Temir-beton armatura beton uchun nimaga kerak?
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
10 лекция
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Armatura uchun beton nimaga kerak
1 1. TEMIR-BETON KONSTRUKSIYALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR. BETON, ARMATURA VA TEMIR-BETON 1. Armatura beton uchun nimaga kerak? Beton – bu sun’iy tosh. Uning siqilishga mustahkamli- gi cho‘zilishga mustahkamligidan ancha yuqori (10–15 baro- bar). Shuning uchun betonni bino va inshootlarning siqilishga ishlaydigan qismlarida: poydevorlarda, devorlarda, qobiqlarda, ko‘priklarning tayanchlari va hokazo boshqa joylarda ishlati- lishi mumkin. Lekin egiluvchi elementlarda, ya’ni to‘sinlarda va plitalarda beton yaramaydi: u uncha katta bo‘lmagan yuk- larda ham cho‘ziluvchi zonani uzilishi natijasida buzilib ke- tadi, bu vaqtda siqiluvchi zonaning mustahkamligi hali yetar- li bo‘lishi mumkin. Agar cho‘ziluvchi zonaga po‘lat armaturalar o‘rnatilsa (sterjen sim, arqonsimon) va beton bilan ishonchli tishlashi- shi ta’minlansa, darzlar hosil bo‘lsa ham armatura cho‘zuvchi zo‘riqishlarni o‘ziga qabul qilib, betonga faqat siquvchi zo‘ri- qishlarni qoldiradi (armaturaning cho‘zilishga mustahkamli- gi betonnikiga qaraganda yuzlab marotaba kattadir). Shunday qilib eguvchi momentga ichki juft kuchlar qarshilik ko‘rsatadi: betonda siqiluvchi armaturada cho‘ziluvchi. Ta’kidlash kerakki, aksariyat hollarda siqiluvchi zonalarga ham armaturalar o‘rna- tiladi. Bu haqda keyinroq batafsil ma’lumot beriladi. 2. Armatura uchun beton nimaga kerak? Beton armaturaga qaraganda, uzoq muddatga chidamli ma- terial, u korroziyaga chidamliroqdir. Undan tashqari po‘latga qaraganda beton olovbardoshligi yuqori, ya’ni yuqori tempera- turalar ta’sirida yuk ko‘tarish qobiliyatini uzoqroq saqlaydi. Bu esa yong‘in paytida evakuatsiya qilish uchun zarur. Shuning uchun betonning tanasiga o‘rnatilgan armatura korroziyadan 2 va yuqori temperaturadan himoyalanadi. Loyihalash me’yorla- rida beton himoya qatlamining minimal qiymatlari belgilan- gan, ular bo‘ylama armatura diametridan kam bo‘lmasligi (ay- rim hollarda diametrining ikki barobaridan kam bo‘lmasligi) hamda konstruksiyaning turi va ekspluatatsiya sharoitiga qarab, 10–70 mm dan kam bo‘lmasligi belgilangan. Ta’kidlash ke- rakki betonning himoya qatlamisiz beton bilan armaturaning ishonchli tishlashishini ta’minlash mumkin emas, shuning- dek ularning birgalikda deformatsiyalanishini ham ta’minlash lozim. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling