Tema: Xirurgiya fani xaqida tushuncha. Xirurgik davolash xususiyatlari Reja


Download 249.89 Kb.
bet36/64
Sana04.05.2023
Hajmi249.89 Kb.
#1425270
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   64
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Davosi. Mastitning seroz bosqichidagi bemorlarni davolashda ko‘krakda sut dimlanishining oldini olish chorasini ko‘rish kerak. Buning uchun ko‘krakni ko'proq emizish yoki sutni sut so‘rg‘ich bilan sog‘ib olish tavsiya etiladi.Venoz dimlanishning oldini olish uchun sutni sog‘ib olishdan tashqari, ko‘krakni uning o‘lchamiga mos ro‘mol boylamga osib qo‘yish kerak bo'ladi. Bu tadbirlar qollanilganda seroz mastitning klinik belgilari yo‘qolib, bemor yaxshi bo‘lib ketadi. Agar bemorning harorati 37,1—37,3°C gacha ko‘tarilsa va ko‘krakda og‘riq bo‘lsa, sulfanilamidlar (kuniga 4—5 marta 1 g dan) beriladi va mushak orasiga sutkasiga 4 marta 500 ming TVdan inyeksiya qilinadi.
Mastitning abssesslangan bosqichida xirurgik usul qo'llaniladi. Bemor statsionarga yotqiziladi va mahalliy anesteziya yoki Raush narkozi yordamida jarrohlik operatsiyasi o'tkaziladi. Radial yo'nalishda 7—10 sm uzunlikda, so'rg'ich doirasidan 2—3 sm gacha masofada kesiladi. Yiringli bo'shliqqa kiritilgan barmoq bilan hosil bo'lgan tortmalar ajratiladi. Bo'shliq yiringdan xoli qilinib, unda drenaj qoldiriladi. Mastitning flegmonali va gangrenali bosqichlarini davolash ayol statsionarga yotqizilishi bilan tezlikda operatsiya qilishdan iborat.
Xasmol deganda barmoq uchi yiringlashi tushuniladi. Zararlangan joyning chuqurligiga qarab teri, teriosti, tirnoq (paronixiya), pay, suyak va bo'g'im xasmollari farqlanadi. Stafilokokk ayrim paytlarda streptokokkli yiringlashni keltirib chiqaruvchi omil hisoblanadi. Yallig'lanish jarayoni, asosan, qo'l kafti yuzasida, lekin shish esa ko'proq uning orqa yuzasida bilinadi. Bu terining qattiqligi va biriktiruvchi to'qima devorlarining teridan ichkariga, chuqurga qarab ketishi bilan ifodalanadi. Shu xususiyatlar tufayli shish suyuqligi kaft sohasidan limfa yoriqlari orqali barmoqlar orqasiga qarab chuqurlashib boradi. Odatda, shish barmoqning anchagina qismini egallaydi. Yallig'­lanish jarayoni pay qini bo'ylab tarqaladi. Xasmolda barmoqda qattiq og'riq va anchagina shish kuzatiladi. Ko'pincha, yiringli jarayon boshlanganda pulsatsiyalanuvchi og'riq paydo bo'ladi. Bunda faqatgina barmoq emas, balki butun panja hamda bilak funksiyasi buziladi. Yallig'lanish jarayoni qanchalik yuza joylashsa, u qo'lga shuncha yaxshi unnaydi. Og'riq esa sust bo'ladi. Shish qancha katta bo'lsa, og'riq nuqtasini topish shuncha qiyin bo'ladi. Bunday paytda barmoq terisining har xil nuqtalariga zond uchi tekkizib qo'yiladi.
Davosi. Barmoqda infiltratsiya va shish aniqlanganda yarim- o'tkazgichli lazer, UVCH, novokain blokadasi, spirtli kompress va issiq vanna qilib turish tavsiya qilinadi. Yiring paydo bo'lganda o'choq jarroh tomonidan kesib ochilib, drenaj qo'yiladi va antibiotiklar beriladi. Suyak xasmoliga barmoq osteomiyeliti deb qaralgani uchun uning xirurgik davosi osteomiyelitni davolashga o'xshash bo'ladi.

Download 249.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling