Telekommunikatsoya texnologiyalari fakulteti 416 20 – guruh talabasi


Arduino asosida ovozli boshqaruvga ega nogironlar uchun avtomatlashtirilgan aravacha


Download 0.55 Mb.
bet7/12
Sana28.12.2022
Hajmi0.55 Mb.
#1020061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
10-12 17-24

Arduino asosida ovozli boshqaruvga ega nogironlar uchun avtomatlashtirilgan aravacha


Nutqni tanish masalasida hosil bo’ladigan chiquvchi ma’lumot tanish jarayonini osonlashtirish maqsadida FE bloki kelayotgan ma’lumotni,tovush signalini amalga oshirishi kerak.FE blokini ishlab chiqadigan ushbu loyihada qo’llanilgan yondashuv uni ikkita mos bloklar ostiga bo’ladi: birinchisi nutqni kodlashtirish texnikasiga asoslangan, va ikkinchisi kelajakdagi yaxshilashlar uchun SOM(ma’lumot o’lchamlilik qisqartmasi).


Keyinchalik, biz to’liq audio yozgich va pleyr qurdik. Bu vazifa unchalik ham kerakli emas edi, ammo undan ko’zlangan maqsad C++ dasturlash malakasini oshirish edi. Ushbu audio rekorder va pleyr bilan biz biror bir vaqt mobaynida ovozni yozib olishimiz mumkin, turli hil namunaviy tezliklar , turli o’lchamlar va nihoyat nutq kodlashtirishga o’xshagan kelasi jarayonlar uchun biz uni .wav faylida saqlay olamiz. Qo’shimchasiga biz yozib olingan signallarni ijro etishimiz va tinglashimiz mumkin bo’ladi.
Nihoyat, biz ITU-Tning G.729 Tavisyasi ga asoslangan nutq tanish tizimi uchun FE blokini yaratdik.Bu tavsiya Chiziqli Bashorat Qiluvchi Kodlashtirishdan qo’llaniladigan nutq signallarning kodlashtirish uchun algoritmning tasnifini o’z ichiga oladi. Bu tavsiya shuningdek, qoniqtiradigan natijalarni oladigan o’zimizning dasturni qurish uchun namuna sifatida qo’llaniladigan C kodining electron nusxasini o’z ichiga oladi.
Bu loyiha doirasida Spiridonov va uning jamoasi nogironlar kreslosi uchun dunyodagi birinchi avtopilot tizimini yaratishdi. Bu haqida RIA “Novosti” xabar qildi.
“So‘nggi bir necha oy men xalqaro muhandislar jamoasi bilan hamkorlikda dunyodagi eng yaxshi robot texnikasi, kompyuter dasturlari va fazoviy skanerlarni o‘zida jamlagan qurilmani ishlab chiqarish ustida ishlayapman. Qurilmaning vazifasi – og‘ir kasallarning bino ichida ovoz buyruqlari yoki smartfon ilovasi
yordamida har qanday nogironlik aravachasini boshqarishi. Boshqacha qilib aytganda, biz nogironlar uchun avtopilot yaratmoqdamiz”, - deya ma'lum qildi Spiridonov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun u ana shunday qurilmaning sinov partiyasini ishlab chiqarish uchun IndieGoGo platformasida mablag‘ to‘plash loyihasini yo‘lga qo‘yadi, avtopilot tizimi prototipi tayyor va u sinovdan o‘tgan, endi ularning ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yishgina qoldi, holos.
“Men yaqin oylarda insonlarga yordami teguvchi, bahs-munozaralar keltirib chiqarmaydigan texnologiyani taklif etaman. Biz qurilmalarning boshlang‘ich narxini atigi 200 dollar bilan chegaralashni rejalashtiryapmiz”, - deya davom etdi muhandis.
Clever Chair tizimi uch tarkibiy qismdan iborat – boshqaruv blogi, infraqizil kosmik zondlar va foydalanuvchining joylashgan yerini kuzatuvchi kameralar, smartfon ilovasi harakat xaritasini tayyorlaydi va inson buyrug‘iga itoat qiladi. Spiridonovning hisoblashicha, mazkur tizim nogironlarning imkoniyatlari doirasini sezilarli darajada kengaytiradi va shu bois iste'molchilar va investorlar doirasida katta qiziqish uyg‘otadi.
Clever Chair’dan foydalanuvchi inson o‘ziga ma'qul joylarni tanlab olib, loyiha yordamida yoki shunchaki joy nomini aytib (masalan, oshxona), nogironlar aravachasini u yerga bemalol harakatlantirishi mumkin.
Spiridonovning umid qilishicha, keyinchalik GPS priyomniklari va qator boshqa qurilmalar yordamida tizim ishini kengaytirish mumkin, bu esa aravachaning shahar ko‘chalarida mustaqil harakatlanishiga imkon yaratadi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Rossiyada 12,8 million nogironlar bor, bu aholining 9 foizdan sal kamrog'ini tashkil qiladi. Rossiyada birinchi, eng og'ir guruh nogironlari umumiy nogironlar sonining qariyb 13 foizini tashkil qiladi, bu taxminan 1,66 million kishini tashkil qiladi. Shu bois, nogironlarning erkin harakatlanishiga yordam beradigan va shu orqali ularning turmush darajasini sezilarli darajada yaxshilaydigan tizimlarni ishlab chiqish alohida muhim vazifadir. Mavjud tizimlar tugma va joystik yoki qo'l
haydovchi bilan boshqariladi. Ammo bunday tizimlar mushak distrofiyasi, og'ir miya falaj va tayanch-harakat tizimining boshqa kasalliklari bo'lgan nogironlar tomonidan foydalanish uchun qulay emas. Shuning uchun ovoz bilan boshqarilishi mumkin bo'lgan tizimlarni ishlab chiqish va bu tizimlarni amaliyotga tatbiq etish kerak.
Muammo Nogironlar uchun ovoz bilan boshqariladigan aravachalarning yetishmasligi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling