Tema: Xirurgiya fani xaqida tushuncha. Xirurgik davolash xususiyatlari Reja
Download 249.89 Kb.
|
lekciya uzbekcha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Osteomiyelit
Omfalit
Omfalit — kindik churrasi va uning atrofidagi to'qimalaming yallig'lanishidir. Ba’zi hollarda jarayon kindik tomirlariga tarqalishi va tromboarterit paydo bo'lib, atrofidagi yumshoq to'qimalarga keng tarqalishi mumkin. Davosi. Omfalitning mahalliy turida kindik sohasi vodorod peroksid bilan yuviladi, kaliy permanganat yoki 5% li yod eritmasi bilan kuydiriladi. Kindik qoldig'i tushgandan keyin kaliy permanganat eritmasi bilan vanna qilinadi. Kasallikning yiringli va nekrotik turida shifo- korga murojaat qilinadi va bemor statsionarda davolanadi, kompleks davo o'tkazilib, antibiotiklar (ampitsillin, oksatsillin va h.k), vitaminlar, disensibillovchi dorilar, globulin, qon plazmasi tayinlanadi va mahalliy davo o'tkaziladi. Yiring to'xtagandan keyin Vishnevskiy malhami foyda beradi, UVCH tayinlanadi. Osteomiyelit Suyakning yiringli yallig'lanishi bo'lib, stafilokokk, streptokokk va boshqa mikroblar qo'zg'atadi. Infeksiya ko'mikka biror yallig'lanish o'chog'idan gematogen yo'l bilan yoki yaralanishda bevosita yiringli jarohat sohasidan o'tishi mumkin. Gematogen osteomiyelit katta boldir suyagi, son suyagining pastki uchdan bir qismi va yelka suyagida ko'proq joylashadi. O'tkir gematogen osteomiyelitda bir-ikki kun mobaynida umumiy holsizlik, oyoq-qo'llarning qaqshab og'rishi, mushaklarda og'riq, bosh og'rig'i qayd qilinadi. So'ngra qaltirash paydo bo'lib, tana harorati 39°S va bundan ham yuqoriga ko‘tariladi, bemorning darmoni quriydi, es-hushini yo‘qotib, alahlash paydo boMadi. Keyinchalik miya pardalarining ta’sirlanish simptomlari paydo boMadi. Bunda bemorning yuzi oqarib, ko‘zlari kirtayadi, lablari ko‘kimtir tusga, terisi esa quruq, sargMsh rangga kirib, tarangligi pasayadi. Bemorning arterial bosimi pasayadi. Nafasi tezlashadi va yuzaki boMadi. Jigar va taloq kattalashib, og‘riydi. Oyoq-qoMda qattiq og‘riq paydo boMib, harakat qilganda u kuchayadi. 3 — 4- kunga kelib kasallanish maydonida yumshoq to'qimalaming og‘riqli shishi, terining o‘rtacha qizil tusga kirishi, haroratning mahalliy koMarilishi ko‘riladi, fluktuatsiya paydo bo'ladi. Davosi. O’tkir osteomiyelitga shifokor nazoratida statsionarda davo qilinadi. Bunda antibiotiklar, ba’zan suyakning shikastlangan sohasiga, suyak ichiga yuboriladi, mikrobdan zaharlanishga qarshi davo buyuriladi. Yiringlanish hosil bo’lganda u ochiladi. Download 249.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling