Tema: Xirurgiya fani xaqida tushuncha. Xirurgik davolash xususiyatlari Reja


Download 249.89 Kb.
bet51/64
Sana04.05.2023
Hajmi249.89 Kb.
#1425270
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   64
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Davosi. O‘mrov suyagining chiqqan uchi joyiga solinadi. Kramer shinasi yoki gips bog‘lam bilan fiksatsiya qilinadi (73-rasm). Qator hollarda, ayniqsa, o‘mrovning akromial uchi chiqqanda bu usul g‘oyat yaxshi natija berishi mumkin. O‘mrovning chiqqan uchini tutib turishning iloji bo‘lmagan hollarda operatsiya yo‘li bilan da- volanadi. Operatsiyaning mohiyati shundan iboratki, o‘mrov suya- gining akromial uchi chiqqanda uni kurakning akromial uchiga, o‘mrovning to‘sh uchi chiqqanda to‘sh suyagiga fiksatsiya qilinadi.
Ko‘krak qafasining teshib kiruvchi shikastlanishlarida, ko‘- pincha, pnevmotoraks (plevra bo‘shlig‘iga havo yig‘ilishi), gemo- toraks (plevra bo‘shlig‘iga qon yig‘ilishi) va pnevmogemotoraks (havo va qon yig‘ilishi) kuzatiladi.
Pnevmotoraks. Plevra bo‘shlig‘iga ko‘krak devoridagi jarohat teshigi orqali (tashqaridan) yoki shikastlangan o‘pka orqali havo kirishi (ichkaridan) natijasida pnevmotoraks hosil bo‘ladi. Havo plevra bo‘shlig‘iga tushganda o‘pka siqiladi va bu havo miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. O‘pka kuchli siqiladi.
Pnevmotorakslar yopiq, ochiq va klapanli turlarga bo‘linadi.
Yopiq pnevmotoraksda plevra bo‘shlig‘iga kirgan havo tashqi muhit bilan tutashmaydi, bunda ko‘krak qafasi yoki o‘pkadagi jarohat kanali bekilib qoladi.
Ochiq pnevmotoraksda jarohat kanali ochilib turadi va plevra bo‘shlig‘iga tushgan havo tashqi atmosfera bilan bemalol tutashadi.
Klapanli pnevmotoraksda jarohat kanalining xususiyatlariga ko‘ra havo plevra bo‘shlig‘iga bemalol kirib, qaytib chiqa olmaydi. Shunga ko‘ra bemor nafas olgan sayin plevra bo‘shlig‘iga tobora ko‘proq havo yig‘ila boshlaydi. Bunda o‘pkaning anchagina siqi- lishi va ko‘ks oralig‘i a’zolarining sog‘lom tomonga siljishi ku­zatiladi. Qator hollarda (klapanli pnevmotoraksda) havo teriosti to‘qimasiga chiqib teriosti emfizemasi paydo bo‘lishiga olib keladi.
Klinikasi. Ko‘krakda siqilish sezgisi, nafas qisishi paydo bo‘ladi, bemor ko‘karib ketadi, ko‘krak qafasining shikastlangan tomo- nida nafas olish yo‘qoladi va birmuncha sustlashadi, tovush titrab chiqadi. Bemorning ahvoli ochiq va klapanli pnemotoraksdagiga nisbatan og‘ir bo‘ladi.
Gemotoraks. Ko‘pincha qon plevra bo‘shlig‘iga jarohatlangan o‘pka tomirlaridan, ba’zan ko‘krak devorining shikastlangan tomirlaridan oqib tushadi. Oqib tushgan qon miqdori 1,5—3 l ga yetishi mumkin. Infeksiya qo‘shilgan hollarda plevra yiringlab, empiyema rivojlanadi.
Klinikasi. Bemorda ichki qon oqish alomatlari paydo bo‘lib, teri va shilliq pardalar oqaradi, sovuq ter chiqadi, puls tezlashadi, arterial bosim tushib ketadi. Bu simptomlarga nafas qisishi va nafasning qiyinlashuvi qo‘shiladi. Perkussiyada qon oqib tushgan sohada perkutor tovushning bo‘g‘iqligi qayd qilinadi.
Pnevmogemotoraks klinik jihatdan pnevmotoraks va gemoto- raksning birga uchrashi bilan ifodalanadi. Perkussiyada plevra bo‘shlig‘ida suyuqlikning gorizontal sathi aniqlanadi.
Birinchi yordam va davosi. Ko‘krak qafasining teshib kiruvchi jarohatlarida bemorlarga beriladigan birinchi yordam ochiq pnevmotoraksni bartaraf qilishga qaratilishi kerak. Shu maqsadda jarohat sohasiga germetiklikni ta’minlaydigan aseptik bog‘lam qo‘yiladi, buning uchun leykoplastir yoki individual paketdagi rezina aralashtirilib tayyorlangan qopchiqdan foydalaniladi, us- tidan paxta-dokali bog‘lam yopiladi. Bemorga og‘riq qoldiradigan va yurak faoliyatini yaxshilovchi dorilar yuboriladi.
Bunda davolash ko‘krak devoridagi jarohatni xirurgik toza- lash, uni qavatma-qavat jips qilib tikish, plevra bo‘shlig‘idan havo va qonni tortib olishdan va bemorni darhol transportirovka qi- lishdan iborat.
Klapanli pnevmotoraksda takroriy plevral punksiya qilinib, havo tortib olinadi. Troakar orqali ochiq pnevmotoraks yopiq pnevmotoraksga aylantiriladi yoki Byulau usulida drenaj qo‘yiladi. Biroq bunday hollarda klapan mexanizmini darhol operatsiya yo‘li bilan bartaraf qilgan yaxshi. Gemotoraksda qon oqishi operativ yoki konservativ yo‘l bilan to‘xtatiladi va plevra bo‘shlig‘idan qon olib tashlanadi.

Download 249.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling