Tema: Xirurgiya fani xaqida tushuncha. Xirurgik davolash xususiyatlari Reja
Download 249.89 Kb.
|
lekciya uzbekcha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tema: Ovqat hazm qilish a’zolarining xirurgik kasalliklarida hamshiralik ishi Reja
- Mazmuni Zamonaviy xirurgiyada «O‘tkir qorin»
Nazorat uchun savollar:
1.Yurak va qon-tomirlarning anatomo-fiziologik xususiyatlarini sanab bering? 2.Obliterasiyalovchi endoarterit, obliterasiyalovchi ateroskleroz farqini ayting? 3. Venalarning varikoz kengayishi, kelib chiqish sabablari, diagnostikasi haqida ayting? 4. Tromboz va emboliyalar haqida nima bilasiz? 5.Trofik o‘zgarishlar kelib chiqish sabablari, diagnostikasi haqida ayting? 6.Nekroz haqida nima bilasiz? 7.Quruq va nam gangrena farqini ayting? 8.Oqma yaralar haqida nima bilasiz? Tema: Ovqat hazm qilish a’zolarining xirurgik kasalliklarida hamshiralik ishi Reja: 1.Ovqat hazm qilish a’zolarining anatomo-fiziologik xususiyatlari. 2.”O‘tkir qorin og‘rig‘i” xaqida tushuncha, sabablari. 3.Qorin bo‘shlig‘i a’zolarining ochiq va yopiq shikastlari 4.Qorin bo‘shlig‘i a’zolarining yalliglanish kasalliklari, appendisit, xolesistit, peritonit, me’da va 12- barmoq ichak yarasining asoratlari, 5.Qorin churralari,o‘tkir ichak tutilishi. Mazmuni Zamonaviy xirurgiyada «O‘tkir qorin» atamasi saqlanib qolingan. Qorin pardasi yallig‘lanishidan yuzaga kelgan kasalliklar simptomi kompleksi shunday nomlanadi. Bunga ichki a’zolar: jigar, osh- qozon osti bezi, o‘t qopi, taloq, me’da-ichaklar, qorin parda va hokazolarning shikastlari hamda yorilishi, o‘tkir yallig‘lanishi, kovak a’zolarning teshilishi va tutilishi, qorin bo‘shlig‘iga gematogen yoki limfogen yo‘llar bilan patogen mikroblar tushishi va qorin pardasining yallig‘lanish jarayonlari sabab bo‘ladi. Shulardan eng ko‘p uchraydigan kasalliklar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz. Qorin devorining shikastlanishi. Qorin devorining shikastlari qorinning bevosita travmasida, og‘ir yuk ko‘targanda kuzatiladi. Qorin devorining shikastlari yopiq (qorin to‘g‘ri mushagining yirtilishi) va ochiq (jarohatlar) turlarga bo‘linadi. Klinikasi. Qorin devorining yopiq shikastlanishi uchun mahalliy og‘riq va gematoma xosdir. Qorinning to‘g‘ri mushagi yirtilganda qon quyilishi qorinning to‘g‘ri mushak qini bilangina chegaralanadi. Palpatsiya qilinganda gematoma o‘smasimon ho- sila ko‘rinishida aniqlanadi. Qorinning to‘g‘ri mushagi yirtilganda qorin mushaklarini taranglashtirganda ham, bo‘shashtirganda ham o‘smasimon hosila aniqlanadi. Ba’zan qorin devori tomirlarining yirtilishi kuzatiladi. Bunda gematoma hosil bo‘lib, u asosan qorin pardasi ustida joylashadi va anchagina maydonni egallaydi. Klinik jihatdan qorin mushakla- rining taranglashishi aniqlanadi. Bunday hollarda ichki a’zolarning shikastlanishini istisno qilish lozim bo‘ladi. Qorin devorining ochiq va yopiq jarohatlarini aniqlashda qorin pardasi jarohatlari va qorin bo‘shlig‘i a’zolarini farqlash lozim bo‘ladi. Davosi. Qorin devori yopiq shikastlanganda bemorga tinch sharoit yaratiladi. Dastlabki kunlari sovuq, keyinchalik issiq muo- lajalar o‘tkaziladi. Katta gematomalar bo‘shatiladi (punksiya qilish, kesish orqali). Qorin ochiq jarohatlanganda jarohatga birlamchi xirurgik ishlov beriladi. Bunda, albatta, qorin pardasi va ichki a’zolar shikast- langanligini tekshirish zarur. Qorin bo‘shlig‘i a’zolarining shikastlari. Qorinning yopiq jarohatida, ko‘pincha, ichki a’zolarining teri ostidan shikastlanishi kuzatiladi. Klinikasi. Parenximatoz a’zolar — jigar, taloq shikastlanganda simptomlar kompleksida ichki qon ketishi yetakchi o‘rin tutadi. Butun qorin bo‘ylab diffuz og‘riq ro‘y beradi, bemor yotgan vaziyatda bo‘lganda qorinning chekka qismlarida perkutor tovushning bo‘- g‘iqligi, arterial bosimning pasayib ketganligi, gemoglobin va eritro- tsitlar miqdorining kamayganligi, o‘rtacha leykotsitoz qayd qilinadi. Kovak a’zolar — me’da-ichaklar shikastlanganda o‘tkir pe- ritonit klinikasi rivojlanadi, butun qorin bo‘ylab og‘riq bo‘ladi, qorin mushaklari taranglashadi, Shchetkin-Blyumberg simptomi musbat bo‘ladi, harorat ko‘tariladi, leykotsitoz oshadi. Davosi. Ko‘p qon oqmaganda bemorning ahvoli qoniqarli bo‘ladi va konservativ davo qo‘llaniladi. Bemorga tinchlik beriladi, qoringa sovuq qo‘yiladi, gemostatik preparatlardan kalsiy xlorid, vikasol, aminokapron kislota va hokazolar ishlatiladi. Natijasiz hollarda operatsiya qilinib, jigar yoki taloqdagi jarohat tikiladi va qon uzil-kesil to‘xtatiladi. Iloji bo‘lmaganda splenektomiya qilinadi. Kovak a’zolar yorilganda yorilgan ichakning teshilgan joyi tikiladi yoki qattiq shikastlanganda shu soha rezeksiya qilinib ichak- lar bir-biriga ulanadi. Qorin pardasining yallig‘lanishi peritonit deyiladi. Jarayonning tarqalishiga ko‘ra tarqalgan, tutash (diffuz), mahalliy (chega- ralangan yoki chegaralanmagan) peritonitlar tafovut qilinadi. Tarqalgan peritonit. Bu turdagi yallig‘lanish jarayoni erkin, qorin bo‘shlig‘ida muayyan chegaralarsiz tarqaladi, jarayonga butun qorin pardasi qo‘shiladi. Download 249.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling