Tema: Xirurgiya fani xaqida tushuncha. Xirurgik davolash xususiyatlari Reja
Anaerob infeksiyani jarrohlik yo’l bilan davolash va oldini olish usullari
Download 249.89 Kb.
|
lekciya uzbekcha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gazli abssess
Anaerob infeksiyani jarrohlik yo’l bilan davolash va oldini olish usullari.
Davolash kompleksli bo’lishi shart. Bunda anaeroblarning biologik xususiyatlari va kasallikning kechishi hisobga olinadi. Birinchi navbatda osmo – oksigenli va patogenetik terapiya (nospetsifik davolash) bilan birgalikda operativ va spetsifik davolash choralari ko’llanadi. Hayvonga tinch sharoit ta’minlanadi. Antibiotik, vitaminlar, glyukoza, Kadыkov suyukligi, yurak faoliyatini yaxshilovchi vositalar yuboriladi. Eng muhimi barcha davolash usullari kasallik boshida bajarilishi lozim. Kasal hayvonlar sog’ hayvonlardan ajratiladi, hamma ishlatiladigan asboblar, oyoq kiyimi va rezin qo’lqoplar yaxshi yuvilib sterilizasiya qilinadi. Ifloslangan bog’lov materiallari va ishlatilgan arqonlar yoqib yuboriladi. Anaerob infeksiyada davolash ishlari, bu infeksiyadan holi bo’lgan hayvonlarga ishlov bergandan so’ng boshlanadi. Operatsiyadan avval shish periferiyasi bo’ylab novokain – antibiotikli infiltratsiya bajariladi. Gazli abssess keng kesim orqali ochiladi, o’lgan to’qimalar kesib tashlanadi, to’qimali cho’ntak va qovaklar yo’qotiladi va vodorod perikisi, kaliy permanganati yoki xloramin qo’shilib, issiq (40o С) o’rta tuzlarning gipertonik eritmalari qo’llanadi. Xlorgeksidin eritmasi samaraliroq ta’sir qiladi. Gazli flegmona, gazli shish va gazli gangrena keng bir yoki bir nechta kesimlar orqali ochiladi, qon paydo bo’lgancha o’lgan to’qimalar olib tashlanadi. Rivojlanayotgan anaerob infeksiya belgilari mavjud tikilgan jarohatlar (krepitatsiya beruvchi shish, gaz ajralishi va boshq.) zudlik bilan ochiladi, qon paydo bo’lgunga qadar qo’shimcha kesimlar bajariladi, kontraperturalar qilinadi, o’lgan to’qimalar yo’qotiladi. To’qimalarini kesishdan avval va keyin jarohat uzoq vaqt (20 daqiqa) yuqorida keltirilgan eritmalar bilan yuviladi. Ularga 2–10% li skipidar (Ol. terebenthini) qo’shilishi yaxshi samara beradi. Yuvilgan jarohatlar Sol. natrii chloridi 20%; Hydrogenii peroxydati 3%, 100,0 aa; Ol. Terebenthini 10,0 bilan tarqoq drenajlanadi. Drenajlashdan tashqari jarohatga murakkab kukunlar va yarim sintetik antibiotiklar aralashmasini sepish mumkin (Acidi borici 6,0, Iodoformii 2,0, Ampicillini 0,5 yoki Carbenicillini). Venaga gentamitsin yuboriladi. Oksigenoterapiyada anaerobli o’choqqa va chegaradosh sog’ to’qimalarga kislorod yuboriladi. Nospetsifik davolash. a) Himoya terapiyasi (novokain qamallari, novokain eritmasini vena ichiga yuborish). b) dezintoksikatsiya va toksinlarni chiqarish (40 % geksametilen- tetramin va kofein inyeksiyasi, 10 % Ca Cl bilan 20 % glyukoza eritmasi, qon quyish yoki 10 % poliglyukin hamda tomchilab reopoliglyukinni yuborish.). Spetsifik davolash va oldini olish choralari.Garngrenaga qarshi monovolentli zardoblar qo’llaniladi. Ular teri ostiga yoki mushaklarga yuboriladi. Anafilaktik shokning oldini olish uchun avval vena ichiga 2–5 ml zardob yuboriladi. Yomon natija bermasa, 1–2 soatdan so’ng venaga davolash maqsadida steril Na Cl izotonik eritmasida 3–5 marotaba eritilgan 5–6 profilaktik ulchovli mikdorda (doza) zardoblar aralashmasi yuboriladi. Shu miqdordagi zardob jarayon atrofiga ham yuboriladi. Shunday qilib hayvon organizmida tayyor antitelolar deposi yaratiladi. Shok alomatlari (belgilari) kuzatilganda zardob yuborilishi to’xtatiladi va vena ichiga katta hayvonlarga 10 % Ca Cl eritmasining 50–100 ml yuboriladi. Teri ostiga esa efedrin va kamfora yuboriladi. Download 249.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling