1 – AMALIY MASHG‘ULOT
VAQTLI VA FAZOVIY KOMMUTATSIYALASH BLOKLARINING
TUZILISH PRINSIPINI O‘RGANISH
1.1. Mashg‘ulotning maqsadi
Raqamli kommutatsiyalash tizimining kommutatsiya maydonini vazifasi va
tuzilish prinsipini o‘rganish, aloqa o‘rnatish, vaqtli va fazoviy ishlash usullari bilan
tanishishdan iborat.
1.2.
Topshiriq
1.Amaliy
mashg‘ulotga tayyorlanish jarayonida quyidagi o‘quv
materiallarning: ma’ruzalar matnining 5-bo‘limini, [1] adabiyotning 1
bo‘limlarini o‘rganish va keltirilgan nazorat savollariga tayyorlanish zarur.
2.O‘zingiz yangi pedagogik texnologiya turlari bo‘yicha
kommutatsiyalash
usularini va bloklarning tuzilish prinsipini keltiring.
1.3. Nazariy qism
Umumiy
tushunchalar
Kommutatsiya maydon (KM) telefon stansiyalari
va tugunlarining asosiy
elementlaridan bo‘lib, ulash qurilmalari majmuasidan iborat.
Kommutatsiya
maydoni yordamida uning kirish va chiqish liniyalari orasida aloqa trakti o‘rnatiladi.
Kommutatsiya maydoni telefon stansiyalari va tugunlari hamda ulardagi boshqarish
qurilmasi tuzilishini belgilab beradi. U, N kirish va M chiqish liniyalari (kanallari)
bilan aniqlanadigan hajmi (sig‘imi), liniyalarning (kanallarning) taqsimlanish usuli,
uni
qurish uchun ishlatilgan
kommutatsiya
uskunasi
, kirish
va chiqish liniyalari
orasidagi bo‘sh liniyalarni izlash tartibi, ichki tuzilishi (zvenolar va bosqichlar soni),
o‘tkazuvchanlik qobiliyati va aloqani yo‘qotish ko‘rsatkichlari bo‘yicha
tabaqalanadi. Masalan,
kanallarni fazo
, vaqt yoki
boshqa bir yoki bir necha
taqsimlash usuli bo‘yicha kommutatsiya maydonini qurish mumkin. Eng ko‘p
tarqalgani fazo, vaqt va shu ikki usulning birgalikda qo‘llanishi hisoblanadi.