Qon guruhini aniqlash
Klinik amaliyotda qon guruhlari monoklonal antitanalar yordamida aniqlanadi. Bunda tekshiriluvchining eritrositlari tarelka yoki oq plastinkada bir tomchi standart monoklonal antitanalar (anti-A va anti-B soliklonlar) bilan aralashtiriladi, agglyutinatsiya sezilmas bo’lsa va IV(AB) qon guruhi hollarida nazorat qilish uchun bir tomchi izotonik eritma qo’shiladi. Eritrositlar va soliklonlar nisbati : ~0,1 soliklonar va ~0,01 eritrositlar. Reaktsiya uch daqiqadan keyin baholanadi.
Agar agglyutinatsiya reaktsiyasi faqat anti-A soliklonlar bilan sodir bo’lsa, unda tekshirilayotgan qon A (II) guruhga tegishli;
Agar agglyutinatsiya reaktsiyasi faqat B soliklonlar bilan sodir bo’lsa, unda tekshirilayotgan qon B (III) guruhga tegishli;
Agar agglyutinatsiya reaktsiyasi anti-A va anti-B-soliklonlar bilan sodir bo’lmasa, tekshiriladigan qon 0 (I) guruhiga tegishli bo’ladi;
Agar agglyutinatsiya reaktsiyasi ham anti-A, ham anti-B-qarshi soliklonlar bilan sodir bo’lgan bo’lsa va u izotonik eritma bo’lgan tekshiruv tomchisida bo’lmasa, unda tekshirilayotgan qon AB (IV) guruhiga tegishli.
Qon quyishdagi asoratlar, ularning profilaktikasi va davolash.
Qon quyishda reaksiya va asoratlar rivojlanishi mumkin.
Posttransfuzion reaksiyalar: pirogen(40%), allergik (45%), anafilaktik(15%).
Klinik kechishning og'irligi bo'y icha 3 darajasi farqlanadi:
yengil reaksiya temperatura 1°C atrofida ko'tariladi, muskullarda og‘riqbosh o g ‘rig‘i, lanjlik;
o 'rtacha reaksiya - temperatura 1,5-2"C ko'tariladi, iztirob,
puls tezlashishi, nafas tezlashishi;
og‘ir reaksiya temperatura 2°C dan ortiq ko'tariladi,iztirobli
titrash, lablar sianozi, qayt qilish, kuchli bosh og'rig'i,bel suyaklarida og‘riq, hansirash va b. kuzatiladi.
Davol sh: yurakqon tomir, sedativ vositalar,desensibilizatsion terapiya(novokain, kalsiy xlor, dimedrol, kortikosteroidlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |