
kanallarni ajratish uchun optik demultipleksor ishlatilinadi. Optik 
multipleksor va demultipleksorlar spektral sezgir bo‘lib, selektiv 
hisoblanadi, ya’ni ularning xarakteristikalari optik to‘lqin uzunligiga 
bog‘liq. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling