Temir-beton armatura beton uchun nimaga kerak?


Betonning siqilishga qarshiligini qanday oshirish mumkin?


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/20
Sana21.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1375080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
10 лекция

8. Betonning siqilishga qarshiligini qanday oshirish mumkin?
 
Beton prizmaning buzilishi bo‘ylama darz hosil qiluvchi 
ko‘ndalang deformatsiya natijasida ro‘y beradi (7-a rasm). Agar 
prizmaga ko‘ndalang xomutlar joylashtirilsa, ko‘ndalang defor- 
matsiyalar kamayadi, bo‘ylama darzlar kechroq hosil bo‘ladi, 
buzilish ham yuqoriroq yukda sodir bo‘ladi. Tashqi xomutlar 
vazifasini to‘r yoki spiral ko‘rinishidagi ko‘ndalang (bilvosita) ar- 
matura ham bajarishi mumkin. Betonning ko‘ndalang deformat- 
siyasi ta’sirida armatura cho‘zilib, qarshilik ko‘rsatadi va uni o‘zi 
betonga ko‘ndalang yo‘nalishdagi to‘plangan siquvchi kuch sifa- 
tida ta’sir qiladi (7-b rasm).
7-rasm. 
8-rasm.
 


7
9. Betonga zararli qo‘shimchalar aralashib qolishi qanday 
oqibatlarga olib keladi?
 
Shunday hollar uchraydiki, sement va to‘ldiruvchilar ularni 
tashish vaqtida ifloslangan bo‘ladi. Natijada betonning struktu- 
rasi shakllanishiga va mustahkamligiga salbiy ta’sir qiladi. Shuni 
ham alohida ta’kidlash kerakki, betondagi zararli qo‘shimchalar- 
ning ta’siri bir oy, hatto yillab davom etishi mumkin. Ularni dar- 
hol aniqlab bo‘lmasligi qo‘shimcha muammolarni paydo qiladi.
10. Betonning mustahkamligida suv-sement nisbati qanday 
rol o‘ynaydi?
 
Suv-sement (S/s) nisbati betonning mustahkamligiga keskin 
ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biridir. Yuqori mustahkamlik- 
dagi beton tayyorlash uchun uning nisbati 0,4 dan oshmasli- 
gi kerak, ya’ni 1 kg sement ga 400 gr suv to‘g‘ri keladi. Suv-se- 
ment nisbati oshgan sari betonning mustahkamligi kamayib 
boraveradi.
11. Betonning siqilishdagi mustahkamligiga ko‘ra uning 
markasi bilan klassi bir-biridan qanday farqlanadi?
 
Betonning markasi deganda uning o‘rtacha kub mustah- 
kamligi R (o‘lchov birligi kg/sm
2
) tushuniladi. 1986-yildan 
beri temir-beton konstruksiyalarni loyihalashda marka tu- 
shunchasidan foydalanilmaydi, lekin qurilish amaliyotida uch- 
rab turibdi. Betonning klassi В (ehtimolligi 95% ta’minlangan) 
MPa o‘lchov birligidagi betonning kub mustahkamligi bosh- 
qa materiallar kabi betonning mustahkamligi birlamchi emas, 
ya’ni uning mutahkamligi R
min 
dan R
max 
gacha o‘zgaradi. Agar 
mustahkamlikning o‘zgarishi normal taqsimotning egri chiziq- 
li ko‘rinishida bo‘lsa, marka uning eng yuqori qismiga klass 
esa (8-rasm) 0,0764 ulushiga teng bo‘ladi (variatsiya koeffit- 
sienti 0,135 bo‘lganda). Masalan, B30 klass beton 400 marka- 
ga teng bo‘ladi.


8

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling