Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat
Download 6.66 Mb. Pdf ko'rish
|
T
Nazorat savollari
1. OA tizimlari qanday tasniflanadi? 2. TOAT liniyalarini qanday asosiy zichlashtirish usullarni bilasiz? 3. TOAT liniyalarini vaqt bo‘yicha zichlashtirish usulini tushuntiring. 4. TOAT liniyalarini chastota bo‘yicha zichlashtirish usulini tushuntiring. 5. To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish usulini tushuntiring. 6. TOAT liniyalarini zichlashtirish usullaridan qaysi biri maksimal axborot sig‘imiga ega? 1.6. Optik tola bo‘ylab signallarni tarqalish xususiyatlari Tolali optik aloqa tizimida optik tebranishlarning tarqalishini chegaralovchi va yorug‘lik energiyasi oqimini berilgan yo‘nalishda yo‘naltiruvchi, uzatish va qabul qilish traktlarini bog‘lab turuvchi muhit optik tola deyiladi. Optik tolalar o‘zak va qobiqdan iborat bo‘ladi. Ular qiymat bo‘yicha bir-biriga yaqin turli sindirish ko‘rsatkichlariga ega. O‘zak uzatuvchi muhit, qobiq esa o‘zi va o‘zak orasida chegara hosil qiluvchi sifatida ishlatiladi. Bu chegara yorug‘likni yo‘naltiruvchi fizik kanalni shakllantirib, u orqali uzatilgan signalning tashuvchisi yorug‘lik nuri 25 tarqaladi. Yorug‘lik nurining faqatgina o‘zak bo‘ylab tarqalishini ta’minlash uchun n 1 >n 2 ,shart bajarilishi kerak. Mos ravishda bu yerda: n 1 - o‘zakning sindirish ko‘rsatkichi, n 2 , - qobiqlarning sindirish ko‘rsatkichlari. Sindirish ko‘rsatkichi n, yorug‘likning vakumdagi tezligini (s) materialdagi yorug‘lik tezligiga (s m ) nisbati orqali ifodalanadi: n = s / s m . Turli moddalardan yorug‘lik turli tezliklarda tarqaladi. OT uchun asosiy material juda toza va tiniq kvars shishasi, kremniy ikki oksidi (SiO 2 ) hisoblanadi. Agar dengiz suvi shunchalik tiniq bo‘lganda, u xolda Tinch okeanida joylashgan 33,177 futli Mariana cho‘kmasining eng chuqur joyini ko‘rish mumkin bo‘lardi [2]. 3.1-jadval Turli materiallarning sindirish ko‘rsatkichlari Download 6.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling