Tema: Xirurgiya fani xaqida tushuncha. Xirurgik davolash xususiyatlari Reja


Yara kasalligining xirurgik asoratlari


Download 249.89 Kb.
bet62/64
Sana04.05.2023
Hajmi249.89 Kb.
#1425270
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Yara kasalligining xirurgik asoratlari. Yaraning teshilishi – perforatsiyasi. Yara uzoq muddat kechganda shilliq qavat, shilliq parda osti qavati va qisman mushak qavatining yemirilishi kuzatiladi. Jismoniy ish, ko‘p ovqat yeyish, me’dani yuvish va shu kabilarda me’daning yara zonasidagi yupqalashgan qavati yoriladi (perforatsiya, teshiladi). Me’daning suyuqligi qorin bo‘shlig‘iga oqib chiqadi.
Klinikasi. Teshilish vaqtida to‘sh osti sohasida to‘satdan qattiq og‘riq paydo bo‘ladi. Bu og‘riqni qoringa xanjar urishga taqqoslanadi va uni «xanjar urgandek» og‘riq deyiladi. U shok holatiga olib kelishi mumkin. Bunda qorin ichga tortiladi, qorin mushaklari taranglashgan (defans) bo‘ladi. Bemor oyoqlarini yig‘ib olib, chalqancha yoki yonboshlab yotadi. Shchetkin – Blyumbergning belgisi musbat bo‘ladi. Qorinni perkussiya qilishda qorin bo‘shlig‘ida havo borligidan (me’dadan tushgan)
jigarga xos bo‘g‘iq tovush eshitilmaydi. Qorin bo‘shlig‘i bemorni turg‘azib rentgenoskopiya qilinganda diafragma ostida havoli
«o‘roq» belgisi aniqlanadi. Bemorning yuzi so‘lib qoladi, bo‘zaradi (Gippokrat yuzi). Puls avvaliga siyrak (Bergman simptomi), keyin esa tezlashgan bo‘ladi.
Birinchi yordam, transportirovka qilish, davolash. Birinchi yordam ko‘rsatishda og‘riq qoldiruvchi dorilar ruxsat etilmaydi, chunki ular klinik manzarani o‘zgartirib qo‘yishi mumkin. Me’da zondlanadi. Birinchi yordam tariqasida yurak-tomir dorilar (kofein, kamfora, kordiamin) ishlatish, qoringa muzli xalta qo‘yish lozim. Bemorga suyuqlik ichirish qat’iyan man qilinadi.
Transportirovkani tez yordam mashinasida – zambilda bemor uchun qulay vaziyatda (yonboshida, chalqancha yotqizib) amalga oshiriladi. Birga olib boradigan xodim bemorni kuzatib turishi lozim. Qusganda bemorning boshini yon tomonga burish kerak (qusuq massasidan asfiksiya ro‘y berish xavfi bo‘ladi).
Shoshilinch operatsiya davolashning asosini tashkil etish. Bu me’da yoki o‘n ikki barmoqli ichakdagi perforativ teshikni tikish, qorin bo‘shlig‘iga tushgan me’da suyuqligini chiqarish va unga antibiotiklar yuborishdan iborat. Qorin bo‘shlig‘idagi jarohat zich qilib tikiladi. Ba’zan qorin bo‘shlig‘iga antibiotiklar yuborish uchun ingichka polietilen naycha (mikroirrigator) kiritiladi. Ayrim hollarda, bemorning ahvoli qoniqarli bo‘lganda va me’dada yallig‘lanish, yara paydo bo‘lmaganda me’da rezeksiya qilinadi.

Download 249.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling