"Telekomunikatsiya texnalogiyalari" fakulteti "Kompyuter tarmoqlari” fanidan 3G (umts va wcdma) texnologiyasi mavzusida Mustaqil ishi


Download 300.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana09.04.2023
Hajmi300.03 Kb.
#1345136
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3G (umts va wcdma) texnologiyasi

Mobil tarmoqlarining avlodlari 
Aslida, avlodlar har doim muayyan vaqt oralig'ida joylashtirilishi mumkin bo'lgan 
standartlar guruhlariga asoslanadi. 5G bilan davom ettirish ehtimoli katta, shuning
uchun 5G joylashtirilgan bitta nuqta bo'lmaydi, aksincha uning imkoniyatlari aniqlanib
rivojlantirilganidan so'ng bosqichma-bosqich joylashtiriladi.
Birinchi avlod mobil aloqa tarmoqlari 1980-1990 yillarda keng foydalanilgan
ushbu mobil avlod standarti uchun 150MHz-900MHz chastota diapozonidan 
foydalanilgan. Polosa kengligi 30Khz ni tashkil etgan va batariya ta’minoti juda kuchsiz 
bo’lgan. 1G mobil telefoni faqat ovozli ko’rinishda bo’lib, ovozning sifat darajasi
ancha past bo’lgan. Mobil qurilmasining o’lchami esa ancha katta va foydalanish qo’pol 
bo’lgan. Stansiya bilan mobil qurilmasi o’rtasida analog ko’rinishda signal formatidan 
foydalanib maksimum 2Kbit/s tezlikda ma’lumot almashinilgan.


1G mobil qurilmasiva stansiyasi 
Ushbu avlod mobil qurilmasida ko’plab kamchiliklar va xizmat ko’rsatish sifati 
past bo’lgan, axborot xavfsizligi masalari yechilmaganligi sababli, 2 avlod mobil 
tarmoqlarida ko’plab yangi imkoniyatlar ishlab chiqildi, xizmatlar joriy etildi global 
tarmoqda foydalanish imkoniyatli hal etildi.
Ikkinchi avlod aloqa mobil tarmoqlari GSM (Global System for Mobiles) 
standartiga asoslangan 2 avlod mobil standarti 1991 yil birinchi marta Finlandiyada 
joriy etildi. Bu avlod aloqa jarayonlari uchun 1 avloddan farqli ravishda raqamli 
signallardan foydalanildi. 900MHz chastota polosa kengligida ishlovchi ushbu 
standartning ma’lumot uzatish tezligi 64 Kbit/s gacha oshirish imkoniyati ishlab chiqildi.
2G 
tarmoqlari 
foydalanuvchilarga 
ovozli, 
matnli, 
rasmli 
va 
MMS 
(multimediamessage) xizmatlarini yuqori sifatda taqdim eta oldi. 2G tarmog’ida mobil 
telefonini ishlash uchun kuchli raqamli signal talab etiladi, aks holda tarmoqda
uzilishlar yuzaga keladi va raqamli signal yo’qoladi. 2G tarmoqlarida xech qanday
video xizmatlari joriy etilmadi, ammo 3G tarmoqlariga moslab video xizmatlarni 
qo’shish va yana qo’shimcha xizmatlari taqdim etish masalalari ko’rib chiqilgan. 



Download 300.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling