Telekommunikatsiya texnologiyalari va


Raqamli kommutatsiyalash tizimining kommutatsiya maydonini uzilishi. Fazo


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana01.05.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1420369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
731-18 Keyingi avlod konvergent tarmoqlari fanidan amaliyot 1.2.3

Raqamli kommutatsiyalash tizimining kommutatsiya maydonini uzilishi. Fazo 
– vaqt kommutatsiyalash 
blokiningtuzilish prinsiplari
 
Fazoda bo‘lishga asoslangan holda qurilgan kommutatsiyalash maydoni (KM) faqat 
fazo alomati bilan xarakterlanadi va u o‘rnatilgan joy bitta yoki bir necha 
koordinatalar bilan aniqlanadi. Ularning har biri faqat fazo alomatiga ega. Lekin 
elektron ATSlarda zichlashtirilgan liniyalar ishlatiladi. Ularning har bir kanalida 
faqatgina fazo alomati emas, balki vaqt alomati ham ishlatiladi. Impuls – kodli 
modulyasiya (IKM)ga ega bo‘lgan uzatish tizimlarida har bir kanal, zichlashtirilgan 
liniya joylashishini ko‘rsatuvchi fazo alomati va kanalning vaqt bo‘yicha holati bilan 
xarakterlanadi. 
Kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish, impulsli modulyasiyalarning biror turi yordamida 
amalga oshadi. Impulsli modulyasiyada signal uzluksiz (analog) ko‘rinishda 
uzatilmay, diskret qiymatlar (impulslar) ko‘rinishida uzatiladi. Uzatilayotgan 
signalning bir lahzalik oniy qiymatini har xil 
usul bilan aks ettirish mumkin



masalan: impuls amplitudasi, amplituda impulsli modulyasiya (AIM), impulsning 
davomiyligi (kengligi), keng impulsli modulyasiya (KIM), nuqtaga nisbatan vaqt 
bo‘yicha impulsning holati, faza impulsli modulyasiya (FIM) va x.k. Boshqacha so‘z 
bilan aytganda kanallarni vaqt bo‘yicha ajratish usuli qo‘llanilganda so‘zlashuv 
toklari kommutatsiyasi analog shaklda emas, raqamli ko‘rinishda amalga oshiriladi. 
Analog signalni raqamli signalga aylantirishda yuqorida ko‘rilgan analog usullar 
(AIM, KIM, FIM) emas balki raqamli usullar keng tarqalgan. Raqamli o‘zgartirish 
usullariga, impuls-kodli modulyasiya (IKM), delta modulyasiya (DM) va x.k. kiradi. 
IKM yordamida analog signalni raqamliga o‘zgartirish jarayoni uchta ketma-
ketlikdagi tadbirdan iborat: vaqt bo‘yicha 
analog signalni diskretlash
, diskret 
otschetlarni satx bo‘yicha kvantlash va kvantlangan qiymatlarni kodlash. 
Diskretlash jarayoni, Kotelnikov teoremasiga binoan amplituda-impulsli 
modulyasiya (AIM) yordamida amalga oshadi. Bunday holda takrorlanish davri T 
(yoki diskretlash chastotasi f

) va impuls davomiyligi τ
u
parametrlari bilan impulslar 
ketma-ketligini hosil bo‘ladi. Impulslar ketma-ketligining diskretlash chastotasi, 
buzilishlarsiz so‘zlashuv spektrini uzatishni ta’minlash uchun etarli satxda yuqori 
bo‘lishi 
kerak. 
Kotelnikov teoremasiga muvofiq, 0 dan f
maks
gacha bo‘lgan chastota spektri bilan 
chegaralangan 
har qanday signalni
, ketma-ket joylashgan diskret qiymatlar 
ko‘rinishida uzatish mumkin. Diskeretlash chastotasi uzatilayotgan signalning eng 
yuqori chastotasidan taxminan ikki marta katta bo‘lishi kerak: f
g
≥2 f
maks
. Misol 
tariqasida 1.2 – rasmda IKM vositasi yordamida analog signalni raqamli signalga 
aylantirish prinsipi (a) analog signal, b) impulslar ketma-ketligi ya’ni diskret signal, 
v) esa diskretlash va kvantlash jarayoni) keltirilgan. Birinchi diskretlovchi signal 
yordamida analog signal diskret qiymatlarga ajratiladi, ya’ni AIM amalga oshiriladi. 
Kvantlash tadbirida, har bir (bir lahzalik) diskret AIM signalning amplituda 
qiymatini aniqlash uchun kvantlash shkalasi ishlab chiqiladi. Shkala, satxlar 
sonining kodli tizimiga bog‘liq. Agar 
ikki asosli kod ishlatilsa
, kvantlash satxlari 
soni “2” aniqlanadi. Misol uchun kodli elementlar soni n=3 bo‘lsa, unda 2
3
=8, 
demak sakkiz sathga ega 0......7. Bunda kvantlash qadami ∆. Liniyaga ikkilik 


kodning 
amplituda 
satxini 
raqami 
uzatiladi 
(1.2.g 
– 
rasm). 
Qabul qilish punktida uzatilgan uzluksiz signalning diskret qiymatlari qayta 
tiklanadi. Lekin qabul qilingan qiymatlarning barchasi ham uzluksiz signalning 
amplituda qiymatlariga mos tushavermaydi. Chunki kvantlash jarayonida hosil 
bo‘lgan buzishlar (kvantlash shovqinlari) signal bilan birgaliniyaga tushadi. Buni 
kamaytirish 
uchun 
kvantlash 
qadami 
kichraytiriladi. 
Har bir impuls takrorlanish davri (T)ning faqat bir qismini egallagani uchun, uning 
orqasidan boshqa signal axborotini uzatish mumkin. Ular vaqt bo‘yicha surilib 
uzatiladi, demak vaqt bo‘yicha surilgan bir necha kanallarni hosil qilish mumkin. 
Har bir kanalga bir xil takrorlanish chastotali, lekin vaqt bo‘yicha surilgan aniq 
impulslar 
ketma-ketligi 
beriladi, telefon signallari uchun so‘zlashuv 
chastotasining 
eng katta qiymati f
maks
=3400 Gs ga teng bo‘lganligi tufayli, 
impulslarning takrorlanish chastotasi f
g
≥2f
maks
=2x3400=6800 Gs, 600 Gs filtrlash 
oralig‘i (2x600=1200Gs)ni hisobga olganda esa f
g
= 8 KGs deb qabul qilingan, 
bunda 
takrorlanish 
davri 
T
s
=1/ f
g
=1/8x10
3
=125 mks; 
Hozirgi paytda ShTT ulanuvchi liniyalari sifatida IKM-30 (sixronizatsiya va 
signalizatsiya signallarini uzatish inobatga olinsa 32 kanal intervaliga ega bo‘lgan) 
tizimi keng tarqalgan. Bu tizimda 256 kvantlash sathi qabul qilingan. Elektron 
ATSlarning 
KM shu tizim asosida qurilgan
, ya’ni bunda zichlashtirilgan liniyalar 
kommutatsiyasi amalga oshiriladi. 
Xuddi shu nuqtai nazardan bunday tizimlarda ikki turdagi kommutatsiyalash amalga 
oshiriladi: 
fazoviy 
(F) 
va 
vaqt 
bo‘yicha 
(V). 
Fazoviy kommutatsiyalashda, vaqt bo‘yicha kanalni o‘zgartirmasdan aniq kirish va 


chiqish orqali IKM traktlari orasida ulash o‘rnatiladi (1.4-rasm). 
1.2-rasm. IKM prinsipi 
1.3-rasm. Vaqt bo‘yicha ajratilgan kanallarni hosil qilish 


Demak kommutatsiyalash faqat bitta koordinatni, S
i
-IKM trakti raqamini ishlatib 
amalga oshiriladi. Vaqt bo‘yicha kommutatsiyalash bitta IKM traktining vaqt 
bo‘yicha ajratilgan kanallari orasidagi ulanishni ta’minlaydi (1.5 – rasm). 
1.4 – rasm. 
Fazoviy kommutatsiya
 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling