1-darajali sovuq olganda Qon tomirlari torayib ketishi natijasida sovuq olgan sohadagi teri oqarib yoki ko’karib ketadi va hech narsani sezmaydi. davolash natijasida bir necha kundan keyin bu o’zgarishlar yo’qoladi.
2-darajali sovuq olishda tiniq suyuqlikka to’lgan po’fakchalar hosil bo’ladi. Terini o’suvchi qavati shikastlanmagani uchun u 1-2 haftada tiklanadi.
3-darajali sovuq olishda qonli suyuqlik bilan to’lgan po’faklar hosil bo’ladi. To’qimalar chuqur shikastlangan uchun u tiklanmaydi, agar teri kuchirib utkazilmasa, chandiq hosil bo’ladi. Shikastlangan sohada sezgi yo’qoladi. Nam nekroz kuzatiladi.
4-darajali sovuq olishda (mumiyolanish) bo’gimlar va suyaklar qam shikastlanadi. Sovuq urgan soha qorayib, quriy boshlaydi. Og’riq va zaharlanish natijasida bemor halok bo’ladi.
BTY. Sovuq olgan odamni issiq honaga olib kirish, nam kiyimlarni echib tashlash, badanni sovuq urgan joyini isitish, Qon aylanishini tiklash uchun massaj qilish zarur. Sovuq urgan odamni iliq vannaga kiritib, suv harorati asta-sekin 360S gacha oshiriladi.Keyin bemor issiqqa uralib, badanni shikastlangan joyiga aseptik boqlam quyiladi. Sovuq urgan sohaga yoq va mazlar surtish mumkin emas. Bemorga issiq choy, kofe ichiriladi, so’ngra shifohonaga yuboriladi. Ogir hollarda analgetiklar qilinadi, yurak-Qon tomir va nafas faoliyatini tiklashga qarakat qilinadi. Teriga infektsiya tushishini oldini olish, organzmni tiklash uchun vitaminli ovqatlanish zarur. Sovuq olgan kishiga qoqsholga qarshi zardob yuboriladi.
Nazorat uchun savollar:
1.Yaralar, ularning turlari, birlamchi xirurgik tozalash, davolash, yaralarning bitish jarayoni qanday kechadi?
2.Kuyish. Sovuq olishi,klinik belgilari, darajalarini ayting.
3.Elektrotravma. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, transportirovka qilish, davolash, bemorlarni parvarish qilish xususiyatlari qanday?
Tema: Nafas a’zolari, ko‘krak qafasining xirurgik kasalliklarida, bosh miyaning shikastlarida hamshiralik ishi
Reja:
1.Nafas a’zolarini anatomo-fiziologik xususiyatlari.
2.Ko‘krak qafasining lat yeyishi, o‘mrov suyagi, qovurg‘alar sinishi, gemotoraks, pnevmotoraks, turlari, klinik belgilari, davosi, bemorlarni parvarish qilish xususiyatlari.
3.Kalla-miya shikastlari: bosh miyaning chayqalishi, lat yeyishi, bosilishi. Klinik belgilari. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
4.Bemorlarni transportirovka qilish xususiyatlari. Davolash. Parvarish qilish xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |