Tema: Xirurgiya fani xaqida tushuncha. Xirurgik davolash xususiyatlari Reja
Download 249.89 Kb.
|
lekciya uzbekcha
- Bu sahifa navigatsiya:
- yonbosh suyak qanotining ko‘ndalang sinishi;
- o‘siqlarning uzilishi va quymuch suyak do‘mbog‘ining si- nishlari kiradi.
- qov suyagi ikkala tarmog‘ining sinishi;
- yonbosh suyak qanotining sinishi;
- chanoq halqasi va chanoq suyaklarining ko‘p sonli sinishi va chiqishi kiradi.
dumg‘azaning ko‘ndalang sinishi;
dum suyagining sinishi; ko‘st chuqurchasining sinishi; yonbosh suyak qanotining ko‘ndalang sinishi; qov yoki quymuch suyagi tarmog‘idan birining sinishi; yonbosh suyak qirrasining sinishi; o‘siqlarning uzilishi va quymuch suyak do‘mbog‘ining si- nishlari kiradi. Chanoq halqasi butunligini buzadigan sinishlarga: oldingi yarimhalqaning tik sinishi; qov suyagi ikkala tarmog‘ining sinishi; orqa yarimhalqaning tik sinishi; orqa va oldingi yarimhalqaning tik sinishi; yonbosh suyak qanotining sinishi; dumg‘azaning qiyshiq va tik sinishi; orqa-oldingi yarimhalqaning Malgen turida qo‘shaloq tik sinishi; chanoq halqasi va chanoq suyaklarining ko‘p sonli sinishi va chiqishi kiradi. Klinikasi. Tashxis qo‘yishda klinik manzarasidan tashqari, bemorni to‘g‘ri tekshirish muhim ahamiyatga ega. Sinchiklab va asta- sekin palpatsiya qilishda yonbosh suyaklarining qirrasi va oldingi o‘siqlari, simfiz, quymuch va qov suyaklari, quymuch do‘mbog‘i, dumg‘aza-yonbosh birikmasi, dumg‘aza va dum suyagining holati to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin. Bunda eng ko‘p og‘riydigan joy, suyak siniqlarining siljishi, krepitatsiya aniqlanadi. Yonbosh suyaklari qanotlarini va katta ko‘stlarni bosish yo‘li bilan bir-biriga tomon qisiladi, shuningdek, yonbosh suyaklari qirrasini cho‘zish yo‘li bilan chanoq halqasi yoziladi. Tekshiruv- ning bu usullari qalin mushaklar ostidagi birmuncha chuqur joylashgan sinishlarni aniqlashga imkon beradi. Oldingi ustki o‘siq bilan kindik o‘rtasidagi, oldingi-ustki o‘siq bilan tizza qopqog‘i o‘rtasidagi masofalarni u tomondan ham, bu tomondan ham taq- qoslab o‘lchash zarur. Qo‘shimcha ravishda ichki (rektal) tekshirish o‘tkaziladi, bunda ko‘st chuqurchasi tubini, dumg‘aza, dum suyagi va qov birikmasi sohasini paypaslab ko‘rish mumkin. Chanoq suyaklarini rentgenografiya qilish shart. Chanoq suyaklari og‘ir shikastlan- gan bemorlarda travmatik shokning manzarasi birinchi o‘ringa chiqadi. Dumg‘aza va dum suyagi singanda tegishli joylarning o‘zida mahalliy og‘riq bo‘ladi. Rektal tekshiruv yo‘li bilan sinish sohasini va suyak siniqlarining siljish xususiyatini aniqlash mumkin. Ko‘st chuqurchasi singanda yurish vaqtida chanoq-son bo‘- g‘imi qattiq og‘riydi. Bir qator hollarda bemor yura olmay qoladi. Oyoq o‘qi bo‘ylab bosilganda chanoq-son bo‘g‘imida og‘riq paydo bo‘ladi. Yonbosh suyagining qanoti singanda bu suyak yuqoriga siljib ketadi. Shu tufayli og‘riq reaksiyasi bilan birga kindik bilan kasal tomondagi oldingi-ustki o‘siq o‘rtasidagi masofaning qisqargan- ligi aniqlanadi. Qov suyagi tarmog‘i singanda son arteriyasida pulsatsiyaning gematoma tufayli sog‘lom tomondagi arteriyaga nisbatan kuchay- ganligi kasallikka xos simptom hisoblanadi. Quymuch suyagi singanda bemor o‘tira olmaydi. Palpatsiyada ba’zan deformatsiya aniqlanadi. Quymuch suyagi qirrasining sinishi shu sohadagi shish, gematoma va lokal og‘riq bilan ta’riflanadi. Oldingi-ustki o‘siq kasal tomondan uzilib tushganda kindik bilan o‘siq o‘rtasidagi masofa ortadi, shuningdek, o‘siq bilan tizza qopqog‘i o‘rtasidagi masofa sog‘lom tomondagiga nisbatan kamayadi (o‘siq pastga siljiydi). Qov suyagining ikkala tarmog‘i singanda uning tarmoqlaridan biri sinishidan farqli ravishda chanoqning pastki apperturasi kengayadi, oraliq sohasida ro‘y-rost gematoma paydo bo‘ladi. Qov va quymuch suyaklari singanda klinik manzara bundan oldingi holdagidan kam farq qiladi. Gematoma dumba sohasiga tarqaladi. Davosi. Chanoq suyaklari singanda birinchi yordam kuchli og‘riqdan shok yuz berishining oldini olishga qaratiladi. Bunda be- mor chalqancha yotqiziladi, oyoqlari tizzasidan bukilib, taqimiga bolishcha qo‘yiladi va og‘riq qoldiradigan vositalar yuboriladi. Davo usuli asosini chanoq halqasining anatomik butunligini to‘g‘ri tiklash tashkil etadi. Uni yetarli darajada tiklamaslik og‘ir no- gironlikka olib keladi. Ayollarda chanoq shaklining buzilishi homi- ladorlik va tug‘uruqning normal o‘tishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Chanoq halqasining butunligi buzilmagan birinchi guruhga mansub sinishlarda bemor tekis va qattiq karavotga yotqiziladi, to‘shakka bolish qo‘yiladi («baqa vaziyati»). O‘rinda yotish mud- dati 3—4 hafta belgilanadi. Suyak siniqlari ko‘p siljigan hollarda operatsiya davosi qilinib, uzilgan suyak bo‘laklari fiksatsiya qilinadi. Dumg‘aza va dum suyaklari singanda, agar suyak fragmentlari siljigan bo‘lsa, bir vaqtda joyiga solish bajariladi, shundan keyin 4 haftagacha qimirlamay yotish tavsiya qilinadi. Ikkinchi guruhdagi sinishlarda, ya’ni chanoq halqasining butunligi buzilishi ro‘y berganda suyak bo‘laklari mushaklarning tortish kuchi ta’sirida yuqoriga yoki yon tomonlarga siljiydi, bu chanoqning o‘ng yoki chap yarmi asimmetriyasiga va siljigan tomondagi oyoqning nisbatan kaltalashib qolishiga olib keladi. Bunday hollarda bemor osilgan gamakka yotqiziladi (chanoq suyaklari joy-joyiga keltiriladi) va shikastlangan tomondagi son suyagi metafizidan 2 oyga tortib qo‘yiladi. Download 249.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling