Tema: Xirurgiya fani xaqida tushuncha. Xirurgik davolash xususiyatlari Reja


Download 249.89 Kb.
bet60/64
Sana04.05.2023
Hajmi249.89 Kb.
#1425270
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Klinikasi. Peritonit ikkilamchi rivojlanganligi tufayli uning klinikasi birlamchi kasallik simptomlariga qo‘shilib ketadi. Be­morlar qorindagi og‘riq, quvvatsizlik, tashnalik, ko‘ngil aynishidan shikoyat qiladilar. Kovak a’zolar perforatsiyasida avvaliga «xan- jar bilan urgandek» og‘riq qayd qilinadi, keyinchalik og‘riq biroz pasayadi va tutash xarakterga ega bo‘ladi. Bemorning umumiy ko‘rinishi: chalqancha yoki oyoqlarini qorniga tortib yotadi, yuz qiyofasi o‘tkirlashgan, ko‘zlari kirtaygan (Gippokrat qiyofasi), te- risining rangi kulrang-zahil bo‘ladi.
Bemorning harorati avvaliga 38—39°C ga ko‘tariladi, keyin normaga tushadi yoki bundan ham pasayadi. Haroratning pulsdan orqada qolishi xarakterli («qaychi simptomi»). Puls kichik, tez, bir daqiqada 120—140 martagacha uradi. Arterial bosim pasaygan bo‘ladi. Til quruq, karash bog‘lagan, ketma-ket qusish kuzatiladi. Leykotsitoz 15000—25000 ga teng, leykotsitar formula chapga surilgan. Qorin mushaklari taranglashgan, Shchetkin-Blyumberg simptomi musbat. Zaharlanish belgilari ortib boradi.
Davosi. Peritonit keltirib chiqargan sababni tugatish maqsa­dida tezlik bilan operatsiya qilib, perforativ teshik tikiladi, yal- lig‘langan chuvalchangsimon o‘simta yoki o‘t pufagi olib tash- lanadi. Yiringli suyuqlikni chiqarish uchun qorin bo‘shlig‘iga drenaj qo‘yiladi. Antibiotiklar yuboriladi va ichki zaharlanishga qarshi kurashish uchun katta miqdorda fiziologik eritma, 5% li glukoza eritmasini vitaminlar bilan, plazma, qon, oqsilli gidro- lizatlar quyiladi. Oksigenoterapiya, yurak dorilari va sedativ vositalar qo‘llaniladi.
Chegaralangan peritonit deganda, qorin bo‘shlig‘idagi lokal yallig‘lanish jarayoni tushuniladi. Chegaralangan peritonitlarga qorin bo‘shlig‘i jarohatlari, me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi, o‘tkir appenditsit, xoletsistit va boshqa kasalliklar sabab bo‘ladi. Yallig‘lanishning chegaralanib qolishiga charvi, ingichka ichak qovuzloqlari va shu lokalizatsiyaning anatomik xususiyatlari im- kon beradi.
Klinikasi. Shu sohaning og‘rishi, qorin mushaklarining ta- ranglashishi bilan xarakterlanadi. Duglas bo‘shlig‘idagi abssessda yozilish (defekatsiya) og‘riqli bo‘ladi va barmoq bilan tekshirishda to‘g‘ri ichak devori osilib turadi. Abssess qorin bo‘shlig‘iga yoril- ganda peritonit chegaralangan turdan tarqalgan turga o‘tishi mumkin.
Davosi. Yiring bog‘lagan joy kesiladi. Diafragma osti abssessida 12-qovurg‘a rezeksiya qilingandan va diafragma kesilgandan ke­yin u ko‘krak devori orqali ochiladi. Plevra bo‘shlig‘i yiringdan infeksiyalanmasligi uchun plevra yuqoriga surib qo‘yiladi yoki diafragma pariyetal plevraga tikiladi.
Duglas bo‘shlig‘i abssesslarida to‘g‘ri ichak orqali yoki ayol- larda qin orqali kesib yiring chiqariladi. Ochilgan yiringlagan joyga drenaj qo‘yiladi va umumiy davolash yiringli jarohatlardagi kabi olib boriladi.
Chuvalchangsimon o‘simtaning yallig‘lanishi appenditsit deyiladi. Appenditsit o‘tkir va surunkali turda kechishi mumkin.
Appenditsitga chuvalchangsimon o‘simtaga enterogen (ichak- lardan) yoki gematogen yo‘l bilan infeksiya tushishi sabab bo‘ladi. Chuvalchangsimon o‘simta bo‘shlig‘ida najas toshlari yoki ichak parazitlari (askaridalar) borligi bu kasallikka moyillik tug‘diruvchi omillar hisoblanadi. Ular shilliq pardani shikastlab, infeksiya ki- rishi uchun yo‘l ochadi.
Patologoanatomik jihatdan chuvalchangsimon o‘simtaning o‘tkir yallig‘lanishi quyidagi turlarga bo‘linadi: oddiy, kataral appenditsit (chuvalchangsimon o‘simta devorlari shishib, nuq- tasimon qon quyilishi), flegmonoz appenditsit (chuvalchangsi­mon o‘simta devorining keskin qalinlashuvi, yuzasida fibrinoz parda, bo‘shlig‘ida seroz-yiringli suyuqlik), chuvalchangsimon o‘simta empiyemasi (o‘simta to‘g‘nag‘ichsimon yo‘g‘on tortgan, bo‘shlig‘i yiringli suyuqlik bilan to‘lgan), gangrenoz appenditsit (o‘simta shalvirab qolgan, rangi to‘q, bo‘shlig‘ida yiringli-nekrotik suyuqlik ) va h. k.
Surunkali appenditsitda o‘simta bo‘shlig‘i obliteratsiyali o‘z- garib, o‘simta chandiqli o‘zgargan bo‘ladi.
Klinik manzarasi. O‘tkir appenditsit o‘ng yonbosh sohada ro‘y- rost og‘riq bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ba’zan og‘riq kindik so- hasida paydo bo‘ladi, so‘ngra o‘ng yonbosh sohasiga o‘tadi (Koxer simptomi). Og‘riq qusish, qabziyat bilan o‘tadi.
Qator simptomlari tashxis qo‘yishga ma’lum darajada yordam beradi. Bemor chap biqinini bosib yotganida o‘ng yonboshi soha- sida simillagan og‘riq paydo bo‘ladi. Chap yonbosh sohasi kaft yoni bilan bosilsa va yuqoriga picha silkitilsa, o‘ng yonbosh soha- sida og‘riq turadi. O‘tkir appenditsitning 100 dan ortiq simptom- lari tasvirlangan, biroq ularning hammasi nisbiy ahamiyatga ega.
O‘tkir appenditsitda o‘ng yonbosh sohasida qorin mushak- larining taranglashishi, Shchetkin-Blyumberg simptomining mus­bat bo‘lishi, haroratning 38—39°C gacha ko‘tarilishi, leykotsi- tozning 12000—15000 gacha yetganligi qayd qilinadi. Chuval­changsimon o‘simtadagi yiring yorilganda (perforativ appenditsit) peritonitning klinik manzarasi namoyon bo‘ladi.
Surunkali appenditsitda o‘ng yonbosh sohasida vaqti-vaqti bilan o‘rta darajada og‘riq paydo bo‘ladi. Kasallik uzoq vaqtga cho‘zilishi mumkin.
Appenditsitning bu turi uchun quyidagi og‘riq nuqtalari xos:
1) qorin devoriga kindik bilan yonbosh suyagi yuqori-oldingi o‘sig‘i o‘rtasidagi uchdan bir o‘rta va tashqi uchdan bir masofa chegarasi barmoq bilan bosilganda; 2) Lans nuqtasi — yonbosh suyagi ikkala yuqori oldingi o‘siqlari orasida joylashgan o‘rta va o‘ng tomondagi tashqi uchdan bir masofa o‘rtasidan o‘tgan chegara bosilganda og‘riq bo‘lishi.
Davosi. O‘tkir appenditsitda bemor zudlik bilan operatsiya qilinadi — chuvalchangsimon o‘simta olib tashlanadi (appen- dektomiya). Qorin bo‘shlig‘ida yiringli suyuqlik bo‘lganda chu­valchangsimon o‘simtani olib tashlash uchun kesma orqali drenaj qilinadi. Yiring kam miqdorda bo‘lganda chuvalchangsimon o‘simta olib tashlangach va shu soha yiringli suyuqlikdan toza- langandan so‘ng qorin devori tikiladi, biroq qorin bo‘shlig‘iga antibiotiklar yuborish uchun mikroirrigator (ingichka polixlorvinil naycha) kiritib qo‘yiladi.
Surunkali appenditsitda operatsiya rejali ravishda o‘tkaziladi.
Appenditsitning asoratlangan turi — appendikular-infiltratda (o‘ng yonbosh sohasi palpatsiya qilinganda chuvalchangsimon o‘simta, charvi va ichak qovuzlog‘ining yallig‘lanib yopishib qo­lishi natijasida hosil bo‘lgan zich yallig‘li infiltrat aniqlanadi) avvaliga konservativ terapiya olib boriladi (muzli xalta, umumiy antibiotikoterapiya). Infiltrat. so‘rilib bo‘lgandan keyin sovuq davrda appendektomiya qilinadi. Infiltrat abssess hosil qilgan taqdirda appendektomiya o‘tkaziladi va yiringli suyuqlik chiqariladi.
Bolalarda o‘tkir appenditsit shiddatli, kattalardagiga qaraganda birmuncha og‘ir o‘tadi; aksariyat chuvalchangsimon o‘simta perfo- ratsiyasi (teshilishi) kuzatiladi. Yoshi ulg‘aygan kishilarda, aksincha, chuvalchangsimon o‘simta, hatto, destruksiyaga uchraganda ham klinik manzara atipik o‘zgargan bo‘ladi. Homilador ayollarda, ay­niqsa, homiladorlikning ikkinchi yarmida og‘riqlar birmuncha yuqori sohada seziladi, ko‘ngil aynishi va qusish ko‘proq sodir bo‘ladi.
Bolalar, homilador ayollar va keksalarda appenditsitning ilk alomatlari bo‘lgandayoq operatsiya qilinadi (yiringli peritonit paydo bo‘lishi va homilaning vaqtidan ilgari tushish xavfi borligi tufayli).
Ichak tutilishi deganda, oshqozon-ichak tizimi bo‘ylab ichak suyuqligining normal harakati buzilishi yoki batamom to‘xtashi tushuniladi. Ichakning dinamik va mexanik tutilishi farq qilinadi.
Dinamik tutilishida ichaklarning harakat funksiyasi buziladi, bu funksiya peristaltikaning to‘liq to‘xtashigacha sustlashishi (paralitik turi) yoki ichak spazmigacha keskin kuchayishi (spastik turi) mumkin.
Mexanik tutilishning turlari juda ko‘p, biroq bu turlarning hammasi prinsip jihatidan quyidagi ikki katta guruhga bo‘linadi: strangulatsion va obturatsion ichak tutilishi.
Ichakning strangulatsion tutilishi — ichak tutilishining eng xavfli turidir. Ichak bo‘shlig‘ining tiqilib qolishi ichak tutqich tomirlari va nervlarining bosilishi bilan o‘tadi, bu qon aylanishi buzilishiga va ichak bo‘lagining tez jonsizlanishiga olib keladi, ichakning strangulatsion tutilishi churralar qisilib qolganda, ichak buralishida, ichakda tugunlar hosil bo‘lganda va shu kabilarda kuzatiladi.
Ichakning obturatsion tutilishi ichak tutilishining eng yengil turi hisoblanadi, chunki ichak bo‘shlig‘ining tiqilib qolishida ichak tutqichning bosilishi sodir bo‘lmaydi. Ichakning yot jism, o‘sma va shu kabilardan tiqilib qolishi ichak tutilishining obtu- ratsiya turiga kiradi.
Ichaklar invaginatsiyasi ichak tutilishining strangulatsion va obturatsion turlari o‘rtasidagi oraliq shakli hisoblanadi. Bunda ichakning bir bo‘lagi uning davomi bo‘lmish ikkinchi bo‘lagining ichiga kirib qoladi. Ko‘pincha ingichka ichak ko‘richak sohasida yo‘g‘on ichakning ichiga kirib qoladi. Invaginatsiyaga noto‘g‘ri peristaltika, ichak kasalliklari sabab bo‘ladi. Invaginatsiyada ichak tiqilibgina qolmay (obturatsiya), balki ichak tutqich tomirlari bosilib ham qoladi (strangulatsiya), natijada qon aylanishi buziladi va keyinchalik invaginatsiya bo‘lgan ichak bo‘lagi nekrozga uchraydi.
Ichak tutilishi mezenterial tomirlar tromboziga bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. Trombozga shikastlar, qon ivish xususiyatining oshganligi, ichakning yallig‘lanish kasalliklari sabab bo‘lishi mum­kin. Mezenterial tomirlar trombozida ichak tegishli bo‘limining qon bilan ta’minlanishi buziladi, keyinchalik esa jonsizlanish va gangrena yuzaga keladi.
Klinikasi. Ichak tutilishining hamma turi uchun bir qator umumiy simptomlar xos: qorinda xurujsimon og‘riq turadi, ich kelishi va yel chiqishi to‘xtaydi, meteorizm (qorin dam bo‘lishi), qayt qilish, intoksikatsiya ana shular jumlasidandir.
Ichak tutilishining ayrim turida ichak tutilishining aytib o‘til- gan simptomlaridan tashqari, spetsifik klinik manzara kuzati­ladi. Ichak tutilishining falaj turida qorin anchagina dam bo‘ladi va peristaltika butunlay bo‘lmaydi.
Spastik shakli uchun ichak peristaltikasining kuchayishi bilan birga xurujsimon og‘riqlar xarakterlidir. Ichak tutilishining spastik shakli paralitik turga o‘tishi mumkin.
Strangulatsion tutilishda qorinda juda qattiq sanchiqsimon og‘riq paydo bo‘ladi, ba’zan shok yuz berishi mumkin. Og‘riq bilan birga bemor betinim qusadi. Ichak tutilishi nechog‘li yuqorida bo‘lsa, qusish shunchalik kuchli bo‘ladi, biroq ichakning quyi bo‘limlaridan najas kelishi mumkin. Ichakning ayrim bo‘limlari dam bo‘lishi sababli qorin asimmetriyasi (Val simptomi) paydo bo‘ladi, auskultatsiyada ba’zan tushayotgan tomchi tovushi eshi- tiladi (Sklyarov simptomi), to‘g‘ri ichak ampulasi kengayadi (Obuxov simptomi), bemorning ahvoli nihoyatda og‘ir bo‘ladi, arterial bosimi pasayadi, pulsi ipsimon bo‘lib qoladi, sovuq ter chiqadi, lablari va barmoqlarning uchi ko‘kimtir tus oladi, ko‘z- lari kirtayadi, tovushi jarangdorligini yo‘qotadi, oyoq-qo‘llari muzlab qoladi, biroq es-hushini yo‘qotmaydi. Tana harorati, odatda, norma atrofida bo‘ladi, ichakning jonsizlanishi tutash peritonitga olib keladi.
Obturatsion ichak tutilishida, agar ichak bo‘shlig‘i qisman ti- qilib qolsa, klinik manzara asta-sekin namoyon bo‘la boshlaydi. Ichakning olib keluvchi qovuzlog‘ida najas tutilib qoladi, bu xamirsimon konsistensiyadagi o‘smaga o‘xshash tuzilma ko‘rinishida aniqlanadi.
Ichakning to‘la tutilishida bemor ko‘p qusadi, qusuqdan najas hidi keladi, qabziyat bilan profuz ich ketishi birin-ketin almashinib turadi. Bunga intoksikatsiya qo‘shiladi.
Invaginatsiyada klinik manzara, odatda, tez ro‘y beradi, qu­sish, qorinda og‘riq bo‘lishi, palpatsiya qilganda elastik kon­sistensiyadagi silindrsimon tuzilma aniqlanadi, o‘ng yonbosh so­hasi ichiga tortib ketadi (Lans simptomi), najasda qon paydo bo‘- lishi mumkin. Invaginatsiya, ko‘pincha, bolalarda kuzatiladi, quyi invaginatsiyada invaginat anal teshikdan tashqariga chiqishi mum­kin (buni to‘g‘ri ichak chiqishidan farqlash zarur).
Ichak tutilishi diagnostikasida rentgenologik tekshiruv muayyan rol o‘ynaydi. Obzor rentgenoskopiyada ichak qovuzloqlarida gorizontal suyuqlik sathi bilan ayrim suyuqlik sathi orasida su- yuqlik uchastkalari — Kloyber kosachalari aniqlanadi.
Davosi. Ichak tutilishining dinamik turida birinchi navbatda uni keltirib chiqargan sababni bartaraf etish zarur. Ichak silliq mushaklarining ishini tartibga soladigan qudratli omil paranefral novokain blokadasi hisoblanadi. Falajlanib ichak tutilishida u ichak silliq mushaklarining tonusini oshiradi, spastik turida esa — tonusni pasaytiradi. Ichak tutilishining paralitik shaklida blo­kada qilishdan tashqari, venaga 10—20 ml 10% li natriy xlorid eritmasi, teri ostiga 1 ml prozerin yoki pituitrin yuborish tavsiya etiladi. Gipertonik huqna (20—30 ml 10% li natriy xlorid erit- masi) yoki Ognev huqnasi (20 ml natriy xloridning gipertonik eritmasi, glitserin va vodorod peroksiddan) qilinadi. Obtura- tsion ichak tutilishida, ayniqsa, bu koprostaz sababli kelib chiq- qan bo‘lsa, tozalovchi yoki sifonli huqna qilinadi. Ichak tutili- shining hamma turida intoksikatsiya hodisalarida dezintoksika- tsion terapiya (5% li glukoza eritmasi va fiziologik eritmani sutka- siga 3000 ml gacha) olib boriladi.
Konservativ tadbirlar naf bermaganda operatsion davo qili­nadi — ichak tutilishining sababi bartaraf etiladi. Ichak tutilishiga sabab bo‘lgan bitishmalar kesiladi va deserozlangan bo‘laklar peritonizatsiya qilinadi (bitishmalar qaytadan hosil bo‘lishining oldini olish uchun). Ichak bo‘shlig‘i tiqilib qolishi natijasida yuz bergan obturatsion ichak tutilishida ichaklar qisman ko‘ndalan- giga kesiladi (enterotomiya), bunda to‘siqlar olib tashlanib, ichak- ning butunligi tiklanadi.
Invaginatsiyada invaginat to‘g‘rilanadi. Invaginat sohasida ichak anchagina o‘zgargan bo‘lsa, uni rezeksiya qilib, ichak butunligi tiklanadi.
Strangulatsiyada uni keltirib chiqargan sababni bartaraf qilish zarur. Ichak bo‘lagi yashab ketmaydigan taqdirda uni sog‘lom to‘qimalar chegarasigacha (nekroz sohasidan taxminan 10—15 sm yuqoridan) rezeksiya qilinadi. Ichak tutilishiga o‘z vaqtida operatsiyali davo qilmaslik bemorning o‘limiga sabab bo‘ladi.

Download 249.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling