Tema: Xirurgiya fani xaqida tushuncha. Xirurgik davolash xususiyatlari Reja


Download 249.89 Kb.
bet58/64
Sana04.05.2023
Hajmi249.89 Kb.
#1425270
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   64
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Quruq gangrena nekrotik to‘qimalarning asta-sekin zich- lashuvi va qurishi (mumifikatsiya) bilan ta’riflanadi. Gan­ grenaning bu turi aseptik sharoitda qon ta’minoti asta-sekin to‘xtaganda rivojlanadi. Sog‘lom to‘qimalar bilan nekrozga uchragan to‘qimalar chegarasida granulatsion to‘qimalardan iborat demarkatsion chiziq hosil bo‘ladi. To‘qimalarning nekrozlangan qismi o‘z-o‘zidan ko‘chishi mumkin.
Ho‘l gangrena qon aylanishi buzilganda va yiringli yoki chirish infeksiya qo‘shilganda arterial tomir bo‘shlig‘i tez bekilib qolishi (emboliya) kuzatiladi. Klinik jihatdan u to‘qimalarning shishganligi bilan ta’riflanadi, terida to‘q qizil yoki kulrang dog‘lar va badbo‘y suyuqlik bilan to‘lgan pufaklar paydo bo‘ladi. Kasallik ro‘y-rost intoksikatsiya bilan kechadi. O‘z vaqtida davo qilinmasa, bemorlar vafot etadi.
Yara deb teri yoki shilliq qavat defektiga aytiladi. Yaraning surunkali kechishi uning asosiy xususiyati hisoblanadi.
Yaraning hosil bo‘lish sabablari turli xil, biroq ularning asosida to‘qimalar oziqlanishining buzilishi yotadi, bu distro- fik holatga va nekrozga olib keladi. Yaralar ko‘proq oyoq venalarining varikoz kengayishi, obliteratsiyalovchi endarterit va ateroskleroz zaminida paydo bo‘ladi. Ba’zan trofik yaralar nerv tolalari shikastlanganda hosil bo‘ladi.
Davosi. Yaralarni hosil qilgan sabablarni aniqlash zarur. Uning sababini bartaraf etish, odatda yaraning tuzalishiga olib keladi. Venalar varikoz kengayganda ular olib tashlanadi yoki bog‘lab qo‘yiladi. Yara kesiladi va hosil bo‘lgan teri nuqsoni katta bo‘lsa, teri transplantanti bilan berkitiladi.
Asab tomirlari shikastlanishi natijasida paydo bo‘lgan yaralarda ular chandiqli to‘qimalardan xalos qilinadi, anatomik jihatdan batamom uzilganida tikiladi. Keyinchalik yara o‘z- o‘zidan bitib ketadi.
Oqma yara deb, a’zo va bo‘shliqlardan tashqariga yoki bo‘shliqlarga ochilgan kanallarga aytiladi. Oqma yaralar tug‘ma va orttirilgan bo‘ladi.
Tug‘ma oqma yaralar: embrional davrda yoriqlar va yo‘llarning o‘sib yetilmasligidan hosil bo‘ladigan tug‘ma (bo‘yin, kindik, qovuq va b.) yaralar.
Orttirilgan oqma yaralar: yiringli yallig‘lanish holatlarida (flegmona, abssess, ostemiyelit) yoki turli xil yaralanishlar oqibatida yuzaga keladi.
Sun’iy oqma yara: muayyan ko‘rsatmaga binoan jarroh tomonidan hosil qilingan sun’iy oqma yara – stoma (gastrostoma, kolostoma va b.).
Odatda, oqma yaralarga tashxis qo‘yishda kanal zondlanadi va rentgenokontrast modda yuborib rentgenografiya qilinadi.



Download 249.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling